Toshkentda VI Xalqaro Turk dunyosi ortopediya va travmatologiya kongressi boshlandi
Toshkent shahrida VI Xalqaro Turk dunyosi ortopediya va travmatologiya kongressi o‘z ishini boshladi. 17–20-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro anjumanda turli mamlakatlardan travmatolog-ortopedlar, jarrohlar, olimlar, professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etmoqda.
Kongress Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (KIUT), Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda Turkish Bone and Joint Society (TBJS) hamkorligida tashkil etilgan.
Ilmiy dastur doirasida bo‘g‘imlarni endoprotezlash, artroskopik jarrohlik, travmatologiya va politravma, umurtqa jarrohligi, bolalar ortopediyasi, sport tibbiyoti, shuningdek, ortopediyada sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilinmoqda.
Kongress 20-sentabrga qadar davom etadi.