• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru
None

Xabaringiz bor, hozirda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ta’sischisi prof. A.Vaxobov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Janubiy Koreyada boʻlib turibti


Xabaringiz bor, hozirda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ta’sischisi prof. A.Vaxobov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Janubiy Koreyada boʻlib turibti.   

Joriy yilning 9 avgust kuni delegatsiya a’zolari Sungkyunkwan universitetining vitse-prezidenti janob Kim-Jae-hyun bilan uchrashdilar. Muzokaralar avvalida Prof. A.Vaxobov Toshkent Kimyo xalqaro universitetida yaratilgan shart-sharoitlar, ilmiy salohiyat, professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish dasturlari, talabalarning mehnat bozoriga tayyorlash strategiyasi hamda nufuzli universitetlar bilan hamkorlik rejalari toʻg’risida toʻxtalib oʻtdi. Suhbat davomida janob Kim-Jae-hyun Markaziy Osiyo universitetlari bilan hamkorlik loyihasi doirasida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (TKXU) bilan talabalar almashinuvi dasturini yoʻlga qoʻyish hamda sentyabr oyida boʻlib oʻtadigan Sungkyunkwan Hangul tanlovida TKXUning talabalarining faol ishtirokiga ishonch bildirdi. Uchrashuv soʻngida tomonlar kelgusida professor-o‘qituvchilar, talabalar almashinuvi, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda bajarish, ta’lim dasturlarini tayyorlash, yozgi va qishki maktablarni tashkil etish, xalqaro konferensiyalar o‘tkazish, xalqaro grantlarda ishtirok etish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, ikki universitet oʻrtasida bakalavr dasturida dastlab “Liboslar dizayni”, “Chiroy estetikasi”, “Art-engineering” yoʻnalishlarida 2+2 dasturi hamda 1+1 dasturi boʻyicha magistratura yoʻnalishlarida talabalar almashinuvi loyihalarini amalga oshirishga kelishib olindi.

Ma’lumot oʻrnida: Sungkyunkwan universiteti Janubiy Koreyadagi eng qadimgi ta’lim maskani boʻlib, oʻzining 626 yilligini nishonladi. Jumladan, 2021 yil holatiga koʻra “QS World University rankings” reytingida 88-oʻrinda turadi. Universitet Janubiy Koreyaning biznes reytingida birinchi oʻrinni egallagan Samsung jamgʻarmasining filiali hisoblanadi va hozirda unga qarashli Samsung tibbiyot markazi faoliyat yuritadi.


4

4. Sifatli ta'lim
17

17. Barqaror rivojlanish yo'lida hamkorlik
  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram