“Libos dizayni” – Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 2019 – 2020 o’quv yilida o’z faoliyatini boshlagan badiiy ta’lim yo’nalishlaridan biridir. 2020 yilda ta’lim yo’nalishi tarkibida “Libos dizayni” kafedrasi tashkil etilgan.
Kafedra o’quv faoliyati sifatli badiiy ta’lim berish va libos dizayni sohasida yuqori malakali mutaxassislarni yetishtirib chiqishga qaratilgan. Yuqori ta’lim sifatiga erishish maqsadida o’quv dasturidagi nazariy va amaliy fanlar o’zaro uyg’unlikda tashkil etilgan. O’quv jarayonidagi badiiy – loyihaviy faoliyatga qaratilgan fanlar talabalarning turli guruh va yosh uchun mo’ljallangan libos to’plamlarini yarata olish salohiyatlarini shakllantirishga mo’ljallangan. Bugungi kunda rivojlanayotgan texnologiyalar, ish beruvchilarning talablari, modadagi zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda o’quv rejaga maxsus laboratoriyalarda amaliyot ko’rinishida olib boriladigan “Raqamli libos dizayni”, “Moda illyustratsiyasi”, “Moda fotografiyasi” kabi fanlar joriy etilgan. Ushbu fanlar doirasida talabalar kelajak kasbiy faoliyatlari uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan bilim va ko’nikmalarga erishadilar. Masalan, “Raqamli libos dizayni” fani doirasida o’quv rejaga bugungi kunda eng aktual hisoblangan virtual libos loyihasini yaratuvchi Clo 3D dasturi kiritilgan. Clo 3D - libos yaratishning barcha jarayonlarini ishlab chiqish, xatto yakuniy natijaning vizual ko’rinishini yaratish imkonini beruvchi va bugungi kunda qator brendlar ish jarayonida qo’llaydigan eng zamonaviy dasturlardan biridir.
Ayni damda o’ndan ortiq professor va o’qituvchilar “Libos dizayni” kafedrasi tarkibida pedagogik, ilmiy va metodik faoliyat olib boradi: “Dizayn metodologiyasi” fanidan o’quv qo’llanma nashr etilgan.
Kafedraning ichki raqami: ( 167 )
Ilmiy qiziqishlari: Moda tarixi va nazariyasi, kostyum va dizayn tarixi, san’at tarixi. Ilmiy yo‘nalish: Dizayn tarixi va nazariyasi (17.00.05) Biografiya Sevara Sadikova Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutining “San’at tarixi va nazariyasi” ixtisosligi bo’yicha bakalavr va magistratura mutaxassisligini bitirgan. Shuningdek, Oklend texnologiya universitetida (Oklend, Yangi Zelandiya) “San’at va dizayn” yo’nalishi bo’yicha ta’lim olgan. Pedagogik faoliyatini Milliy rassomlik va dizayn institutining “Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi” kafedrasida 2016-yilda boshlagan. 2020 yildan buyon Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Libos Dizayni” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy faoliyatini dizayn tarixi va nazariyasi, kostyum va zamonaviy moda tarixi yo’nalishida olib boradi. Ushbu mavzularga bag’ishlangan qator maqolalar muallifi. Ayni damda San’atshunoslik fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun -Dizayn tarixi va nazariyasi (17.00.05) ixtisosligi bo’yicha tadqiqot olib bormoqda. Tadqiqot zamonaviy dizaynda madaniy kodlar mavzusini o’rganishga qaratilgan.
2020 – yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, “Libos dizayni” kafedrasida faoliyat yuritadi. O’zbekiston badiiy Akademiyasi qoshidagi Badiiy ijodkorlar uyushmasining “Dizayn” sho’basi a’zosi. O’z pedagogik faoliyatini 1997 - yilda boshlagan. Moda, dizayn mavzulariga oid qator maqolalar va o’quv qo’llanmalar muallifi, liboslar namoyishi tashkilotchisi. 2022 - yilda 79 Venetsiya kinofestivalida “Bratan” filmi dunyo kinematografi durdonalari ro’yxatiga kiritildi (A.B. Allabergenova liboslar bo’yicha rassom). “Loyihalash”, “Moda tarixi”, “Dizayn metodologiyasi”, “Moda mediasi” kabi maxsus fanlar o’qituvchisi.
Ilmiy faoliyat sohalari – tikuv buyumlarini loyihalash va modellashtirish; tikuv va trikotaj buyumlarini ishlab chiqarishda avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini (CAD/CAM/ERP) ishlab chiqish va joriy qilish; kiyim loyihalash jarayonida 3D tizimlarni qo’llash; ishlab chiqarish usullarini takomillashtirish. Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti xuzuridagi ilmiy kengash a’zosi (27.06.2021 г. Т. 08.01.). Xalqaro Parij moda akademiyasi yetakchi o’qituvchisi. Gerber Lectra Technology (Turkiya), Gemini CAD system (Ruminiya), Polen CAD (Turkiya), Alvanon (Gonkong) korxonalarining Toshkentdagi vakili.
