Ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) da boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida universitet rektorining 2019 yil 14-yanvardagi 2-sonli buyrug‘iga binoan “Tabiiy fanlar” kafedrasi tashkil etildi, hamda o‘sha yilning 12-avgustidagi 74-sonli buyrug’iga asosan “Aniq fanlar” kafedrasi sifatida qayta nomlandi.
Kafedraga tashkil qilingandan boshlab fizika-matematika fanlari nomzodi Sagidullayev Khalmurza Saparbayevich rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedrada 1 nafar akademik, 6 nafar fan doktori (DSc), professor, 19 nafar fan nomzodi (PhD), dotsent, 15 nafar katta o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda.
Kafedrada “Matematika”, “Elementar matematika kursi”, “Iqtisodchilar uchun matematika”, “Mathematik analiz”, “Chiziqli algebra va geometriya”, “Diskret matematika”, “Analiz”, “Geometriya”, “Amaliy matematika”, “Ehtimollar nazariyasi va statistik usullar”, “Statistika asoslari” va “Ekonometrika” fanlari 3 tilda (ingliz, rus va o‘zbek) olib borilmoqda.
Talabalar ushbu fanlardan: elementar matematika, matematikaning o’qitish metodikasi, chiziqli algebra, vektorlar algebrasi, diskret matematika, tekislik va fazodagi analitik geometriya, matematik analizning asoslari, ikki va uch karra integrallar, fizik masalalarda matematik analizning tadbiqi, iqtisodda matematikaning qo’llanilishi, iqtisodiyot va texnikada diffefrensial tenglamalarning tadbiqi, tasodifiy hodisalar, tasodifiy miqdorlar, taqsimot funksiyalari, katta sonlar qonuni, markaziy limit teorema, ko`p o`lchovli tasodifiy miqdorlar va ularning sonli xarakteristikalari, matematik statistikaning asoslari, baholash usullari (momentlar usuli, haqiqatga maksimal o`xshashlik usuli, interval baholash usuli), gipotezalarni tekshirish, noparametrik baholash usullari, moslik kriteriylari, dispersion analiz (ANOVA), korrelyatsion va regression analiz, vaqtli qatorlari, prognozlashtirish usullari, statistik usullarni R. Stata va boshqa dasturiy ta’minotlarda tatbiq etish kabilarni o‘rganishadi.
Kafedraning ichki raqami: ( )
Ilmiy qiziqishlari: Chigit saralash qurilmasining samaradorligini oshirish, ko’p omilli tajribalar o’tkazish orqali qurilmaning ratsional parametrlarini aniqlash muommolarini bartaraf etish, Paxta chigiti va uni ekishga tayyorlash texnologiyasinining klassifikatsiyasi, Ilmiy yo‘nalish: To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari) (05.06.02) Biografiya 2022 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. 2022-yilda Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti dotsenti unvonini oldi. Texnika fanlari doktori, O‘zbekiston Milliy universitetida muhandislik texnologiyasi bo‘yicha bakalavr va O‘zbekiston Milliy universitetida Differensial tenglamalar bo‘yicha magistr darajasi, Bir qancha ilmiy maqolalar muallifi.
Ilmiy qiziqishlari: Noassosiativ algebralar, algebralarning strukturaviy nazariyasi, Li algebralari, Leybnits algebralari, Puasson algebralari Ilmiy yo‘nalish: Algebra (01.01.06) Biografiya 2022 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida dotsent lavozimida ish boshlagan. Fizika-matematika fanlari falsafa doktori, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitetida matematika bo‘yicha bakalavr hamda magistr darajasini, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika Institutida fizika-matematika fanlari falsafa doktori darajasini olgan. Noassosiativ algebralar strukturasiga oid bo’lgan bir qancha ilmiy maqolalar muallifi. Shuningdek, Beruniy, Qori-Niyoziy, akademik Sarimsoqov nomidagi stipendiyalar sohibasi.
Ilmiy qiziqishlari: Bog‘liq tosodifiy elementlardan hosil qilingan “tasodifiy adashma”lar uchun chegaraviy masalalar. Bog‘liq tosodifiy miqdorlar uchun katta sonlar hamda takroriy logarifm qonunlari. Ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasini aholi va turli toifadagi maskanlarning favqulodda vaziyatlarda xavfsizligini ta’minlashning amaliy masalalariga tadbiqi Ilmiy yo‘nalish: Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika (01.01.05) Biografiya 2022 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Fizika - matematika fanlari nomzodi, dots.nt. “Oliy matematika” (Ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi) (2019 yil, ro‘yxat raqami 1000- 175) darsligi hamda “Oliy matematika misol va masalalarda” (Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika) (2022 yil, ro‘yxat raqami 233- 0199) o‘quv qo‘llanmalarining yakka muallifi, qator ilmiy maqolalar va o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Davlat mukofoti- “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan. Polsha Respublikasining Merito universitetida malaka oshirish kursida o‘qigan.
Ilmiy qiziqishlari: Ehtimollar nazariyasi va statistika, Ekonometrika Ilmiy yo‘nalish: Biografiya Nuriddin Ziyoviddinov 2021-yildan boshlab Toshkent Kimyo xalqaro universitetida (avvalgi Toshkent Yodju texnika instituti) katta o’qituvchi bo'lib ishlay boshladi. U Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining matematika bakalavri va magistri hisoblanadi. Nuriddin Ziyoviddinov bir nechta ilmiy maqolalar muallifidir.
Ilmiy qiziqishlari: Geometriya, Differensial geometriya, Topologiya, Algebraik topologiya, Dinamik sistemalar. Ilmiy yo‘nalish: Geometriya va topologiya (01.01.04) Biografiya 2022-yildan Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetning “Aniq fanlar” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. U Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining matematika fakulteti bakalavriatini va shu universitetining geometriya va topologiya mutahasisligi bo‘yicha magistraturani bitirgan. U bir qancha ilmiy maqolalar muallifi.
Ilmiy qiziqishlari: Differensial tenglamalar, Mathematik fizika, Integral tenglamalar, Iqtisodiy masalalarni chiziqli modellashtirish, Moliyaviy matematika, Hisoblash matematikasi, Sonli metodlar, Matematik analiz, Ehtimollar nazariyasi, Matematik statistika. Ilmiy yo‘nalish: Differensial tenglamalar va matematik fizika (01.01.02) Biografiya Buxoro Davlat Universitetida “Amaliy matematika va informatika”mutaxassisligi bakalavr darajasini (2001), “Hisoblash matematikasi” mutaxassisligi magistr darajasini (2003), V. Romanovskiy nomidagi “Matematika va information texnologiyalar” ilmiy tekshirish instituda “Differensial tenglamalar va matematik fizika” mutaxassisligi bo’yicha “Fizika matematika fanlari nomzodi” ilmiy darajasini (2008), Dotsent ilmiy unvonini (2018) olgan. TEMUR granti ERASMUS MUNDUS loliyasini yutib, Ispaniyaning Gran Canaria shahri, Las Palmas Universitetida malaka oshirgan (2016). Toshkent Moliya instituda ishlagan. (2016-2022). Davlat universitetlari “Matematika” yo’nalishlari magistrantlari hamda “Iqtisodiyot” yo’nalishi talabalari uchun o’quv qo’llanmalar va bir qancha maqolalar muallifi. 2022-yildan Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti “Aniq fanlar” kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
Ilmiy qiziqishlari: Algebra, Noassotsiativ algebralar, Li algebralari, Leybniz algebralari, Leybniz superalgebralari Ilmiy yo‘nalish: Algebra (01.01.06) Biografiya Xosiyat Muratova 2021-yildan boshlab Toshkent Kimyo xalqaro universitetida (avvalgi Toshkent Yodju texnika instituti) dotsent bo'lib ishlay boshladi. U fizika-matematika fanlari bo'yicha falsafa doktori darajasiga ega, shuningdek, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining matematika bakalavri va magistri hisoblanadi. 2021 yilda O'zbekiston fanlar Akademiyasining V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutida fizika-matematika fanlari falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qildi. Xosiyat Muratova noassotsiativ algebra va superalgebralarning strukturaviy nazariyasiga oid bir nechta ilmiy maqolalar muallifi.
Ilmiy qiziqishlari: Diskret matematika, Kombinatorika, Grafiklar nazariyasi, Amaliy matematika, Iqtisodiyotda matematik masalalar, Moliyaviy matematika. Ilmiy yo‘nalish: Hisoblash matematikasi va diskret matematika (01.01.03) Biografiya 2018 yildan Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetida ish faoliyatini boshlagan. Chexiya Respublikasining Plzen shahridagi G‘arbiy Chexiya universitetida Amaliy matematika mutaxasisligi bo‘yicha magisterlik darajasini olgan hamda shu universitetda Amaliy matematika ixtisosligi bo‘yihca matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D.) ilmiy darajasini olgan. O‘zbekiston Milliy universitetining Mexanika - matematika fakultetida 1999-2003 yillarda bakalavr yo ‘nalishida tahsil olgan. U bir qancha monografiyalar va ilmiy maqolalar muallifi. Bugungi kunda “Aniq fanlar” kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
Ilmiy qiziqishlari: Matematikani iqtisodiyot bilan bog‘lash, iqtisodiy masalalarni matematik nuqtayi nazardan yechishni o‘rgatish, shuningdek iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish va prognozlash metodologiyasini takomillashtirishdan iborat. Ilmiy yo‘nalish: Matematik analiz (14.06.2023) Biografiya: 2024 yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Qoraqalpoq Davlat universitetining “Matematik analiz” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani bitirgan. Bir qancha ilmiy maqolalar mualiffi.
Ilmiy qiziqishlari: KO'P O'LCHOVLI MA'LUMOTLAR UCHUN NU-TAYANCH VEKTORLI REGRESSIYA ASOSIDAGI CHIZIQLI VA CHIZIQLI BO'LMAGAN REGRESSIYADA ROBAST DIAGNOSTIKA VA PARAMETRLARNI BAHOLASH USULLARI Ilmiy yo‘nalish: Data Science Biografiya 2026-yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Matematika mutaxasisligi bo’yicha Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Aniq fanlar” kafedrasida Katta o’qituvchi. Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy Universiteti Matematika fakultetini bakalavriat va Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy Universiteti Matematika fakultetini magistr darajasini olgan. U ta’limga oid xalqaro loyihada faol ishtirok etgan va ushbu loyiha doirasida Yaponiyada malaka oshirib kelgan.
Ilmiy qiziqishlari: Muqobil gravitatsiya nazariyalarida magnit dipol momentiga ega zarralar dinamikasi. Ilmiy yo‘nalish: Astronomiya, Kosmos fizikasi va astrofizika. Biografiya U Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining fizika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va magistratura bosqichlarini tamomlagan. Kasbiy faoliyatini 2021-yilda Toshkent Kimyo xalqaro universitetida katta o‘qituvchi lavozimidan boshlagan. 2024-yilda PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, PhD ilmiy darajasini oldi. Hozirda universitetda dotsent v.b. lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Inomjon Ibragimov bir qator nufuzli ilmiy maqolalar va tadqiqotlar muallifidir.
Ilmiy qiziqishlari: Matematika, Differtial tenglamalar, matematik tahlil, matematik modellar Ilmiy yo‘nalish: Differential tenglamalar, matematik tahlil Biografiya Qarshi Davlat universiteti matematik mutaxassisligi, PhD Italiyaning Politexnika di Torino tamomlagan. 2025-yildan Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetida ishlaydi. Xorijdagi nufuzli ilmiy jurnallarda bir nechta ilmiy maqolalari chop etilgan. Xozirda u differential tenglamalar sohasida ilmiy ishlar olib bormoqda.
Ilmiy qiziqishlari: matematik analiz, matematika ta’limi. Ilmiy yo‘nalish: matematik analiz (01.01.01), ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (13.00.02) Biografiya. 2025 yil oktabrdan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ishlab kelmoqda. Fizika-matematika fanlari nomzodi (01.01.01-matematik analiz), professor (13.00.02-ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. U 1981 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga (hozirda O’zbekistin Milliy pedagogika universiteti) o ‘qishga kirib, 1986 yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1986 yildan mehnat faoliyatini shu institutning Matematik analiz kafedrasida laboranti lavozimida boshlagan. Keyinchalik o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri, professor lavozimlarida ishlagan. Ilmiy rahbarligida birnechta magistrauch nafar nomzod doktorlik dissertatsiyasini (PhD) himoya qilgan. Hozirda 3 2 nafar tayanch doktorant va bir nafar mustaqil tadqiqotchiga ilmiy rahbarlik qilmoqda. Uchta monografiya, Matematik analiz, Funksiyalar nazariyasi fanlaridan bir nechta darslik va o‘quv qo ‘llanmalar, matematika ta’limiga oid ilmiy maqolalar muallifi.
Ilmiy qiziqishlari: Tarmoqlangan past o'lchamli to'lqin o'tkazgichlarda materiya to'lqinlari Ilmiy yo‘nalish: Fizika (yo’nalishlar bo’yicha) Biografiya Usanov Sulton 2021 yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Fizika mutaxasisligi bo’yicha Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Aniq fanlar kafedrasida Katta o’qituvchi. Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy Universiteti Fizika fakultetini bakalavr va Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy Universiteti Fizika fakultetini magistr darajasini olgan. Bir qancha ilmiy maqolalar muallifi, ilmiy jurnallarda faol qatnashadi. U bir qancha xalqaro grandlarda faol ishtirok etgan.
Ilmiy qiziqishlari: matematik analiz. Ilmiy yo‘nalish: matematik analiz (01.01.01), ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (13.00.02) Biografiya. 2025 yil oktabrdan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ishlab kelmoqda.U 2023 yilda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida bakalavr darajasini olgan.2025-yilda Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida magistr darajasini olgan.
Ilmiy qiziqishlari: Eksperimental yuqori energiya fizikasi, zarralar fizikasi, grafen fizikasi, ta’lim jarayonlari Ilmiy yo‘nalish: Zarralar fizikasi Biografiya O‘zbekiston Milliy universitetida bakalavr darajasini, Janubiy Koreyaning Kyungpook Milliy universitetida yuqori energiyalar fizikasi bo‘yicha magistr va PhD darajasini olgan. 2022-yildan Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetida ishlaydi. Xorijdagi nufuzli ilmiy jurnallarda bir nechta ilmiy maqolalari chop etilgan. Xozirda u grafen materialida to'lqin paketining tarqalishini raqamli tekshirishda ishlarida ishtirok etyapti.
Ilmiy qiziqishlari: To’la va senzurlangan kuzatuvlar bo’yicha taqsimotlar funksional xarakteristikalarining statistik yadroviy baholarining asimptotik xossalari Ilmiy yo‘nalish: Fizika - matematika (yo’nalishlar bo’yicha) Biografiya 2019 yilning boshidan Toshkentdagi Yodju texnika instituti (hozirgi Toshkent Kimyo xalqaro universiteti)da aniq (oldingi tabiiy) fanlar kafedrasi mudiri lavozimida ish boshlagan. Mirzo Ulugbek nomidagi Toshkent davlat (hozirgi O’zbekiston Milliy) universiteti Mexanika – matematika fakultetini “Matematik, o’qituvchi” mutaxassisligi bo’yicha tugatgan. Fizika-matematika fanlari nomzodi. Bir qancha ilmiy maqolalar, o’quv qo’llanmalar, darsliklar muallifi, ilmiy jurnallarda faol qatnashchi. U bir qancha xalqaro va respublika grandlarda faol ishtirok etgan.