Toshkent Kimyo xalqaro universitetida rektor A. Allakuliev bilan talabalar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi
Unda rahbariyat, professor-o‘qituvchilar, talabalar va ota-onalar ishtirok etdi. Namangan va Samarqand filiallari ham ulandi.
Muloqotda ta’lim sifati, amaliyot, kontrakt to‘lovlari, TTJ, IT va kutubxona xizmatlari hamda talabalar faolligi masalalari ko‘tarildi.
Ayrim masalalar joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha topshiriqlar berildi. Takliflar asosida kelgusi rejalar shakllantiriladi.