• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru
None

Ustoz va murabbiylar kuniga bagʻishlangan “Sizga taʼzim, aziz ustozlar” nomli tantanali tadbir oʻtkazildi


2024 yil 30 sentyabr kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetida Oʻzbekistonda keng nishonlanadigan bayram - Ustoz va murabbiylar kuniga bagʻishlangan “Sizga taʼzim, aziz ustozlar” nomli tantanali tadbir oʻtkazildi. Tadbirda taʼlim sohasida koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan ustozlar va mehmonlar ishtirok etdilar, ular oʻzlarining bebaho bilim va tajribalarini yoshlar bilan oʻrtoqlashdilar.

Tadbirning bosh mehmoni Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Axmedova Hamida Abdullaevna boʻldi.

Hamida Abdullaevna oʻz maʼruzasida oʻqituvchilik kasbining mashaqqatli va masʼuliyatli tomonlari haqida batafsil toʻxtaldi. U yosh avlodni tarbiyalashda sabr-toqat, mehr va fidoyilikning oʻrni haqida gapirdi.

Tadbirda ishtirok etgan talabalar va professor-oʻqituvchilar Hamida Abdullaevnaga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Savollarning aksariyati oʻqituvchilik kasbining zamonaviy qiyinchiliklari va yutuqlari bilan bogʻliq boʻlib, talabalarning oʻz kasbiy yoʻnalishlarida qanday rivojlanishlari mumkinligi haqida qizgʻin munozaralar boʻldi.

Tadbir davomida universitetning oʻquv jarayonida faol ishtirok etayotgan eng yaxshi oʻqituvchilar ham alohida eʼtirof etildi. Ular oʻzlarining talabalarni oʻqitish va tarbiyalashdagi fidokorona mehnatlari uchun esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

“Sizga taʼzim, aziz ustozlar” tadbiri nafaqat ustozlarni sharaflash, balki yosh avlodni oʻqituvchilik kasbining mashaqqatli va muhim vazifalari bilan tanishtirish uchun ajoyib imkoniyat boʻldi.


4

4. Sifatli ta'lim
  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram