Koreyada taʼlim
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) o‘zining xalqaro aloqalarini muntazam ravishda kengaytirib,
talabalarga xorijda o‘qish, tajriba orttirish va ikki tomonlama diplomga ega bo‘lish imkoniyatlarini taklif
etmoqda. Xususan, universitet Janubiy Koreyaning bir nechta nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik
memorandumi asosida qo‘shma dasturlarni amalga oshirib kelmoqda.
Hamkor universitetlar ro‘yxati:
1. Pusan National University
2. Sunchon National University
3. Kangwon National University
4. Kookmin University
5. Chungbuk National University
6. Sungshin Women’s University
7. Woosong University
8. The Academy of Korean Studies
9. Cheongju University
Talabalar uchun mavjud dasturlar:
1. 2+2 Qo‘shma diplom dasturi
Talabalar bakalavriatning dastlabki ikki yilini KIUTda, qolgan ikki yilini esa Janubiy Koreyadagi hamkor
universitetlardan birida davom ettirish orqali ikki oliy ta’lim diplomi egasiga aylanishadi.
2. Transfer imkoniyati
Talaba o‘z yo‘nalishi bo‘yicha KIUTdan Koreyadagi mos universitetga o‘qishni ko‘chiradi va o‘qishni u
yerda yakunlab, Koreya universiteti diplomi bilan bitiradi.
3. Exchange – Talabalar almashinuvi dasturi
KIUTda o‘qiyotgan talabalar 2-kursdan 4-kursgacha bo‘lgan davrda, bir semestr davomida Janubiy
Koreyadagi universitetlardan birida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
4. Magistraturada o‘qishni davom ettirish
KIUT bakalavr bitiruvchilari uchun hamkor universitetlarda magistratura bosqichida o‘qish imkoniyati mavjud.
5. 3.5+1.5 qo‘shma dasturi
Talaba bakalavriatning 7 semestrini KIUTda, 1 semestrini esa Chungbuk National Universityda o‘qib, undan
so‘ng o‘sha universitetda 3 semestr magistraturani davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Qo‘shimcha ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish:
KIUTdagi Global Exchange Support Center (GESC) sizga barcha dasturlar bo‘yicha batafsil ma’lumot, maslahat va
hujjatlar bilan bog‘liq yordamni taqdim etadi.
Manzil: A blok, 101-102-xonalar
Telefon: +99878 129 40 40 (ichki raqam 139)
Telegram: @KIUT_GESC_A101
Mobil raqam: +998 95 101 26 71