• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

Jarrohlik fanlari kafedrasi

Jarrohlik fanlari kafedrasi 2024-yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘zining tashkil topganidan buyon universitetning akademik hamjamiyatining ajralmas qismiga aylandi. Kafedraga tibbiyot fanlari doktori, dotsent — Nizamhodjaev Shamsiddin Z. rahbarlik qiladi. U katta pedagogik va amaliy jarrohlik tajribasiga ega yuqori malakali mutaxassisdir.

Bugungi kunda kafedra “Tibbiyot maktabi”ning tarkibiy bo‘linmasi sifatida faoliyat yuritib, “Davolash ishi” va “Stomatologiya” yo‘nalishlari talabalariga ta’lim beradi. O‘qitish zamonaviy ilmiy yondashuvlar va klinik amaliyotlar asosida, xalqaro standartlarga muvofiq olib boriladi.

Jarrohlik tibbiyotning eng muhim va tez rivojlanayotgan sohalaridan biri hisoblanadi. Bu fan ilm-fan, texnologiya va insonparvarlik tutashgan nuqtada joylashgan bo‘lib, mutaxassisdan yuqori malaka, klinik tafakkur va doimiy professional rivojlanishni talab qiladi. Tibbiyot fanining jadal rivojlanishi va yangi texnologiyalarning joriy etilishi sharoitida jarrohlikning sog‘liqni saqlashdagi roli tobora ortib boradi — ayniqsa minimal invaziv muolajalar, robotlashtirilgan jarrohlik va shaxsga yo‘naltirilgan davolash yondashuvlari kontekstida.

Kafedraning missiyasi — zamonaviy tibbiyot vazifalarini samarali hal qila oladigan va jarrohlik fani hamda amaliyotining rivojlanishiga hissa qo‘sha oladigan professional, kompetent va axloqan mas’uliyatli shifokor-jarrohlarni tayyorlashdir.

Kafedraning asosiy vazifalari:

  • Tibbiyot talabalari uchun jarrohlik fanlaridan yuqori sifatli ta’lim berish;
  • Innovatsion ta’lim dasturlari va metodikalarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • Jarrohlik davolash usullarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
  • O‘qituvchilar malakasini oshirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish;
  • Talabalarni kafedraning ilmiy, ta’limiy va madaniy hayotiga jalb etish.

Kafedra talabalarning tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlaydi, olimpiadalar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, mahorat darslari, treninglar va seminarlarni tashkil etadi. Bu tadbirlar nafaqat professional bilimlarni chuqurlashtiradi, balki talabalarda liderlik fazilatlarini, jamoada ishlash ko‘nikmalarini va professional chaqiriqlarga tayyorlikni ham shakllantiradi.

Shuningdek, kafedra talabalari tibbiyot hamjamiyatini rivojlantirish va ilm-fan, ta’lim hamda jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ijtimoiy, ta’limiy va madaniy loyihalarda faol ishtirok etadilar.

Jarrohlik fanlari kafedrasi — bu an’ana va innovatsiyalar uyg‘unlashgan, talabalar esa tibbiyotning eng mas’uliyatli va sharafli sohalaridan birida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni oladigan akademik va ilmiy o‘sish markazidir.

Shamsiddin Nizamxodjaev
Shamsiddin Nizamxodjaev
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Plastik xirurgiya, estetik xirurgiya, yuz sohasini keng maydonli nuqsonlari, bariatric operatsiyalardan keyingi bemorlar plastikasi Ilmiy yo‘nalish: Xirurgiya (14.00.27) Biografiya 2024 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Tibbiyot fanlari doktori2009 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini davolash ishi yonalishi bo’yicha tamomlagan. 2012 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini umumiy xirurgiya yo’nalishi bo’yicha magistr darajasi olgan. 2024-yilda Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti dotsenti unvonini oldi. 2012 -2021 yillarda Akademik V.Vohidov Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya markazining, plastic, estetik va mikrogirurgiya bo`limida kichik ilmiy hodim bo`lib iwlagan. 2020-2024 yillarda Quvayt davlatining xususiy Wara gospitalida plastic xixrurg lavozimida ishlagan.

