DEAR APPLICANTS, WE HAVE GREAT NEWS FOR YOU

ҲУРМАТЛИ АБИТУРИЕНТЛАР, СИЗЛАР УЧУН АЖОЙИБ ЯНГИЛИК


Joriy yilning 5 iyul sanasi, soat 17:00 ga qadar admission.ytit.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan va shaxsiy kabinetida hujjat holati «Qabul qilingan» bo‘lgan abituriyentlar imtihoni 18 – 21 iyul kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

 Bu imtihonlar faqat imtihon shakli test bo‘ladigan ta'lim yo‘nalishlari uchun tegishli.

Ya'ni bu yo‘nalishlar quyidagilar:

➖ Davolash ishi, Stomatologiya;
➖ Chiroy estetikasi;
➖ Maktabgacha ta'lim, Maxsus pedagogika;
➖ Boshlang‘ich ta'lim, Koreys tili filologiyasi, Tarjimashunoslik;
➖ Turizm, Tarix, Yo‘l harakatini boshqarish;
➖ Biznesni boshqarish, Xalqaro iqtisodiy munosabatlar, Xalqaro marketing, Buxgalteriya, Bank ishi, Moliya;
➖ Qurilish, Muqobil energiya, Lift muhandisligi, Axborot tizimlari muhandisligi, Elektrotexnika, Mexatronika, Mashinasozlik.

Qolgan ijodiy imtihonlar bilan o‘tkaziladigan ta'lim yo‘nalishlarida imtihon avgust oyida bo‘lib o‘tadi. 

Ya'ni bu yo‘nalishlar quyidagilar:

➖ Rangtasvir;
➖ Liboslar dizayni;
➖ Arxitektura va shaharsozlik (faqat ijodiy imtihon shakli);
➖ Hamda English education (Ingliz tili ta'limi) yo‘nalishiga til bilish darajasi sertifikati mavjud bo‘lmagan abituriyentlar uchun suhbat ham avgust oyida o‘tkaziladi.

 Izoh: iyul oyidagi imtihonda turli xil sabablarga ko‘ra qatnasha olmaydigan abituriyentlar uchun xavotirga o‘rin yo‘q. Sababi, ularda avgust oyidagi imtihoniga ham kirishi mumkin.

Shu bilan birga, birinchi imtihon natijasiga ko‘ra o‘qishga qabul qilinmagan abituriyentlar avgust oyida bo‘lib o‘tadigan imtihonda ham qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.