• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

“Pedagogika va Psixologiya” kafedrasi

Qisqacha tarix
Pedagogika va psixologiya kafedrasi 2021 yilda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasidan ajralib chiqishi natijasida tashkil etilgan (avvalgi Yodju Texnik instituti, Toshkent; hozirgi Toshkent Xalqaro Kimyo Universiteti).
Kafedraning ilk mudiri – dots.nt Nasiba Xolyigitova Xabibullayevna.

Bugungi kunda kafedra “Ta’lim” maktabining tarkibiy qismi sifatida faoliyat yuritadi va quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlaridan dars beradi:

Bakalavriat – Psixologiya, Maktabgacha ta’lim, Boshlang‘ich ta’lim, Maxsus pedagogika (defektologiya), Koreis tili filologiyasi, Kiyim dizayni, Kosmik texnologiyalar

Magistratura – Boshlang‘ich ta’lim (ta’lim nazariyasi va metodologiyasi), Maktabgacha ta’lim (ta’lim nazariyasi va metodologiyasi)

2024 yildan kafedra ta’lim dasturlarini kengaytirdi va yangi “Psixologiya” (bakalavriat) hamda “Ijtimoiy psixologiya” (magistratura) yo‘nalishlarini ochdi. Bu yo‘nalishlar sog‘lom psixika, ta’lim va ijtimoiy ish sohalarida mutaxassislar tayyorlash va ilmiy-amaliy hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Magistratura yo‘nalishlari:

  • Psixologiya (psixologik maslahat va psixokorreksiya)
  • Boshlang‘ich ta’lim (ta’lim nazariyasi va metodologiyasi)
  • Maktabgacha ta’lim (ta’lim nazariyasi va metodologiyasi)

Tayyorlanadigan mutaxassislar
Kafedra pedagogika va psixologiya sohasida quyidagi yo‘nalishlarda ishlay oladigan mutaxassislarni tayyorlaydi:

  • Umumiy ta’lim tizimida
  • Maktabgacha ta’lim muassasalarida
  • Psixologik maslahat va psixokorreksiya markazlarida
  • Deviant xulq-atvorni oldini olish va tuzatish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda
  • HR, trening va kadrlar salohiyatini rivojlantirish sohasida
  • Ilmiy-tadqiqot institutlari va xalqaro ta’lim loyihalarida

“Psixologiya” yo‘nalishi bitiruvchilari quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi:

  • Psixologik diagnostika
  • Individual va guruh maslahati
  • Psixoprofilaktika va psixokorreksiya
  • Ta’lim va ijtimoiy loyihalarni hamrohlik qilish

Kafedraning missiyasi
Kafedraning missiyasi – zamonaviy bilimlarga, ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalari, yuqori kasbiy etikaga ega bo‘lgan, global o‘zgarishlar va talablarga samarali javob bera oladigan yuqori malakali pedagog hamda psixologlarni tayyorlash.

Fanlar
Professor-o‘qituvchilar tarkibi kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllarida tahsil oluvchi talabalarni kelgusidagi kasbiga mehr qo‘yishga ilhomlantiradi. Milliy vatandoshlik g‘oyasini singdirish, bilim darajasini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ilg‘or o‘qitish usullarini joriy etish orqali ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish yo‘llarini izlaydi.

Ilmiy-tadqiqot ishlari
Kafedra quyidagi yo‘nalishlarda tadqiqotlar olib boradi:

  • Rivojlanish va ta’lim psixologiyasi
  • Shaxsning emotsional farovonligi va ruhiy salomatligi
  • Boshlang‘ich va maktabgacha ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar
  • Kasbiy faoliyat psixologiyasi

Tadqiqot natijalari milliy va xalqaro jurnallarda chop etiladi, konferensiyalarda taqdim etiladi hamda ta’lim jarayoniga joriy etiladi.

Hamkorlik
Kafedra quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi:

  • 300-maktab (Toshkent sh.)
  • VOSIQ International School and Kindergarten
  • Leader School
  • Ruhiy sog‘liq sohasida faoliyat yurituvchi psixologik markazlar va NNTlar
  • Xorijiy universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlari (akademik mobillik dasturlari va qo‘shma tadqiqotlar)

Ma’naviy-ma’rifiy ish
Kafedra talabalarning ma’naviy va madaniy qadriyatlarini shakllantirishda faol:

  • Psixologiya va ta’lim masalalariga bag‘ishlangan tematik uchrashuvlar
  • Madaniy-ma’rifiy tadbirlar, aksiyalar va fleshmoblar
  • Professor o‘qituvchilar va talabalar uchun psixologik treninglar
  • Psixologik va pedagogik yordam ko‘rsatish bo‘yicha volontyorlik loyihalari
  • Yoshlarda bag‘rikenglik, madaniyatlararo muloqot va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish


Aloqa
Ichki telefon raqami: (220)

Xolyigitova Nasiba Xabibullayevna
Xolyigitova Nasiba Xabibullayevna
Kafedra Mudiri

Kafedra mudiri, psixologiya fanlari nomzodi. 2020-yildan buyon Toshkent Xalqaro Kimyo Universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasini boshqarib kelmoqda. 2005-yilda “O‘quvchilardagi kasb motivlari barqarorligiga guruhiy jipslikning ta’siri” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy qiziqishlari ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya va kasbiy motivatsiya masalalariga qaratilgan. 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, jumladan 1 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta uslubiy qo‘llanma, 18 ta ilmiy maqola va 69 ta xalqaro hamda respublika konferensiya tezislari. O‘qitadigan fanlari: General Psychology Basics of General Psychology Developmental Psychology Psychology of Professional Activity 2024-yilda WSB Merito University (Varshava)da malaka oshirish kurslarini tamomlagan.

Shirinov Muzaffar Kucharovich
Shirinov Muzaffar Kucharovich
Professor

Professor, pedagogika fanlari bo‘yicha PhD 2021-yildan buyon Toshkent Xalqaro Kimyo Universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritmoqda. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Uning ilmiy izlanishlari umumiy pedagogika nazariyasi, boshlang‘ich ta’lim metodikasi va ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish masalalariga qaratilgan. 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, shuningdek “Umumiy pedagogika” va “Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi” darsliklari muallifi. O‘qitadigan fanlari: Introduction to the Theory of Primary Education The Theory of General Pedagogy The History of General Pedagogy Methods of Natural Sciences and Their Teaching 2024-yilda **Yellow River Conservancy Institute, Kaifeng (Xitoy)**da malaka oshirish kurslarini tamomlagan.

Turayeva Dilafruz Rustamboyevna
Turayeva Dilafruz Rustamboyevna
Professor

Professor, psixologiya fanlari bo‘yicha PhD 2021-yildan buyon Toshkent Xalqaro Kimyo Universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritmoqda. Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Ilmiy izlanishlari ijtimoiy psixologiya va etnopsixologiya masalalariga qaratilgan. U psixologiya sohasida bir qator kitoblar, o‘quv qo‘llanmalar va uslubiy tavsiyalar muallifi bo‘lib, xorijiy va mahalliy OAK jurnallarida 50 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. O‘qitadigan fanlari: Basics of Psychology General Psychology Psychology and Psychodiagnostics of Children Pedagogical Competence 2024-yilda WSB Merito University (Varshava)da malaka oshirish kurslarini tamomlagan.

Salmanova Tamila Xikmatovna
Salmanova Tamila Xikmatovna
Katta o'qituvchi

2021-yildan buyon Toshkent Xalqaro Kimyo Universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Ilmiy izlanishlari yosh va pedagogik psixologiya masalalariga qaratilgan. 2025-yilda psixologiyaga oid o‘quv qo‘llanma chop etgan va 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. O‘qitadigan fanlari: General Psychology History of Pedagogy Creative Pedagogy Family Pedagogy 2024-yilda WSB Merito University (Varshava)da malaka oshirish kurslarini tamomlagan.

Avezova Rohila Ro’zimboyevna
Avezova Rohila Ro’zimboyevna
Katta o'qituvchi

2020-yildan buyon Toshkent Xalqaro Kimyo Universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritmoqda. 2022-yildan “Innovatsion ta’lim muhitini rivojlantirishda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining boshqaruv kompetentligini takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Pedagogika yo‘nalishida 25 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, shuningdek bir qator o‘quv qo‘llanmalar muallifi. Ilmiy faoliyati: 2022 yildan “Innovatsion ta’lim muhitini rivojlantirishda bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining boshqaruv kompetentligini takomillashtirish” mavzusida pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun universitetda mustaqil tadqiqotchi sifatida faoliyat olib boradi. 13.00.07 – Та’limda menejment. O‘qitadigan fanlari: General Pedagogy Creative Pedagogy Preschool Pedagogy 2025-yilda **Yellow River Conservancy Institute (Kaifeng, China)**da malaka oshirish kurslarini tamomlagan.

Akramov Mirmuxsin Rustamovich
Akramov Mirmuxsin Rustamovich
Professor

Professor, psixologiya fanlari doktori 2024-yildan buyon Toshkent Xalqaro Kimyo Universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritmoqda. Psixologiya fanlari bo‘yicha PhD. Ilmiy qiziqishlari: ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya, shaxsda ekologik ong shakllanishining psixologik mexanizmlari. Magistratura yo‘nalishida quyidagi fanlardan dars beradi: • Psychological Service and Psychocorrection U 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi bo‘lib, ilmiy faoliyati psixologiya sohasidagi dolzarb masalalarni yoritishga qaratilgan.

Пўлат Эргашев
Пўлат Эргашев
Professor

2024-yildan buyon Toshkent Xalqaro Kimyo Universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritmoqda. U psixologiya fanlari bo‘yicha nomzod va doktor ilmiy darajalariga ega bo‘lib, ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya va ekologik ong shakllanishining psixologik mexanizmlari sohalarida yirik tadqiqotlar olib bormoqda. 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, psixologiya sohasida taniqli olim sifatida e’tirof etilgan. Magistratura yo‘nalishida o‘qitadigan fanlari: General Psychology Conflictology A Modern Person Psychology Tajribasi, ilmiy faoliyati va nufuzli ilmiy nashrlardagi maqolalari uni kafedraning eng yetakchi professorlaridan biri etib ko‘rsatadi.

Fayruza Solihdjanovna Ismagilova
Fayruza Solihdjanovna Ismagilova
Professor

1977-yilda Moskva davlat universiteti M.V. Lomonosov nomidagi Psixologiya fakultetini tamomlagan. 1987-yilda Leningrad davlat universitetida psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000-yilda Moskva davlat universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2001-yildan professor unvoniga ega (Umumiy psixologiya va shaxsiyat psixologiyasi). 2023-yildan Toshkent Xalqaro Kimyo Universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi akademiyasida faoliyat yuritmoqda. 2005–2020-yillarda Ural Federal Universitetida psixologiya professori bo‘lgan. SCOPUS va WoS jurnallarining tahririy kengashi a’zosi, xalqaro ilmiy konferensiyalar qo‘mitasi a’zosi, 8 ta ilmiy grant sohibi. O‘qitadigan fanlari: Psychology and Psychodiagnostics of Children General Psychology Psychology of Primary Education Psychology of Management in Primary Education 18 ta indeksatsiyalangan nashr muallifi (SCOPUS, WoS), shuningdek Fransiya, Buyuk Britaniya, Bolgariya va Sloveniya tadqiqotchilari bilan hamkorlikda ilmiy loyihalar muallifi.

Maratov Temur
Maratov Temur
Professor

2021-yildan buyon Toshkent Xalqaro Kimyo Universitetida faoliyat yuritmoqda. U O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bakalavr va magistr darajalarini olgan, 2020–2023-yillarda tayanch doktoranturada tahsil olgan. 2025-yilda nomzodlik (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Psixologiya yo‘nalishida ko‘plab ilmiy maqolalar chop etgan, 2025-yilda hammualliflikda psixologiyaga oid o‘quv qo‘llanma nashr etgan. O‘qitadigan fanlari: Psychology and Psychodiagnostics of Children Psychology of Management in Primary Education Basics of General Psychology 2025-yilda **Yellow River Conservancy Institute (Kaifeng, China)**da malaka oshirish kursini tamomlagan.

Kalanxodjayeva Shafoat
Kalanxodjayeva Shafoat
O'qituvchi

2022-yildan buyon Toshkent Xalqaro Kimyo Universitetida pedagogik faoliyat yuritmoqda. Ilmiy faoliyati yoshlar psixologiyasi va ta’lim psixologiyasi masalalariga qaratilgan. 2025-yilda hammualliflikda psixologiya bo‘yicha o‘quv qo‘llanma chop etgan. 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Hozirda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy ish olib bormoqda. O‘qitadigan fanlari: • Management of Primary Education • General Psychology • Creative Pedagogy

Kubaev Mar’uf
Kubaev Mar’uf
Katta o'qituvchi

2022-yildan buyon Toshkent Xalqaro Kimyo Universitetida faoliyat yuritmoqda. Ilmiy faoliyati ta’lim psixologiyasi va pedagogika masalalariga qaratilgan. U hammualliflikda o‘quv qo‘llanma chop etgan hamda bir qator ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. Kafedrada ko‘plab madaniy tadbirlar tashkilotchisi sifatida faoliyat yuritadi. Hozirda ilmiy izlanish olib borib, nomzodlik (PhD) dissertatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘qitadigan fanlari: Pedagogical Conflictology Psychology and Psychodiagnostics of Children Pedagogical Competence 2025-yilda **Yellow River Conservancy Institute (Kaifeng, China)**da malaka oshirish kursini tamomlagan.

Click to link to download - include a link to the PDF!

  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram