Chiroy estetikasi yo’nalishining oldiga qo’ygan asosiy vazifalaridan biri, bu yo’nalishda taxsil olayotgan talabalarni oliy ma’lumotli kosmetolog bo’lib yetishib chiqishlariga o’z hissasini qo’shishdan iborat. Bu yo’nalishda taxsil olayotgan talabalar quyidagi fanlardan bilim va ko’nikmalarni o’rganadilar. (Nutritsiologiya, estetik kosmetologiya, kosmetologiyaga kirish, kosmetik kimyo, muloqot psixologiyasi, psixosomatika, fitoterapiya va organic kosmetika, yuz jarroxligi, birinchi yordam, farmakologiya, kosmetik vositalarni brendlash, anatomiya va fiziologiya, refleksologiya, massaj, lazer asoslari, dermatologiya, teri xaqidagi ta’limot, va x,k). Darslar malakali professor-o’qituvchilar tomonidan olib boriladi. Kafedrada ilmiy salohiyat 60% tashkil etadi. Talabalarimiz an’anaviy dars jarayoni bilan cheklanib qolmasdan, amaliy darslarni universitetga biraktirilgan maxsus ba’zalarda olib borishadi. Bularga misol qilib: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan dermavenerologiya va kosmetologiya ilmiy – amaliy markazida, Xalq tabobati Xidjoma markazida nazariy bilimlarini amaliyotda yanada mustaxkamlaydilar. Bundan tashqari, “Amaliy kosmetologiya” kafedrasida tashkil etilgan maxsus kosmetologik laboratoriyada talabalar tinim bilmay kosmetologik muolajalarni malakali ustozlari boshchiligida olib bormoqdalar. Yo’nalish talabalari Respublika va chet davlatlarida o’tkazib borilayotgan ilmiy-amaliy konferensiyalar, ko’rgazmalar, xaftaliklarda faol qatnasib sertifikatlar bilan taqdirlanib kelishmoqda.
Kafedraning ichki raqami: ( - )
Ilmiy qiziqishlari: косметик кимё, органик косметика, эфир мойлари, косметик воситалар ишлаб чиқариш технологияси. Ilmiy yo‘nalish: 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi. Biografiya 2021 yildan boshlab Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Amaliy kosmetologiya” kafedrasida kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqdaman. “ Kasb ta’limining kimyoviy texnologiyasi” bakalavr darajasiga, “Asosiy organic sintezi maxsulotlari kimyoviy texnologiyasi” magistr darajasiga egaman. “Organik kimyo” va “Сборник задач и упражнений по органической химии” nomli Ikkita o’quv qo’llanmalar muallifiman. Xalqaro va maxalliy maqolalar muallifiman. 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo’yicha “ Parfumer – kosmetik mahsulotlar olish uchun sirt faol moddalar sintezi va texnologiyasi” mavzusida mustaqil izlanuvchiman.
Ilmiy qiziqishlari: psixosomatik tibbiyot, zamonaviy psixoterapevtik usullar, biologic qayta bog’lanish, gipnoterapiya, kognitiv xulq-atvor terapiyasi, tanaga yo'naltirilgan terapiya, psixofarmakoterapiya, psixogen kasalliklar, nevrotik kasalliklar, depressiya, fobiyalar. Ilmiy yo‘nalish: tibbiy psixologiya (19.00.04) Biografiya 2022 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida v.b. dotsenti lavozimida ish boshlagan. Tibbiyot fanlari nomzodi darajasiga ega. Toshkent tibbiyot akademiyasining “Tibbiy pedagogika” fakultetining bakalavriatini tugatgan, shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasining “Tibbiy psixologiya” yo’nalishining magistratura darajasini olgan. Ilmiy monografiya (xorijiy matbuot Lambert) va ilmiy maqolalar, innovatsion takliflar va oʻquv qoʻllanmalar muallifi, va "Foydali mahsulot" sertifikatiga ega. Nevrologiya, psixiatriya va psixologiya bo'yicha ko'plab xalqaro (IAPRD, WPN) va mahalliy konferentsiyalarda ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashgan.
Ilmiy qiziqishlari: dietologiya, nutrisiologiya, ichki kasalliklar, kosmetik nutrisiologiya, davolovchi protokollar, sport tibbiyoti va dietologiyasi, endokrinologiya. Ilmiy yo‘nalish: ichki kasalliklar (14.00.05) Biografiya 2021 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Toshkent tibbiyot akademiyasining Toshkent pediatriya tibbiyot instituti“Tibbiy pedagogika” fakultetining bakalavriatini tugatgan, shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasining “Dietologiya” yo’nalishining magistratura darajasini olgan.Xorijiy ilmiy maqolalar muallifi.O’zbekiston dzyudo federasiyasi bosh dietologi. Ukraina va Ozarbayjonda malaka oshirgan Dietologiya va nutrisiologiya bo'yicha ko'plab xalqaro (IAPRD, WPN) va mahalliy konferentsiyalarda ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashgan.
Ilmiy qiziqishlari: fundamental farmakologiya, farmakokinetika va farmakodinamika, dozalash shakllarini ishlab chiqish va optimallashtirish, klinik farmakologiya, toksikologiya va xavfsizlik, o‘simlik preparatlari, kosmetik farmakologiya va kosmetsevtika. Ilmiy yo‘nalish: farmakologiya (14.00.25) Biografiya: 2023 yildan Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetida dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega. Toshkent pediatriya tibbiyot institutini pediatr shifokori diplomiga ega, Moskva shahridagi Rossiya tibbiyot universitetining “Nevrologiya” mutaxassisligi bo‘yicha stajirovkani tamomlagan va Toshkent tibbiyot malakasini oshirish institutida “Dermatologiya” mutaxassisligi bo‘yicha stajirovka o‘tagan. Kosmetologiyaga ixtisoslashgan.
Ilmiy qiziqishlar: oftalmologiya, patologik anatomiya, eksperimental tadqiqotlar. Ilmiy yo‘nalish: oftalmologiya (14.00.08), patologik anatomiya (14.00.15). 80 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, jumladan, oftalmologiya sohasida 2 ta foydali model patenti, 1 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanmasi, 2 ta metodik tavsiyanoma (Xirsh indeksi 7). Biografiya 2024 y.–h.v.– Toshkent Kimyo xalqaro universiteti dots.nti, PhD 2024 y.–h.v. – Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti DSc doktoranti 2024 y.–h.v. – «Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi» direktori 2023–2024 yy. – EMU UNIVERSITY dots.nti 2022 y.–Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi doktoranti (DSc) 2021–2022 yy. – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti oftalmologiya, bolalar oftalmologiyasi kafedrasi assistenti 2021–2022 yy. – Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy kotibi 2021 y.–«Life optic» xususiy klinikasida ko‘z shifokori 2018–2021 yy. – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti oftalmologiya, bolalar oftalmologiyasi kafedrasi PhD doktoranti 2018–2019 yy. – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti xalqaro bo‘limi uslubchisi 2016–2017 yy. – Andijon davlat tibbiyot instituti oftalmologiya kafedrasi assistenti 2014–2016 yy. – Andijon davlat tibbiyot instituti oftalmologiya va otorinolaringologiya kafedrasi assistenti
Ilmiy qiziqishlari: kimyo fanlari,asosiy organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi, kosmetik mahsulotlar kimyosi va texnologiyasi. Ilmiy yo‘nalish: Kimyo fanlari (02.00.14) Biografiya 2010-2014-yillarda – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti talabasi (bakalavr); 2015 yilda - O’zbekiston davlat yer resurslari geodeziya kartografiya va davlat kadastr davlat qumitasi katta laboranti; 2015-2017-yillarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti magistranti; 2015- 2017-yillarda - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy tadqiqot markazi ilmiy xodimi; 2018-2020-yillarda – Toshkent kimyo-texnologiya instituti Organik kimyo va asosiy organik sintez texnologiyasi kafedrasi tayanch doktoranti; 2020-2021- yillarda Toshkent farmasevtika instituti Analitik kimyo kafedrasi asisstenti; 2021-2021-yillarda – Toshkent kimyo-texnologiya instituti Organik kimyo va asosiy organik sintez texnologiyasi asisstenti; 2022-2023 – Toshkent kimyo–texnologiya instituti «Asosiy organik sintez texnologiyasi» kafedrasi dotsent v.v.b. 2022-2024 – yillarda- Toshkent kimyo-texnologiya instituti asosiy organik sintez texnologiyasi kafedrasi doktoranti; 2025-yildan – h.v. – Toshkent Xalqaro Kimyo universiteti dotsenti lavozimida mehnat faoliyatini olib boradi. Umumiy ish staji - 10 yil (jumladan: ilmiy tadqiqot sohasida – 5 yil, pedagogik ish staji – 5 yil). N.U.Pulatovaning ilmiy rahbarligida 10 dan ortiq bakalavr va magistr talabalari bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilib kelmoqda. N.U.Pulatovaning 44 ta ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari chop etilgan. Jumladan: oliy ta’lim muasasalar bakalavr talabalari uchun 1ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 2 ta monografiya, 9 ta chet el jurnallaridagi va 8 ta respublika jurnallaridagi ilmiy maqolalar, hamda 18 ta xalqaro va respublikamizdagi anjumanlar to‘plamlaridagi tezislar chop etilgan.