• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

Pediatrik fanlari kafedrasi

Pediatrik fanlari kafedrasi 2025-yilda tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida universitetning akademik hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi va uning ajralmas bo‘lagiga aylandi. Kafedraga tibbiyot fanlari doktori, dotsent Mavlyanov Sarvar Iskandarovich rahbarlik qilib kelmoqda. U katta pedagogik mahorat, ilmiy salohiyat va klinik-amaliy tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis sifatida kafedraning ilmiy va ta’limiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shmoqda.
Bugungi kunda kafedra **“Tibbiyot maktabi”**ning tarkibiy bo‘linmasi sifatida faoliyat olib borib, “Davolash ishi”, “Stomatologiya” hamda “Hamshiralik ishi” yo‘nalishlari talabalariga chuqurlashtirilgan ta’lim beradi. Dars jarayonlari zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ilg‘or ilmiy yondashuvlar va amaliy klinik tajribalar asosida, xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq tashkil etiladi.
Pediatriya tibbiyotning eng dolzarb va jadal rivojlanayotgan sohalaridan biri bo‘lib, u ilm-fan, texnologiya va insonparvarlik tamoyillari tutashgan nuqtada shakllanadi. Ushbu fan mutaxassisdan nafaqat yuqori kasbiy tayyorgarlik va klinik tafakkurni, balki doimiy professional rivojlanish, ijodiy yondashuv va axloqiy mas’uliyatni ham talab qiladi. Zamonaviy tibbiyotdagi yangi texnologiyalar, innovatsion diagnostika va davolash usullarining joriy etilishi pediatriyaning sog‘liqni saqlash tizimidagi rolini yanada orttirib bormoqda.
Kafedraning missiyasi — zamonaviy tibbiyotning dolzarb vazifalarini samarali hal qila oladigan, pediatriya fanini rivojlantirishga va amaliyotga joriy etishga hissa qo‘sha oladigan, professional, kompetent hamda yuqori axloqiy fazilatlarga ega shifokorlarni tayyorlashdan iborat.
Kafedraning asosiy vazifalari:

  • Tibbiyot talabalari uchun pediatriya fanlaridan yuqori sifatli ta’lim berish;
  • Innovatsion ta’lim dasturlari, metodikalar va interaktiv o‘qitish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
  • Pediatriya sohasida dolzarb bo‘lgan ilmiy tadqiqotlar olib borish va ularning amaliyotga joriy etilishiga ko‘maklashish;
  • O‘qituvchilar malakasini oshirish, yosh kadrlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish;
  • Talabalarni kafedraning ilmiy, ta’limiy va ma’naviy-ma’rifiy hayotiga faol jalb etish.

Kafedra talabalarning tashabbus va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlaydi, muntazam ravishda olimpiadalar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, treninglar va mahorat darslarini tashkil etadi. Ushbu tadbirlar nafaqat talabalarning nazariy bilimlari va klinik ko‘nikmalarini mustahkamlaydi, balki ularda liderlik fazilatlari, jamoada ishlash mahorati va professional muammolarni samarali hal qilishga tayyorlikni ham shakllantiradi.
Bundan tashqari, kafedra talabalari ijtimoiy, ilmiy-ma’rifiy va madaniy loyihalarda faol ishtirok etib, tibbiyot hamjamiyatining rivojlanishi hamda ilm-fan, ta’lim va jamiyat o‘rtasidagi uzviy aloqalarning mustahkamlanishiga hissa qo‘shadilar.
Pediatrik fanlari kafedrasi — bu an’ana va innovatsiyalar uyg‘unlashgan, yosh avlod uchun akademik va ilmiy o‘sish maydoni hisoblanadi. Bu yerda talabalar nafaqat zamonaviy bilim va klinik ko‘nikmalarni egallaydilar, balki tibbiyotning eng mas’uliyatli va sharafli yo‘nalishlaridan biri — pediatriya sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun puxta tayyorgarlik ko‘radilar.

Sarvar Mavlyanov
Sarvar Mavlyanov
Kafedra Mudiri

Ilmiy qiziqishlari: Tibbiyot, Ichki kasalliklar, Farmakologiya, Genetika Ilmiy yo‘nalish: Ichki kasalliklar (14.00.05) Biografiya 2009 va 2012 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasida umumiy amaliyot shifikori bo‘yicha bakalavr va Toshkent tibbiyot akademiyasida oilaviy tibbiyot bo‘yicha magistr darajasini olgan. 2023 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. 2021-yilda Toshkent davlat stomatologiya institutida dotsenti unvonini oldi. Tibbiyot yo’nalishi bo’yicha fan doktori (DSc). Ilmiy yo’nalishining mavzusi “Ichki kasalliklar amaliyotida farmakoterapiyaga tarafdorlik muammolari va uning neyropsixologik va genetik jihatlari”. 2 ta monografiya, 4 o’quv qollanma, 2 ta DGU va 45 ta ilmiy maqolalar muallifi.

Nematulla Komilov
Nematulla Komilov
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Yuqumli va yuqumsiz kasalliklar epidemiologiyasi. Yuqumli kasalliklar tashxisoti, klinik korinishlsri va davolash usullari. Gepartologiya. Ilmiy yo‘nalish: Epidemiologiya (14.00.30) va Yuqumli kasalliklar (14.00.10) Biografiya 1993 yildan Surxondaryo viloyati yuqumli kasalliklar shfoxonasida ish faoliyatini boshlagan. 1997-2008 yillada OzR SSV Virusologiya IlTI da ishlagan. Yuqumli kasalliklar boyicha PhD. 2008 yildan 2010 yilgacha OzR SSV karantin va ota xafli yuqumli kasalliklar profilaktika Markazida tibbiyot xodimlarini ota xavfli yuqumli kasalliklar boyich maxsus oquv kursi boshligi lavozimida ishlagan. U 50 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar muallifi. Epidemiologyadan DsC muallifi. Epidemiologiya, virusologiya va yuqumli kasalliklar boyicha bir qancha shu jumladan xorijiy ilmiy loyihalarning faol ishtirokchisi.

Saodat Ulmasova
Saodat Ulmasova
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari va epidemiologiya. Ilmiy yo‘nalish: Yuqumli kasalliklar (14.00.10) va Epidemiologiya (14.00.30) Biografiya 2025 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Tibbiyot fanlari doktori (DSc), Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tibbiy-pedogogika yo’nalishi bo’yicha bakalavr va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar mutaxassisligi bo‘yicha klinik-ordinator darajasi. Bir qancha o’quv-qo’llanma, monografiya va ilmiy maqolalar muallifi. 2012-2025 yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot institute Yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasida ishlagan.

Batirjon Mavlyanov
Batirjon Mavlyanov
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Klinik farmakologiya, Stomatologiya. Ilmiy yo‘nalish: Farmakologiya (140007) Biografiya 02.08.1985 "TOSHKENT DAVLAT TIBBBIYOT INSTITUTI" ni tugallab SAMARQAND VILOYAT STOMATOLOGIK shifoxonasida shifokor-intern lavozimida ish boshlagan.. 13.10.1987 da Toshkent stomatologik shifoxonida shifokor – stomatolog lavozimida ishlagan. 21.11.1988 TOSH.TIBB.AKADEM.BIR.KLINIKASI da, keyinchalik 16.11.1990 TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI (ТАШГОСМИ-2) da kichik ilmiy xodim bo’lib ishlagan .1992-yilda ilmiy dissertatsiyani muvoffaqiyatli bilan yoqlab tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy unvoniga erishgan. 10.09.1993 TOSH.TIBB.AKADEM.BIR.KLINIKASI da assistant lavozimida ishlagan. 16.11.1998 dan "RESPUBLIKA IXTISOSLASHTIRILGAN DERMATOVENEROLOGIYA VA KOSMETOLOGIYA ILMIY-AMALIY TIBBIYOT MARKAZI" da Katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat ko’rsatgan. 10.07.2004 dan hozirgacha "FARMATSEVTIKA MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI MARKAZI" davlat muassasida bosh mutaxassis lavozimida ishlagan.

Feruza Nazarova
Feruza Nazarova
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Klinik tadqiqotlar, dalillarga asoslangan tibbiyot (ESC, ACC, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, JSST), fanlararo yondashuv (gepatologiya, onkologiya, yuqumli kasalliklar) Ilmiy yo‘nalish: Yuqumli kasalliklar (14.00.10) Biografiya 2015 yilda Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida katta ilmiy xodim lavozimida ish boshladi. 2017-yildan Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti ambulatoriyasida yuqumli kasalliklar fanlari nomzodi lavozimida ishlagan. Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti-II “Umumiy amaliyot shifokori” tibbiyot ishi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat, yuqumli kasalliklar bo‘yicha klinik ordinator darajasiga ega. U bir nechta ilmiy maqolalar va kompyuter dasturlari ixtirolari muallifi. U SDS loyihasida faol ishtirok etadi.

Ravshan Olmosov
Ravshan Olmosov
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Kognitiv buzuilishlar, surunkali bosh miya ishemiyasi, uyqu buzilishlari, zo‘riqish bosh og‘rig‘i, biologik teskari aloqa terapiyasi, neyropsixologik testlash, teletibbiyot, nevrologiyada sun’iy intellekt Ilmiy yo‘nalish: Nevrologiya (14.00.13) Biografiya 2025 yildan boshlab Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ishlay boshlagan. 2025 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Toshkent tibbiyot akademiyasida bakalavr va nevrologiya bo‘yicha magistr darajalariga ega. Uning dissertatsiya mavzusi: “Surunkali bosh miya ishemiyasida uyqu buzilishining kognitiv faoliyatga ta’siri va uning korreksiyalash”. U ilmiy maqolalar, uslubiy tavsiyalar va o‘quv materiallari muallifi, xalqaro konferensiyalar va ilmiy loyihalarda faol ishtirok etadi. Uning ilmiy qiziqishlari qatoriga kognitiv buzuilishlar, surunkali bosh miya ishemiyasi, uyqu buzilishlari, zo‘riqish bosh og‘rig‘i, biologik teskari aloqa terapiyasi, neyropsixologik testlash, telemetibbiyot va nevrologiyada sun’iy intellekt kiradi.

Axmedova Zuxraxon
Axmedova Zuxraxon
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Bolalar va kattalardagi autoimmune holatlar, Aplastik anemiya kelib chiqishida autoimmun holatlarning ahamiyati, Genlar polimorfizmlarining immun holatlarga tasiri, Gemopoetik buzilishlarga olib keluvchi genetik omillar, kasallikni tashxislash va davolashda genlar darajasidagi yondashuvlar. Ilmiy yo‘nalish: “Gematologiya va transfuziologiya” (14.00.29), “Tibbiy genetika” (14.00.20) Biografiya 2019-2020-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali tibbiy biologiya va mikrobiologiya kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritgan. 06.09.2021 dan 14.12.2021 gacha 504 kredit "1.27.- Klinik laborator diagnostika" mutaxassisligining kodi bo'yicha ixtisoslik 2 kursini muvaffaqiyatli tugatdi. 2022-2024 yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan Gematologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Gematologiya va transfuziologiya, Tibbiy genetika yoʻnalishlarida tayanch doktoranti. 2023 yilda “Gematologiya va transfuziologiya” mutaxassisligi bo’yicha qayta tayyorlash kursini o’tadi. 2023-2024 yillarda Bolalar Gematologiyasi Onkologiyasi va Klinik immunologiyasi markazida navbatchi gematolog lavozimida faoliyat yuritgan. 2025 yil hozirgi vaqtgacha - Respublika ixtisoslashtirilgan Gematologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazi kichik ilmiy xodimi bo`lgan.

Click to link to download - include a link to the PDF!

  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram