Ilmiy qiziqishlari: ichki kasalliklar, gastroenterologiya, pedagogika va psixologiya, tibbiy ta’lim, simulyatsion o’qitish usullari, pedagogik texnologiyalar va kompetensiyalar. Ilmiy yo‘nalish: Ichki kasalliklar (14.00.05) va ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (13.00.02) Biografiya 2022 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida v.b.professor lavozimida ish boshlagan. 2023-yilda Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetida “Klinik fanlar” kafedrasi mudiri lavozimida o’z faoliyatini davom ettirmoqda. Pedagogika fanlari doktori, tibbiyot fanlari nomzodi. 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti tibbiy pedagogika ya’lim yo’nalishi bo‘yicha bakalavr va Toshkent tibbiyot akademiyasi oilaviy tibbiyot mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasiga ega. 150 dan ortiq ilmiy maqolalar, monografiya va o’quv qo’llanmalar muallifi, bir qator o’quv adabiyotlari, ilmiy ishlanmalar muharriri. Jahon banki tomonidan taqdim etilgan AIF va mahalliy loyihalarida faol ishtirok etgan.
Ilmiy qiziqishlari: Nefrologiya. Gemodializli bemorlarni zamonaviy davolash usullari. Ilmiy yo‘nalish: Nefrologiya. Biografiya 2024 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. 2017-yilda Toshkent davlat stomatologiya institutida oliy tibiy ta’lim sohasidagi faoliyatini boshlagan. O’quv bo’limida dasturlarni tayyorlash bo’yicha yetakchi mutahhassis sifatida faoliyat olib borgan. Davolosh ishi yo‘nalishi talabalariga mutaxassislikka kirish fanidan bir nacha yillardan beri dars beradi. Bir necha o‘quv qo‘llanmalar va darslik tayyorlab, nashr ettirgan.
Ilmiy qiziqishlari: Epilepsiya, elektroensefalografiya, bosh miya, insult, ensefalit, bosh og’riqlari Ilmiy yo‘nalish: Nevrologiya (14.00.13) Biografiya 2024 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. 2014-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi bakalavr va 2018-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi nevrologiya yo’nalishi bo‘yicha magistr darajasini olgan. 2024-yilda PhD sertifikatini olgan. Bir nechta ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi, “European Headache Society” a’zosi, Bir qancha ilmiy maqolalar muallifi.
Ilmiy qiziqishlari: Klinik diagnostik laboratoriyalarda sifat nazorati. Tibbiy labortoriyalarda ISO 15189 standarti tadbiq qilish. Ichki kasalliklar diagnostikasi laborator markerlari. Ilmiy yo‘nalish: Klinik laborator va funksional diagnostika (14.00.25) Biografiya 2024 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. 2000 yilda 2-Toshkent Davlat Tibbiyot institutini tugatgan, 2005-2007 yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida- Klinik laborator diagnostika yo‘nalishi bo‘yicha klinik ordinaturani o‘tagan. 2011 – yilda nomzodlik dissertasiyasini ximoya qilgan. Doktorlik dissertasiyasini 2019 yilda 14.00.25- klinik-laborator va funksional diagnostika mutaxassisligi bo‘yicha ximoya qilgan. 2022 yildan buyon JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi “Salomatlik uchun yaxshiroq laboratoriyalar” tashabbusi Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida barqaror laboratoriya xizmatlarini yaratish O‘zbekiston Respublikasi – Laboratoriyalarda sifatni oshirish bo‘yicha milliy mentor va klinik-diagnostika laboratoriyalariga o‘quv va murabbiylik yordamini ko‘rsatadi./ O‘zbekiston Respublikasi akkreditasiya markazining 15189 ISO standarti bo‘yicha texnik ekspert bo‘lib xam faoliyat ko‘rsatadi.
Ilmiy qiziqishlar: ВИЧ-инфektsiyasi bo‘lgan bemorlarda С гепatitini davolashga yangi yondoshuvlar, ВИЧ-инфektsiyasi bo‘lgan bemorlarda В va D gepatitlarining o‘tkazilishi, ВИЧ-инfektsiyasi bo‘lgan bemorlarda jigar fibrozini davolash, ВИЧ-инfektsiyasi bilan kasallangan bemorlarda ikkilamchi kasalliklarning tarqalishi, С xronik gepatit bilan birga bo‘lgan ВИЧ-инfektsiyasi Ilmiy yo‘nalish: Infektsion kasalliklar (14.00.10) Biografiya 1996 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Ushbu institutda internatura, klinik ordinatura, doktorantura o‘tgazgan. Shuningdek, Respublika maxsus ilmiy-amaliy tibbiyot markazining virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti, epidemiologiya, mikrobiologiya, infektsion va parazitologiya kasalliklarini davolash markazida Gepatologiya markazida ishlagan. Respublika SPIDga qarshi kurash markazining dispanser bo‘limida faoliyat yuritgan. 2024 yildan Toshkent shahridagi Xalqaro Kimyo Universitetida ishlay boshlagan. 2024 yilda Toshkentdagi Xalqaro Kimyo Universitetida dozent unvonini olgan. 2022 yilda tibbiyot fanlari nomzodi (PhD) ilmiy darajasini olgan. Ilmiy maqolalar va monografiyalarga ega.
Ilmiy qiziqishlari: Анестезиология ва реанимация. Ilmiy yo‘nalish: Анестезиология ва реанимация. Biografiya 2024 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Davolosh ishi yo‘nalishi talabalariga mutaxassislikka kirish fanidan bir nacha yillardan beri dars beradi. Bir necha o‘quv qo‘llanmalar va darslik tayyorlab, nashr ettirgan.
Ilmiy qiziqishlari: Tibbiyot, Jarrohlik, Laparoskopiya, Minimal invaziv jarrohlik, Bariatrik, Endoskopiya, Onkologiya. Ilmiy yo‘nalish: Xirurgiya (05.08.06) Biografiya 2023 yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ish boshladi. 2024 yilda Toshkent Kimyo xalqaro universitetida dotsent unvonini oldi. Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega (14.00.27. – Jarrohlik, 2007 yil). Ikkinchi Toshkent tibbiyot institutining "Umumiy amaliyot shifokori" yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasiga ega (1991-1997 yillar), shuningdek, "Jarrohlik" mutaxassisligi bo'yicha internatura (1997-1998 yillar) va klinik ordinatura (1999-2001 yillar) kursini tamomlagan. U 30 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislarning, bitta monografiyaning muallifi. 2007 yildan beri "Umumiy jarrohlik" bo'yicha Oliy toifaga ega. “Fibroendoskopiya” (2014 yil, Toshkent), “Operativ-diagnostik endoxirurgiya” (2017 2018 yillar, Toshkent), “Bariatrik va kolorektal jarrohlik” (Istanbul, Turkiya, 2022 yil) ixtisosliklariga ega.
Ilmiy qiziqishlari: Tibbiyot, Ichki kasalliklar, Genetika, Neyrobiologiya. Ilmiy yo‘nalish: Ichki kasalliklar (14.00.05) Biografiya 2023-yilda Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshladi. 2017-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining tibbiy pedagogika fakultetini tamomlagan, 2020-yilda esa "Ichki kasalliklar" yo'nalishi bo'yicha magistraturani tugatgan. Bir nechta monografiya va ilmiy maqolalar muallifi.
Ilmiy qiziqishlari: bolalar kasalliklari, kam vaznli bolalar va ularni parvarish qilish muammolari, kam vaznli va erta tug'ilgan chaqaloqlarni davolash va reabilitatsiyasi. Ilmiy yo'nalish: Pediatriya (14.00.09) Tarjimai hol 2023 yildan Toshkentdagi Kime xalqaro universitetida ish boshladi. O'rta Osiyo tibbiyot pediatriya institutida o'qigan, "Pediatriya ishi"mutaxassisligi bo'yicha diplomga ega. Tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega. 2009 yilda respublika Pediatriya ilmiy-tadqiqot institutida katta ilmiy xodim unvoniga sazovor bo'ldi. Internatura neonatologiya, "Pediatriya ishi" yo'nalishi bo'yicha ikki yillik klinik ordinatura, respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy markazi negizida aspirantura, doktorantura bo'yicha o'tdi. 2017-2023 yillarda ToshPMI (magistratura) ning" alternativ terapiya bilan Pediatriya " kafedrasida assistent bo'lib ishlagan. 3 ta magistrlik dissertatsiya ishlarining ilmiy rahbari bo’ldi. YUNESEF va JSST ishtirokida"onalik va bolalikni muhofaza qilish"bo'yicha xalqaro loyihalarda ishtirok etdi. 60 dan ortiq ilmiy maqolalar va metodik qo'llanmalar muallifi.
Ilmiy qiziqishlari: bolalar kasalliklari, bolalar allergologiyasi va immunologiya, raqamli tibbiyot, simulyatsion o‘qitish Ilmiy yo‘nalish: Pediatriya (14.00.09) Biografiya 2023-yilda Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. 2024-yilda “Turon” Fanlar akademiyasi akademigi unvonini oldi. Tibbiyot fanlari doktori, professor. Toshkentdagi O‘rta Osiyo tibbiyot pediatriya institutining pediatriya fakultetini (1989), shuningdek, shu institutning klinik ordinaturasini tamomlagan. 9 ta monografiya, 300 ga yaqin ilmiy maqolalar, 10 dan ortiq darsliklar muallifi va bir qancha tibbiy jurnallar tahririyati aʼzosi. Uning rahbarligida 2 doktorlik va 4 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi, Rossiya pediatrlar assotsiatsiyasi a’zosi.
Ilmiy qiziqishlari: Psixologik maslahatlar berish, treninglar, gipnoz, parapsixologiya, ART terapiya. Ilmiy yo‘nalish: Ijtimoiy psixologiya Biografiya: 2024-yildan boshlab Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshladi. Shu yili Toshkent davlat stomatologiya institutida dotsent unvoniga hujjat topshirdi. U bir qancha ilmiy maqolalar va darsliklar muallifi hisoblanadi.
Ilmiy qiziqishlari: nevrologiya, nevrologik kasalliklarning funktsional diagnostikasi, neyrodegenerativ kasalliklar, harakat buzilishlari, epileptologiya, serebrovaskulyar kasalliklar Ilmiy yo‘nalish: Nevrologiya (14.00.13) Biografiya 2024-yilda Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. 2024-yilda Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetida dotsent ilmiy unvonini oldi. Andijon davlat tibbiyot institutining “Davolash” fakulteti bakalavriyati, shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasining magistraturaning Nevrologiya yonalishini tamomlagan. Bir qancha uslubiy tavsiyalar va ilmiy maqolalar muallifi. 2023 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, tibbiyot fanlari nomzodi (PhD) ilmiy darajasini oldi.
Ilmiy qiziqishlari: Xirurgik kasalliklar, kolorektal kasalliklar, rektovaginal jarohatlar, laparoskopik operatsiyalar Ilmiy yo‘nalish: Tibbiyot (14.00.27.) Biografiya 2024 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshladi. U 14.00.27-Jarrohlik mutaxassisligi bo'yicha tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) darajasiga, davolash ishlari bakalavr darajasiga, shuningdek Toshkent tibbiyot akademiyasining jarrohlik bo'yicha magistrlik darajasiga ega. U jarrohlik sohasida koloproktologiya va lazer texnologiyalari bo'yicha ixtisoslashgan. U bir nechta ilmiy maqolalar va tezislar muallifi, shuningdek kitoblar va maqolalar muharriri. Ixtiro uchun 3 ta patentga ega
Ilmiy qiziqishlari: Pediatriya, bolalar kasalliklari, bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi Ilmiy yo‘nalish: pediatriya, bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi Biografiya 2024 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining “Pediatriya” bakalavr va ToshPTI Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi bo‘yicha magistr darajasi mavjud. Bir qancha ilmiy maqolalar muallifi.