None

“Yoʻl harakatini boshqarish”


Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Yoʻl harakatini boshqarish” kafedrasi rahbari va professor ustozlari Oʻzbekiston Ichki Ishlar vazirligi akademiyasida tashkil qilingan xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi. Tadbirda dunyo boʻylab turli mamlakatlardan kelgan ekspertlar, akademiklar va amaliyotchilar qatnashdilar. Konferensiya global xavfsizlik, jamoat tartibi va ichki ishlar organlarining zamonaviy muammolari kabi dolzarb mavzularni qamrab oldi.