Ilmiy qiziqishlari: Kiyimlarni konstruktsiyalash, Tikuv buyumlarni tikish texnologiyasi Ilmiy yo‘nalish: Tikuv buyumlarini tikish texnologiyasi va kostyum dizayni (05.06.04) Biografiya Toshkent yengil sanoat va to’qimachilik institutining “Yengil sanoat” yo’nalishini tamomlagan. Pedagogik faoliyatini boshlashdan avval yakka tartibdagi tikish sohasida faoliyat yuritgan. 2020-yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Libos dizayni” kafedrasi o’qituvchisi. Rajabova Farog’at kiyimlarni loyihalash va bichishning turli texnikalari bo’yicha tajribaga ega, shu jumladan “Müller & Sohn” konstruktsiyalash usulini dars jarayoniga tadbiq qilish bo’yicha faoliyat olib boradi.
2020 – yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, “Libos dizayni” kafedrasi o’qituvchisi. Pedagogik faoliyatini 2007-yilda boshlagan. Qator ilmiy maqolalar muallifi. “Modellashtirish”, “Tikuv buyumlari texnologiyalari” fanlari o’qituvchisi. Hozirgi vaqtda “Elektron ta’limda Libos dizayni yo’nalishi talabalarining maxsus kompetensiyalarini oshirish” mavzusida ilmiy izlanish olib boradi.
2022 - yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, “Libos dizayni” kafedrasi o’qituvchisi. Yengil sanoat va ishlab chiqarish sohalarida katta tajribaga ega. Turli davrlarda kiyim ishlab chiqarish korxonalarida dizayner lavozimida faoliyat yuritgan. “Kompyuter dizayni” (adobe illustrator, adobe photoshop, corel draw), “Tekstil dizayni”, “Loyihalash” fanlari o’qituvchisi.
Ilmiy qiziqishlari: Tikuvchilik materialshunosligi, Tikuv buyumlari texnologiyasi va ularni modellashtirish Ilmiy yo‘nalish: Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo'yicha) 13.000.02 Biografiya Zaxro Samikova pedagogik faoliyatini 2007 yilda boshlagan. 2021 yildan buyon Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Libos dizayni kafedrasida faoliyat yuritadi. 2005 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bakalavr va 2007 yilda magistr darajasini olgan. Bir qancha ilmiy maqolalar va o`quv qo`llanma muallifi.
Ilmiy qiziqishlari: Libos Dizayni , Tikuv buyumlarini tikish texnologiyasi Ilmiy yo‘nalish: Tikuv buyumlarini tikish texnologiyasi va kostyum dizayni (05.06.04) Biografiya Toshkent yengil sanoat va to’qimachilik institutini “Kostyum Dizayni” yo’nalishi bo’yicha bakalavr (2016-2020), magistratura mutaxassisligini (2020-2022) tamomlagan. Pedagogik faoliyatini Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Libos Dizayni” kafedrasida boshlagan. Saidakrom yakka tartibdagi tikish va nostandart qomatlar uchun libos yaratish bo’yicha katta tajribaga ega. Turli yillarda nufuzli moda namoyishlarida o’z liboslar to’plamlari bilan qatnashgan. Ayni damda Ayni damda, Texnika fanlari bo’yicha Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
2020 – yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, “Libos dizayni” kafedrasi katta o’qituvchisi. Pedagogik faoliyatini 2010-yilda boshlagan. “Sharq” gazetasining “Moda va stil” ruknining yetakchi muallifi. “Libos dizayni”, “Rangshunoslik” fanlari o’qituvchisi. Turli ko’rgazmalar ishtirokchisi. 2020-yilda Xalqaro “Oltin meros” fondi va O’zRFA qoshidagi Milliy arxeologiya markazi ko’magida tashkil etilgan “To’rg’ay”, “Qaldirg’och”, “Oxangaron yulduzlari” Toshkent viloyati folklor ansambllari uchun tarixiy va milliy liboslar eskizlari muallifi.
Ilmiy qiziqishlari: San'atshunoslik (dizayn tarixi va nazariyasi), Libos dizayni va uni ishlab chiqarish texnologiyasi, Moda sotsiologiyasi, Amaliy-dekorativ san'at Ilmiy yo‘nalish: San'atshunoslik. Dizayn nazariyasi va tarixi (17.00.05) Biografiya 1994 yilda Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutini "Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi, konstruksiyasi va modellash"mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan. 2003-2024 yillarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Libos dizayni” kafedrasida o'qituvchi, katta o'qituvchi, dotsent, kafedra mudiri, professor lavozimlarida ishlagan. 2024 yil sentyabr oyidan boshlab Toshkent Kimyo xalqaro universitetining "Libos dizayni" kafedrasida professor vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Feruza Ataxanova dotsent ilmiy unvoniga (2019) va san'atshunoslik fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega (2022). U bir nechta ilmiy maqolalar, darslik va o'quv qo'llanmalari, shuningdek monografiya muallifi. Bundan tashqari, "Dizayn – san'at va fan tutashuvidagi faoliyat sifatida" xalqaro konferensiyasining tashkilotchisi va moderatori hisoblanadi. Erasmus loyihasida faol ishtirok etgan. Malaka oshirish sertifikatlariga ega.
Ilmiy qiziqishlari: Me’morlik, tasviriy va amaliy san’at tarixi va nazariyasi, dizayn, muzeyshunoslik. Ilmiy yo‘nalish: Tasviriy va amaliy bezak san’ati (17.04.00) Biografiya Tasviriy va amaliy bezak san’ati (17.04.00) ixtisosligi bo’yicha San’atshunoslik fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega. Asosiy ilmiy tadqiqot yo’nalishi - 1950-1960 yillar O’zbekiston rangtasviri. 2014-yildan O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida pedаgоgik faoliyatini boshlagan. 2022-yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Libos dizayni” kafedrasida “San’at tarixi”, “Kostyum tarixi” kabi nazariy fanlar bo’yicha faoliyat yuritadi. Ikkita o’quv qo’llanma, yigirmadan oshiq ilmiy maqolalar muallifi. YUNESCO ning O’zbekiston xalq amaliy san’ati va hunarmand ayollarni qo’llab quvvatlash bo’yicha ikkita loyiha muallifi.
Ilmiy qiziqishlari: san’atshunoslik, madaniyatshunoslik, dizayn, muzeologiya. Ilmiy yo‘nalish: San’atshunoslik (17.00.04), О‘zbekiston muzeylarida rangtasvir kolleksiyalari, XX asr haykalatroshligi, О‘zbekiston zamonaviy san’ati Biografiya 2025 yildan buyon Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Libos dizayni” kafedrasining professori. San’atshunoslik fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega. 2007 yildan Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi (sobiq Respublika dizayn kolleji)da pedagogik faoliyatini boshlagan. 2012-yilda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyining “Rossiya va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari san’ati” bo‘limi mudiri. 2017-yildan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga o‘qituvchi lavozimiga qabul qilingan; 2023-yilda dotsent lavozimiga tayinlangan; 2022-2025-yillar davomida “Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritgan. Bitta monografiya, to’rt nafar o‘quv qo‘llanma, ikkita ilmiy patent va qirqqa yaqin ilmiy maqolalar muallifi.
Ilmiy qiziqishlari: Libos dizayni va modellashtirishning zamonaviy usullari, libos dizayni uchun raqamli texnologiyalar (CAD/CAM, 3D modellashtirish), libos dizaynining ergonomikasi va antropometrik tamoyillari, materialshunoslik va innovatsion to'qimachilik tuzilmalari, kiyim ishlab chiqarish uchun dizayn va texnologik jarayonlarni optimallashtirish, funktsional va moslashuvchan kiyimlarni ishlab chiqish, texnik estetika va kostyumlarni shakllantirishga muhandislik yondashuvlari, kostyum dizayni va badiiy loyihalash fanlarini o'qitish usullari, badiiy ta’limda talabalarning ijodiy va dizayn fikrlashini rivojlantirish, badiiy va loyihaga asoslangan ta'limda pedagogik texnologiyalar. Ilmiy yo‘nalish: 13.00.05 – “Pedagogika fanlari” yoʻnalishi boʻyicha “Ijtimoiy-madaniy faoliyat nazariyasi, metodologiyasi va tashkil etilishi”; 5.10.3 – “Ijtimoiy va gumanitar fanlar” yoʻnalishi boʻyicha (“Sanʼat tarixi va madaniyatshunoslik” guruhi) “Sanʼat turlari (Texnik estetika va dizayn)”. Biografiya 2024-yildan buyon Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Libos dizayni” kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritadi. Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega. Tikuvchilik sanoatida muhandis–texnolog–konstruktor sifatida 30 yildan ortiq, pedagogik faoliyatda 12 yillik tajribaga ega. Ilmiy va o‘quv-metodik ishlari umumiy hisobda 52 ta nashrni tashkil etadi: 2 ta monografiya, 3 ta darslik, 3 ta o‘quv-metodik qo‘llanma hamda OAK tomonidan tavsiya etilgan va Ilmiy iqtiboslar indeksi (RSCI) bazasiga kiritilgan jurnallarda chop etilgan 44 ta ilmiy maqola muallifi.