Saodat Asilova Ubayevna
Saodat Asilova Ubayevna
Professor

Ilmiy qiziqishlari: Travmatologiya-ortopediya, artroskopiya arthroplastika, reabilitatsiya Ilmiy yo‘nalish: Travmatolog-ortoped va qo'l jarrohi Biografiya 2005-2011. -TTA davolash va tibbiy profilaktika fakultetining Travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va XDJ, kafedrasi dotsenti. 2011-2015.-TTA davolash va tibbiy profilaktika fakultetining Travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va XDJ , kafedra mudiri. 2015 TTA davolash va tibbiy profilaktika fakultetining Travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va XDJ professori 2015 – 2024 – Toshkent tibbiyotakademiyasi Tibbiy-pedagogika fakulteti“Travmatologiya va ortopediya, neyroxirurgiya vaharbiy dala xirurgiyasi” kafedrasi professori. 2024 Toshkent xalqaro Kimyo universiteti xirurgiya kafedrasi professori.Mening rahbarligimda talabalar 12 ta nomzodlik dissertatsiyalari va 2 ta himoya bosqichlarida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi. (O‘zbekiston Oliy attestatsiya komissiyasining tashqi mavzusi ma’qullangan) va mening rahbarligimda 50 dan ortiq magistrantlar magistrlik dissertatsiyasini himoya qilishdi. Mening 650 ta ilmiyishlarim bor, bular tezislar, maqolalar, shu jumladan monografiyalar - 6, tibbiy tavsiyalar - 12, tibbiy qo'llanma - 5 va travmatologiya va ortopediya bo'yichadarslik - 1. 2005 yildan beri men 10 ta grant loyihasida ishtirok etganman, shundan 9 tasi yetakchi va 1 ta hammuallif bo‘lgan. 2000 yilda u Misrning Al-Mansuruniversitetida malaka oshirdi, 2002 yil St. Peterburg Mechnikov universiteti, 2005 yil Isroil klinikasi Rambam. 2011 yil Shvetsiya Gothenburg, 2014 yil Braziliya, 2015 yil Koreya, 2019 yil OMON Maskat va 2022 yilItaliya. 2011 yildan beri Travmatologlar va ortopedlarSikot a'zosi.

Dildora Ayupova
Dildora Ayupova
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Akusherlik va ginekologiya Ilmiy yo‘nalish: Akusherlik va ginekologiya (14.00.01) Biografiya 2024-yildan boshlab Toshkentdagi Xalqaro Kimyo Universitetida ishlay boshlagan. 1997-yilda II-Toshkent Davlat Tibbiyot Institutini davolash ishi yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. Ikkinchi Toshkent Tibbiyot Institutida «Akusherlik va ginekologiya» ixtisosligi bo‘yicha internaturani tamomlagan. «Akusherlik va ginekologiya» ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. Bir nechta monografiya va ilmiy maqolalar muallifi.

Juratbek Djurayev
Juratbek Djurayev
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Bolalar jarroxligi. Buyrak transplantatsiyasi Ilmiy yo‘nalish: Bolalar jarroxligi. Buyrak transplantatsiyasi Biografiya 2024-yildan Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. 2015 yilda ToshPMIni pediatriya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. RShTYIM da “Bolalar xirurgiyasi” mutaxassisligi boʻyicha klinik ordinaturani tamomlagan. 2019-yilda operativ va diagnostik endxirurgiya bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kursni tamomlagan. 2019 yilda Xindistonninig New Deli shahrida minimal invaziv jarrohlik bo'yicha malaka oshirish kurslarini tamomladi. 2024-yilda buyrak transplantatsiyasi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kursni tamomlagan. “Shoshilinch jarrohlik” ixtisosligi boʻyicha tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega, dotsent. Bir qancha monografiyalar va ilmiy maqolalar muallifi.

Agzamxo’jayev Farruxxon
Agzamxo’jayev Farruxxon
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: adenoid vegetatsiyasi Ilmiy yo‘nalish: Otorinolaringologiya (14.00.04) Biografiya 2024-yildan boshlab Toshkentdagi Xalqaro Kimyo Universitetida ishlay boshlagan. 2010-2017 yillar Toshkent Tibbiyo Аkademiyasi “Tibbiy pedagogika” yo’alishi bakalavri. 2017-2020 yillar Toshkent Tibbiyot Аkademiyasi “Otorinolaringologiya” yo’nalishi magistri. Magistrlik ishi “MNS patologiyasi bor bolalarda auditor neyrpatiya diagnostikasi” mavzusida ximoya qilingan.

