
Yaponiyadagi Okinava kompaniyalari KIUT bitiruvchilariga qiziqish bildirmoqda
Yaponiyadagi Okinava kompaniyalari KIUT bitiruvchilariga qiziqish bildirmoqda
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining arxitektura va qurilish yoʻnalishida tahsil olayotgan bitiruvchi talabalar uchun Yaponiyaning Okinava prefekturasida joylashgan yetakchi qurilish va arxitektura kompaniyalarida ishlash imkoniyati yaratildi.
Shu munosabat bilan universitetimizda dastlabki tanlov suhbati oʻtkazilib, 4-bosqich talabalarimiz oʻz bilim va loyihalarini yapon tilida kompaniya rahbarlariga taqdim etdilar. Yaponiyalik mutaxassislar talabalarimizning tayyorgarlik darajasi va kasbiy koʻnikmalariga yuksak baho berdilar.
Tanlovda 1-, 2- va 3-bosqich talabalari ham ishtirok etib, kelajakda Okinavadagi qurilish va arxitektura kompaniyalarida amaliyot va malaka oshirish imkoniyatiga ega boʻlish uchun oʻz bilimlarini namoyish etdilar. Bu esa ular uchun xalqaro tajriba orttirish va Yaponiyada ish boshlash sari muhim qadam boʻldi.
Bugungi kunda KIUT talabalarining yapon tilini puxta oʻrganishi ularga xalqaro kompaniyalarda faoliyat yuritish yoʻlini ochib bermoqda. Yaponiyalik mutaxassislar ham talabalarimizning intiluvchanligi va bilim saviyasidan hayratda qoldilar!
✅ KIUT bitiruvchilari uchun xalqaro mehnat bozori eshiklari kengaymoqda.
✅ Yaponiyaga amaliyot va ishga joylashish imkoniyati.
✅ Kelajakda qurilish sohasida muvaffaqiyatli xalqaro karyera sari ilk qadam.
Siz ham xalqaro darajada taʼlim olish va xorijiy kompaniyalarda ishlashni xohlaysizmi? Unda KIUTʼni tanlang!