The long-awaited fashion show 2023

Uzoq kutilgan modalar namoyishi 2023


Modalar namoyishi Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 2019-yildan boshlab “Liboslar dizayni” yo’nalishi talabalari tomonidan xisobot tarzida o’tkazib kelinadi. Yo’nalish talabalari turli namoyishlar, ko’rgazma va ijodiy tadbirlarda faol qatnashib keladi. Ushbu ko‘rgazmada moda industriyasida o‘zini iqtidorli shaxs sifatida ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan yosh dizayner – talabalarning so‘nggi kolleksiyalari namoyish etildi. Har bir talaba eng zamonaviy texnologiyalar, materiallar va g’oyalarni qo’llagan holda yaratilgan ijod namunalarini keng ommaga taqdim etdi. Namoyish uchun taqdim etilgan to’plamlar sinchikovlik va yuksak mahorat bilan tanlab olingan.
Ushbu modalar namoyishi turli stillar, badiiy jarayonlar, tendentsiyalarni qamrab olgan 30 dan ortiq liboslar to’plamidan tashkil topgan. Talabalar o’z to’plamlarida “Ijod manbalari”, “Tabiat”, “Transformatsiya”, “Etno” kabi mavzular ustidagi izlanishlari va kreativ g’oyalarini namoyish qildilar. Namoyishning maxsus mehmonlari UED/PESCARA talabalarining liboslar to’plami ushbu tadbir doirasidagi yorqin jihatlaridan biriga aylandi. 
Ushbu namoyish moda olamida rivojlanishning yangi bosqichiga aylanib, talabalarning professional va ijodiy o’sishlariga asos bo’lib hizmat qiladi.