Maxsus pedagogika barkamol shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega, chunki rivojlanishida turli xususiyatlarga ega bo‘lgan bolalarni erta yoshdan qo‘llab-quvvatlash ularning keyingi hayot sifatini belgilaydi. Maxsus pedagogika sohasi nogironligi bo‘lgan, rivojlanishida nuqsonlar kuzatilgan yoki individual yondashuvni talab qiladigan bolalar bilan samarali ishlashga qaratilgan bo‘lib, bu yo‘nalishda malakali mutaxassislar tayyorlash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda Toshkent xalqaro Kimyo universitetida 2022–2023 o‘quv yilida “Maxsus pedagogika” bakalavriat yo‘nalishi ochildi. Bu yo‘nalish doirasida ehtiyojga ega bolalarning individual rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil eta oladigan, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni qo‘llay oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
Kafedrada o‘qitilayotgan fanlarning o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti malaka talablariga moslanganligi bilan bir qatorda, jahon yetakchi pedagogik universitetlari standartlari va ilg‘or tajribasi asosida boyitilgan. Mashg‘ulotlar mobaynida talabalarda bo‘lajak kasblariga muhabbat uyg‘otish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar 25,52,57,66,37,33,36,87,103,105,199 sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar Olmazor tumani 106-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan kar va zaif eshitadigan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar Yashnobod tumani 77-sonli “Nurli maskan” maktab-internat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar Yunusobod tumani 480,442,560,404,431,322-sonli ko`p tarmoqli maktabgacha ta`lim tashkilotlarida tajriba-tadqiqot maydonchalarida kasb bilan tanishish imkoniyati yaratiladi. Ular bilan o‘zaro kelishuv asosida “Mahorat darslari”, ochiq darslar o‘tkaziladi va talabalarning pedagogik amaliyoti tashkil etiladi. 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab kafedrada “Logopediya” yo’nalishi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Ilmiy qiziqishlari: Maxsus pedagogika, Inklyuziv ta'lim Ilmiy yo‘nalish: Maxsus pedagogika (13.00.03) Biografiya 2005-2009 yillar davomida Yakkasaroy tumanidagi 48-umumta’lim maktabida logoped lavozimida ishlagan. 2009-2015 yillar davomida Toshkent Davlat Pedagogika Universitetining Maxsus ta’lim metodikalari kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 2015-2017 yillar davomida Toshkent Davlat Pedagogika Universitetining Maxsus pedagogika ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti. 2019-2022 yy. - Toshkent davlat pedagogika universiteti “Oligofrenopedagogika” kafedrasi dots.nti vazifasini bajaruvchi 2022-2023- yy. Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi dots.nti vazifasini bajaruvchi 2022 yildan Maxsus pedagogika bakalavriyat yo‘nalishi ochilishiga, 2024 yil Logopediyaning magistratur yo‘nalishi ochilishi va o‘quv meyoriy hujjatlarini rasmiylashtirishga o‘z hissanini qo‘shib kelmoqda 2016-2017 yillar davomida Fan va texnologiya agentligining YOA-1-001 «Maktabgacha va maktab yoshidagi murakkab nuqsonli bolalarning differinsial ta’lim-tarbiya texnologiyasi» mavzusidagi amaliy loyiha rahbari. Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2019-2020 yillarda amalga oshirilgan “Ijtimoiy ximoyaga muhtoj bolalar va ularning oilalariga Qashqadaryo, Buxoro, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri misolida manzilli majmuaviy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi PZ-2010928428-raqamli ilmiy loyihada katta ilmiy xodim sifatida ishtirok etgan
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Institutini Maxsus Pedagogika Surdopedagogika yo'nalishi tugatgan. Umumiy ish staji 30yil. Oliy o'quv yurtlaridagi ilmiy pedagogik staji 23 yil. 10 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalarni muallifi, 20 dan ortiq OAK tasarrufidagi ilmiy maqola 80 dan ortiq xalqaro va respublika konferentsiyalaridagi maqola va tezislar chop etgan. 2021 йилда Дотцент илмий унвонига эга бўлган.2022 yilda “Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar oilasini korreksion-pedagogik yordamga jalb etish texnologiyalari” mavzusi yuzasidan 13.00.03 Maxsus pedagogika, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Maxsus pedagogika yo‘nalishida, “Maxsus pedagogika”, “Rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar diagnostikasi”, “Korreksion pedagogika” “ Tasviriy san’at va texnologiya”kabi fanlaridan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini olib boryapti.Universitetning jamoa ishlarida ham faol qatnashib, kafedra faoliyatida ilmiy va ma'naviy-marifiy ishlarni amalga oshirishda faol faoliyat olib bormoqda. Ta’labalarni ilmiy izlanishlarida va ilmiy maqolalar yozishida potentsialini ochishga yordam beruvchi va talabalarni o'qishlarida qo'llab-quvvatlab ish yuritadi.
Ilmiy qiziqishlari: Maxsus pedagogika, Inklyuziv ta’lim Ilmiy yo‘nalish: Maxsus pedagogika (13.00.03) Biografiya 2019-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini “Defektologiya” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2021-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakultetida magistratura bosqichini tamomlagan. 2022-yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadi. 2022-yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Surdopedagogika va inklyuziv ta’lim” kafedrasi doktoranti. Respublika miqyosidagi konferensiyalarda 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etgan. 2024-yilda “Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasi” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
Ilmiy qiziqishlari: Nutqida nuqsoni bor bolalarga korreksion yordam ko’rsatish, aqli zaif bolalar bilish jarayonlari ustida ish olib borish Ilmiy yo‘nalish: Oligofreopedagog Biografiya 2023-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Maxsus pedagogika Oligofrenopedagogika yo’nalishi magistranturasini tugatgan. Magistrlik ishi mavzusi “Ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabda aqli zaif o’quvchilarni ijtimoiy maishiy hayotga tayyorlash”. 2022-yildan boshlab 25-Alohida yordamga muhtoj o’quvchilar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda o’qitvchi, 2023-yildan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetida o’qituvchi bo’lib ishlagan. Umumiy ish staji 5 yil. Oliy o’quv yurtlaridagi ilmiy pedagogik staji 1 yil. 4 ta ilmiy maqola va respublika konferentsiyalaridagi maqola va tezislar chop etgan.
Ilmiy qiziqishlari: Maxsus pedagogika. Logopediya. Surdopedagogika. Oligofrenopedagogika. Tiflopedagogika. Nutq kamchiliklarini bartaraf etish. Imkoniyati cheklangan bolalar sotsial adaptatsiyasi. Oila psixologiyasi. Ong va nutq. Imkoniyati cheklangan bolalarning o‘qish jarayoniga ijtimoiy moslashtirish. Ilmiy yo‘nalish: Maxsus Pedagogika ( Logopediya) Biografiya 2023- yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Maxsus Pedagogika Logopediya yo'nalishi magistranturasini tugatgan. Magistrlik ishi mavzusi: "Формирование графо-моторных навыков у старших дошкольников со стертой дизартрией". Umumiy ish staji 5yil. Oliy o'quv yurtlaridagi ilmiy pedagogik staji 3 yil. O'zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta'sis etilgan Navoiy Davlat stipendiyasi 2020-2021 - o'quv yilgi tanlovi g'olibi. 6ta ilmiy maqola 38ta xalqaro va respublika konferentsiyalaridagi maqola va tezislar chop etgan.
«Xushnavosan Navro‘zim» nomli ma’naviy – ma’rifiy tadbir
2025 - yilning 26-mart kuni “Maxsus pedagogika” kafedrasi dotsenti M.Xamidova tomonidan Maxsus Pedagogika yo‘nalishi SPD-1,2,3-bosqich talabalari ishtirokida «Ezgulik va birdamlik ramzi» shiori ostida Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan «Xushnavosan Navro‘zim» nomli tadbiri tashkil etildi. Tadbirni Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti rektori K.B.Axmedjanov kirish so‘zi bilan ochib, kechaga yig‘ilgan barcha professor-o‘qituvchilar va magistrantlarni ushbu kecha bilan tabriklab o‘tdi.
“Bizning imkoniyatlarimiz cheksiz” ma’naviy – ma’rifiy tadbir
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirni Maxsus pedagogika yo’nalishi SPD-71,72,73,74-guruh talabalari o‘zlari tayyorlagan tadbir,saxna ko’rinishlari,she’rlari va sho’x qo’shiqlar-u maftunkor raqslarini namoyish etishdi. Tadbirda boshlovchi va talabalar “3-dekabr xalqaro nogiron insonlarni himoya qilish kuni” Respublika miqyosida keng nishonlanishi, universitetimiz o’qituvchi va talabalari “Bizning imkoniyatlarimiz cheksiz” nomli tadbirida ustozlarga bo’lgan e’tibor qanchalik kuchli ekanligi haqida ma’ruza qilishdi. Respublikamizdagi bo‘lajak pedagoglarga berilayotgan bilimlarni keng e’tibor va shart-sharoitlar haqida keng tushuncha berib o‘tishdi. Buni she‘rlari, sahna ko‘rinishlari orqali ifoda eta olishdi.
“Olam ko’zgusi aziz ustozim” ma’naviy – ma’rifiy tadbir
2024 - yilning 1-oktabr kuni “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsenti M.Xamidova tomonidan Maxsus Pedagogika yo’nalishi SPD-71,72,73,74-guruh talabalari ishtirokida “1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni”ga bag’ishlangan “Olam ko‘zgusi aziz ustozim” mavzusida tadbiri tashkil etildi. Tadbirni “Maktabgacha va boshlang‘ich ta‘lim metodikasi” kafedrasi dotsenti M.Xamidova kirish so‘zi bilan ochib, kechaga yig‘ilgan barcha professor-o‘qituvchilar va magistrantlarni ushbu kecha bilan tabriklab o’tdi. Respublikamizdagi bo‘lajak pedagoglarga berilayotgan bilimlarni keng e’tibor va shart-sharoitlar haqida keng tushuncha berib o‘tishdi. Buni she‘rlari, sahna ko‘rinishlari orqali ifoda eta olishdi.
«2-aprel Xalqaro Autizm sindromi to’g’risida ma’lumot tarqatish kuni» nomli ma’naviy – ma’rifiy tadbir
2025 - yilning 9-aprel kuni “Maxsus pedagogika” kafedrasi dotsentlari: N.Musayeva, M.Xamidova, N.Azimova, o‘qituvchilar I.Ismoilova, X.Usmonova va hamda Logopediya 1- bosqich yo’nalishi MSPD-4R magistrantlari ishtirokida «2aprel Xalqaro Autizm sindromi to’g’risida ma’lumot tarqatish kuni» nomli ma’naviy – ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti “Maxsus pedagogika” kafedrasi N.S. Musayeva kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilgan barcha professor-o‘qituvchilar va magistrantlarni ushbu kecha bilan tabriklab o‘tdi.