“Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi va taqdirlandi
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida keng tushuncha berish hamda talabalarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” va “Eng yaxshi insholar” tanlovi tashkil etildi.
Mazkur tanlov davomida talabalar giyohvandlikning jamiyat va inson hayotiga salbiy ta’siri, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati hamda yoshlarning bu illatga qarshi kurashdagi o‘rni haqida o‘z fikrlarini ijodiy ishlar orqali ifoda etdilar. Taqdim etilgan rasmlar va insholar tanlov komissiyasi tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.
Tanlov yakunida eng yaxshi ijodiy ishlar mualliflari aniqlanib, 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.