Toshkent Kimyo xalqaro universitetining xalqaro hamkorliklari yana bir muhim universitet bilan kengaydi.
Joriy yilning 20-may kuni universitet rektori, professor Akmal Baltayevich Allakuliyev boshchiligidagi delegatsiya Kosovodagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — University of Priština ga rasmiy tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ikki universitet o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi.
Hamkorlik doirasida:
▪️ talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi
▪️ qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy-tadqiqot loyihalari
▪️ xalqaro seminar, konferensiya va treninglar
▪️ akademik va ilmiy tajriba almashinuvi
bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.