Umida Saatova
Umida Saatova
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Buyrak transplantatsiyasi Ilmiy yo‘nalish: Buyrak transplantatsiyasi Biografiya 2024-yildan boshlab Toshkentdagi Xalqaro Kimyo Universitetida ishlay boshlagan. 2018-yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasining davolash ishi fakultetini bo‘yicha tamomlagan. 2021 yili Umumiy xirurgiya yo’nalishi bo’yicha magistraturani tamomlagan. Bir nechta ilmiy maqolalar va tezislar muallifi.

Boltayev Davlatyor Egamberdiyevich
Boltayev Davlatyor Egamberdiyevich
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Yopishqoq kasallik uchun jarrohlik taktikasi, distal oshqozon saratonini jarrohlik yo’li bilan davolash, morbid semizlik va qandli diabetni jarrohlik usuli bilan davolash. Ilmiy yo‘nalish: Qorin bo'shlig'i va ko'krak bo'shliqlarida shoshilinch va rejalashtirilgan operatsiyalar, qizilo'ngach va oshqozon o'smalari shikastlanishi uchun yuqori texnologiyali operatsiyalar. Endovizual jarrohlik va bariatrik jarrohlik bo'yicha ko'nikmalarga ega. Biografiya 2024 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. 2007-2013 yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali direktori lavozimida ishlagan. 2017-yil yanvaridan 2018-yil fevraligacha UZTEX kompaniyasi tibbiyot punkti bosh shifokori lavozimida ishlagan. 2018-yil fevralidan 2022-yilgacha “JMDS” (Jacksoft) XKda bosh shifokor bo‘lib ishlagan. 2022-yil iyul oyidan 2024-yilgacha “NBF MED” ko‘p tarmoqli xususiy klinikasi bosh shifokori lavozimida ishlagan. 2024 yilning iyulidan 2024 yilning sentyabrigacha “GLOBAL Medical” xususiy klinikasi bosh shifokori lavozimida ishlagan. Hozirda “Eurosan” va “Frank Medic” klinikalarida jarroh bo‘lib ishlamoqda. Ko‘plab ilmiy maqola va tezislar muallifi.

Jamoliddin Qahhorov
Jamoliddin Qahhorov
Professor

Ilmiy qiziqishlari: torakoabdominal onkologiya, radiologiya, radioxirurgiya. Ilmiy yo‘nalish: Onkologiya (14.00.14), o'pkaning metastatik lezyonlari, o'smalarni kompleks va kompleks davolash Biografiya 2025 yildan buyon Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetida ishlab kelmoqda. Tibbiyot fanlari doktori (DSc). U quyidagi yo‘nalishlarda ixtisoslashgan: “Umumiy amaliyot shifokori”, “Umumiy jarrohlik”, “Onkologiya”, “Torakal onkologiya”, “Nurlanish terapiyasi” (Charlz universiteti tibbiyot fakulteti, Praga, Chexiya Respublikasi). 1987-1990 yillarda Toshkent davlat tibbiyot instituti 2-klinikasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yangiyer shahridagi Davlat onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy jamiyatida qon tomir jarrohi bo‘lib ishlagan. 1990-2013-yillarda Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi ko‘krak qafasi jarrohligi bo‘limida, radiatsiya terapiyasi bo‘limi ilmiy direktori lavozimlarida ishlagan. 2013-14-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali xirurgiya kafedrasi professori, 2024-2017-yillarda Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi nur terapiyasi kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. 2017-2019 yillarda Rossiya onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazining Termiz shahridagi Surxondaryo filiali direktori lavozimida ishlagan. 2020 yildan 2025 yilgacha nafaqaga chiqqan. Bir qancha monografiyalar, oʻquv qoʻllanmalar, oʻquv qoʻllanmalar, tibbiyot fakulteti talabalari uchun onkologiya darsligi, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari, ilmiy maqolalar muallifi.

Click to link to download - include a link to the PDF!

  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram