Bo‘lajak tarixchi mutaxassis tayyorlash. O‘zbekiston va jahon tarixining asosiy voqealarini ilmiy, nazariy jihatdan bilish, mushohada va tahlil qila olishga yo‘naltirilgan fanlarni o‘qitish orqali, tarix fanining nazariy va uslubiy bilim, ko‘nikma, malaka va kasbiy kompitensiyalarini shakllantirish.
Tarix yo‘nalishida o‘qitishning samaradorligini oshirish, talabalar ilmiy saviyasini ko‘tarish maqsadida quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi:
Dastur maqsadi
“Tarix” taʼlim yunalishining maqsadlari quyidagilardan iborat: tahsil olayotgan talabalarning oʼzlari tanlagan yoʼnalish boʼyicha sifatli taʼlim olishlari uchun yetarli oʼkuv-uslubiy baza yaratish, mikrotarix syujetlari va makrotarix davrlarini aniqlashtirish hamda uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish, tarix yaratuvchilari, qadimgi va yangi davr xaritalarini qiyoslagan holda maʼruza matnlari tayyorlash, innovatsion va kreativ tarixchi olimlar bilan real hamkorlik qilish, yoʼnalish talabalarining tarbiyaviy ish sohasini mukammal egallashlariga alohida eʼtibor qaratish va bu boradagi ishlarni rejali amalga oshirishga qaratilgan.
Natija
"Tarix" taʼlimi yoʼnalishi bitiruvchilari xususiy, davlat va xalqaro taʼlim muassasalarida, taʼlimning boshqaruv organlarida, ilmiy-maʼrifiy, tadqiqot institutlarida, muzey va arxivlarda, nodavlat va notijorat tashkilotlarda, xususan, siyosiy partiyalarda foaliyat olib borishlari mumkin.
Kafedraning ichki raqami: ( - )
Tarix fanlari doktori (2024), professor (2023). A.T.Zamonov 2013-yilda Xalq ta’limi vazirligining “O'zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. O‘zbekiston tarixi ixtisosligi mutaxassisi. O'zbekistonning o'rta asr davlatchiligi tarixiga oid tadqiqotlar olib boradi. 2022-yilning 16-avgustidan Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Tarix” kafedrasi mudiri lavozimiga ishlab kelmoqda. A.T.Zamonov bugunga qadar 7 ta monografiya, 10 ga yaqin risola, 100 dan ortiq ilmiy, ilmiy-metodik ishlar, jumladan 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, shuningdek, o‘quv-uslubiy yo‘nalishda ham 40 ga yaqin maqola, tezis va uslubiy tavsiyanomalar muallifi. Shuningdek, u umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 5 ta darslik hammuallifi, oliy ta’lim muassasalari uchun 7 ta darslik, 30 ga yaqin o'quv, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi.
Ilmiy qiziqishlari: Markaziy Osiyo arxeologiyasi, Ilk o‘rta asrlar davri boshqaruv tarixi, Madaniy meros ob’ektlarini asrab avaylash, Muqaddas joylar va ziyoratgohlar tarixi. Ilmiy yo‘nalish: O‘zbekiston tarixi (07.00.01) Biografiya Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (2022). Dotsent (2025). 2022-yilning 16-avgustidan Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Tarix” kafedrasida dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Mutaxassisligi bo‘yicha tarixchi, arxeolog hisoblanadi. Ulugbek Xalmuminov bugunga qadar 1 ta monografiya (hammualliflikda), oliy ta’lim talabalari uchun 2 ta darslik, 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. Universitetda asosan quyidagi fanlardan: arxeologiya, tarixiy geografiya, islom sivilizasiyasi tarixi fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradi. Ilmiy izlanishlari asosan ilk o‘rta asrlar davri tarixi, arxeologiya. 2024 yil avgustda Polshaning Varshava shahridagi Merito universitetida malaka oshirgan.
Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (2022). 2023-yilning 22-avgustidan Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Tarix” kafedrasida dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Mutaxassisligi bo‘yicha tarixchi, etnolog va antropolog hisoblanadi. Nabijon Narziyev bugunga qadar 3 ta monografiya (hammualliflikda), oliy ta’lim talabalari uchun 1 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta uslubiy qo‘llanma, 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. Universitetda asosan quyidagi fanlardan: etnologiya, tarixiy o‘lkashunoslik, islom sivilizasiyasi tarixi, tarixiy toponimika, tarixiy antropolologiya fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradi. Ilmiy izlanishlari asosan etnolingvistika, etiket madaniyati, o‘zbeklar antropologiyasi. 2024 yil avgustda Polshaning Varshava shahridagi Merito universitetida malaka oshirgan.
2022-yilning 16-avgustidan Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Tarix” kafedrasida “Jahon tarixi” fanidan o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. A.I.Ismoilov bugunga qadar 4 ta ilmiy maqola muallifi. Ismoilov Akmal Islom o'g'li yoshlar o'rtasida tarix fanining targ'ib qilinishi, ajdodlarimizga munosib avlodni tarbiyalash yo'lidagi faoliyati doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2022-2023-o'quv yilida “O'zbekiston tarixi” telekanali orqali o'tkazilib kelinayotgan “Evrika” ko'rsatuvlarida talabalarning faol ishtiroki taminlanishida xizmat ko'rsatib kelmoqda. Universitetda tarix yo'nalishi talabalari uchun (chet tili) rus tili to'garagini tashkil qilgan.
Saydaliyeva Shodiya Usmankulovna 2022 yildan beri Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida shlab kelmoqda. U 10 yildan beri ilmiy-pedogogik faoliyat yuritib kelmoqda. Saydaliyeva Shodiya tarix va siyosatshunoslik sohalarida ilmiy izlanish olib bormoqda. Bu boradi uning 10 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan va O'zbekiston tarixi yo'nalishida o'quv qo'llanma muallifi.
Ilmiy qiziqishlari: ilk o‘rta asrlardagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy jarayonlar; turk-sug‘d munosabatlari; mintaqada yozuvlar madniyati tarixi; dinlar va diniy bag‘rikenglik muammolari bilan shug‘ullanadi. Ilmiy yo‘nalish: O‘zbekiston tarixi (07.00.01.) Biografiya 2024-yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Tarix kafedrasida prof. v.b. lavozimida ishlaydi. Mehnat faoliyatini 1987-1989 yillarda Toshkent viloyati Ohangaron tumanining “Ohangaron” gazetasida xodim sifatida boshlagan. 1989-yildan 1998-yilgacha O‘zR FA H.Sulaymonov nomidagi Qo‘lyozmalar instituti aspiranti, kichik ilmiy xodimi sifatida faoliyat yuritgan. 1998-yildan 2022-yil sentabrigacha O‘zR FA Tarix institutida “Qadimgi davlatchilik” sektori mudiri, doktorant, katta ilmiy xodim, “Qadimgi va o‘rta asrlar davri tarixi bo‘limi” boshlig‘i vazifasini bajarib, еtakchi va bosh ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2000-2003-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universtitida dotsent lavozimida ishlagan.
Ilmiy qiziqishlari: Lider shaxslar tarixi, O‘rta Osiyoning o‘rta asrlar flora va faunasi tarixi, O‘zbekistonning qadimgi va ilk o‘rta asrlar tarixiy-geografiyasi, Rossiya imperiyasining mustamlaka davri siyosati. Ilmiy yo‘nalish: O‘zbekiston tarixi (07.00.01) Biografiya 2024-yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (2022), Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida tarix bo‘yicha bakalavr (2008) va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot metodlari bo‘yicha magistr darajasini (2012) olgan. Bir qancha kollektiv monografiya va ilmiy maqolalar muallifi. 2022-yil may oyida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazida hamda 2022-yil oktyabr oyida Qozog‘istonning Olma-ota shahridagi Qozoq Milliy universitetida malaka oshirgan. U O‘zbekiston teleradiokompaniyasi telekanallarida 20 ga yaqin ko‘rsatuvlarda bir qator ilmiy yangiliklar va ochiq darslar bilan ishtirok etgan.
Ilmiy qiziqishlari: Arab tilidagi tarixiy manbalar, IX – XIII asrlarda Markaziy Osiyoda shaharsozlik va shahar hayoti, IX – XII asrlarda Markaziy Osiyodagi etnik holat, tarixiy hujjatlar. Ilmiy yo‘nalish: O'zbekiston tarixi, Sharq tarixi, arab tili. Biografiya 2023-yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Tarix” kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. Tarix fanlari nomzodi (2011 yildan). Monografiya, kollektiv ishlar va ilmiy maqolalar muallifi. Mehnat faoliyatini 1998-2004-yillarda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutida assistant o‘qituvchi sifatida boshlagan. 2005-2007-yillarda. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti aspiranturasida tahsil olgan. 2008-yildan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida kichik ilmiy xodim, 2011-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida katta ilmiy xodim bo‘lib ishlagan va 2024-yil sentabrgacha shu yerda faoliyat olib borgan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida bajarilgan Markaziy Osiyoning IX – XIII asrlar tarixi davriga bagʻishlangan ilmiy loyihalar ishtirokchisi. U FWF Der Wissenschaftsfonds tomonidan moliyalashtirilgan va Avstriya Fanlar akademiyasi tomonidan amalga oshirilgan “Arxivdagidek izlash: Markaziy Osiyodagi hujjatlar va boshqaruv shakllari (XVIII-XIX asrlar)” START loyihasida ilmiy xodim sifatida qatnashgan (2014–2016 yillar). Xorijiy mamlakatlarda (Turkiya, Filippin orollari, Qirg‘iziston, AQSH) o‘tkazilgan xalqaro konferensiya, kongress va simpoziumlarda ham ma’ruzalar bilan qatnashgan. 10 dan ortiq ilmiy maqolalari qator xorijiy mamlakatlarning turli nashrlarida chop etilgan.
Ilmiy qiziqishlari: O‘zbekiston kartografiyasi tarixi Ilmiy yo‘nalish: O‘zbekiston tarixi (07.00.01) va Fan va texnologiyalar tarixi (07.00.02) Biografiya 2024 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Tarix fanlari falsafa doktori PhD., dotsent. Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Milliy Universitetining “O’zbekiston tarixi” kafedrasida o’qituvchi sifatida boshlagan. O'zbekiston tarixi davlat muzeyi filiali Toshkent muzeyida kichik ilmiy xodim, Perfect universiteti Tarix fakultetida dotsent v.b. lavozimida ishlagan. 2018-yilda Hindistonning Dehli shahrida joylashgan “Mehnat tadqiqotlari va rivojlanish instituti” (Institute of labour research and development) da va 2023-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi viloyat pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida malaka oshirgan. M.O.Primov “O‘zbekiston SSRda kartografiya tarixi: holati, bosqichlari va muammolari” nomli monografiya, “Shaxsiyatlar tarixi” o’quv qo’llanmasi va bugunga qadar 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi hisoblanadi. M.Primov O‘zbekiston teleradiokompaniyasi telekanallarida 10 ga yaqin ko‘rsatuvlarda bir qator ilmiy yangiliklar va ochiq darslar bilan ishtirok etgan.