• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

TERAPEVTIK STOMATOLOGIYA KAFEDRASI 

Bugungi kunda stomatologiya sohasi jadal rivojlanib, yangi texnologiyalar, zamonaviy tashxis va davolash usullarining joriy etilishi tufayli terapevtik stomatologiyaning mazmuni ham tubdan o‘zgarib bormoqda. Ilmiy kashfiyotlar, innovatsion biomateriallar va ilg‘or usullar yordamida tish kasalliklarini erta aniqlash, davolash va oldini olish samaradorligi yildan-yilga oshib bormoqda.
Stomatolog shifokorning mahorati faqat kasallikni to‘g‘ri tashxislash va samarali davolash metodlarini qo‘llash bilangina emas, balki bemor bilan to‘g‘ri muloqot o‘rnatish, unga ruhiy dalda berish va sog‘lom hayot tarziga yo‘naltira olish qobiliyati bilan ham o‘lchanadi. Shu bois terapevtik stomatologiyada nafaqat kasbiy bilim, balki tibbiyot xodimining axloqiy fazilatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Kafedraning maqsadi
“Dentistry” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga terapevtik stomatologiyaning asosiy bo‘limlari bo‘yicha fundamental bilim va klinik ko‘nikmalarni zamonaviy yondashuv asosida berish. Maqsad — yuqori malakali, mustaqil qaror qabul qila oladigan, bemorga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishga qodir mutaxassislarni tayyorlash.
Kafedraning vazifalari

  • O‘quv rejalarida belgilangan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish.
  • Talabalarning malakaviy amaliyoti, klinik mashg‘ulotlari va ilmiy loyihalariga rahbarlik qilish, ularning bilimini reyting tizimi asosida baholash.
  • Kafedra fanlari bo‘yicha sillabuslar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash hamda ta’lim jarayoniga joriy etish.
  • Klinik faoliyatda zamonaviy tashxis va davolash metodlarini qo‘llash, ularni talabalarga amaliy ko‘nikma sifatida o‘rgatish.
  • Iqtidorli talabalarni ilmiy izlanishlarga jalb qilish, olimpiada va tanlovlarda faol ishtirokini ta’minlash.
  • Professor-o‘qituvchilarning respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirokini kengaytirish, ilmiy maqolalar chop etishini rag‘batlantirish.
  • Respublika va xalqaro klinik muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirish, amaliyot bazalarini kengaytirish.
MIRXAYIDOV MIRAZIZ MIRXOLIQ O‘G‘LI
MIRXAYIDOV MIRAZIZ MIRXOLIQ O‘G‘LI
Kafedra Mudiri

Ilmiy qiziqishlari: Stomatologiya (yuz-jag‘ jarrohligi, terapevtik stomatologiya) Ilmiy yo‘nalish: Stomatologiya (14.00.21) Biografiya 2024-yil 4-oktabrdan Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetida Terapevtik stomatologiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda. 2015-yilda Toshkent Davlat Stomatologiya Institutini tamomlagan, 2017-yilda Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi bo‘yicha klinik ordinaturani tugatgan. 2021-yilda PhD ilmiy darajasini olgan. Toshkent Davlat Stomatologiya Institutida assistent, ilmiy tadqiqotchi va jarroh sifatida faoliyat yuritgan. 2023–2024-yillarda Kimyo xalqaro universiteti Tibbiy biologiya kafedrasida katta o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.

TUYG‘UNOV NOZIMJON NE’MATJON O‘G‘LI
TUYG‘UNOV NOZIMJON NE’MATJON O‘G‘LI
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Stomatologiyada sun’iy intellekt, biomateriallar, stomatologik materiallar, og‘iz kasalliklarini oldini olish va davolash, og‘iz gigiyenasi, tishlarning qattiq to‘qimalarining demineralizatsiyasi va remineralizatsiyasi Ilmiy yo‘nalish: Stomatologiya (14.00.21) Biografiya 2024-yildan buyon Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetida stomatologiya bo‘yicha o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritadi. 2017–2022-yillarda Toshkent Davlat Stomatologiya Institutida bakalavr, 2022–2024-yillarda Malayziya Malaya Universitetida “Restorative dentistry” yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. 2024-yilda Gonkong universitetida ilmiy stajirovka o‘tgan. Nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar muallifi.

BEYSENBAYEV NURBEK KUNANBAY O‘G‘LI
BEYSENBAYEV NURBEK KUNANBAY O‘G‘LI
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Bolalar jarrohlik stomatologiyasi, stomatologiyaIlmiy yo‘nalish: Stomatologiya (14.00.21) Biografiya 2024-yil oktabrdan KIUT universitetida faoliyat yuritadi. 2020-yilda Toshkent Davlat Stomatologiya Institutida bakalavriatni, 2022-yilda esa “Bolalar jarrohlik stomatologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 2023-yildan Toshkent Davlat Stomatologiya Institutida tayanch doktorant sifatida ilmiy faoliyat olib bormoqda.

JDANOV ALEKSANDR VALENTINOVICH
JDANOV ALEKSANDR VALENTINOVICH
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Jarrohlik stomatologiyasi, dental implantologiya, klinik stomatologiya Ilmiy yo‘nalish: Stomatologiya (14.00.21) Biografiya 1981-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005-yilda Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Institutini tamomlagan. 2005–2008-yillarda “ANDC” klinikasida klinik ordinatura o‘tgan. “Dentaura,” “Sergo-Dental,” “Dent Elite,” “Sadaf Smile,” “Stoma Mir,” “Appoloniya Medical Service,” va “Mega Med Universal” klinikalarida shifokor-stomatolog hamda bosh shifokor lavozimlarida ishlagan. 2019–2020-yillarda Toshkent Davlat Stomatologiya Institutida Jarrohlik stomatologiyasi va dental implantologiya kafedrasida assistent bo‘lib ishlagan. 2020–2023-yillarda shu institutda tayanch doktoranturada tahsil olgan. 2023-yildan “Baxtiyor Dent Plus” klinikasida shifokor-stomatolog sifatida faoliyat yuritmoqda. T.F.N. ilmiy darajasiga ega.

MAXMUDBEKOV BOBURMURZO ODILJON O‘G‘LI
MAXMUDBEKOV BOBURMURZO ODILJON O‘G‘LI
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Jarrohlik stomatologiyasi, dental implantologiya, klinik stomatologiya Ilmiy yo‘nalish: Stomatologiya (14.00.21) Biografiya 2024-yil 16-fevraldan KIUTda assistent sifatida faoliyat yuritmoqda. 2024-yil 1-martdan Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti klinikasining Kattalar yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida tashqi o‘rindosh sifatida navbatchi shifokor bo‘lib ishlamoqda. 2015-yilda Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti Buxoro filialida bakalavriatni, 2018-yilda “Yuz-jag‘ jarrohligi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 2022-yilda Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasida tayanch doktoranturaga qabul qilingan. 2015-yildan buyon turli shifoxona va klinikalarda shifokor va ilmiy xodim sifatida ishlagan.

MUQIMOV IKROM ILHOMOVICH
MUQIMOV IKROM ILHOMOVICH
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Jarrohlik stomatologiyasi, dental implantologiya, klinik stomatologiya Ilmiy yo‘nalish: Stomatologiya (14.00.21) Biografiya 1993-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2018-yilda Toshkent Davlat Stomatologiya Institutida “Bolalar stomatologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 2016–2018-yillarda Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasida magistratura talabasi bo‘lgan. 2018–2021-yillarda Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti klinikasida Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida navbatchi shifokor sifatida ishlagan. 2018-yildan buyon “SADAF” klinikasida jarroh-stomatolog va implantolog sifatida faoliyat yuritmoqda. 2019–2022-yillarda Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasida tayanch doktoranturada tahsil olgan. Stomatologiya bo‘yicha PhD ilmiy darajasiga ega.

PULATOV ASHRAF ILHOMOVICH
PULATOV ASHRAF ILHOMOVICH
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Jarrohlik stomatologiyasi, dental implantologiya, klinik stomatologiya Ilmiy yo‘nalish: Stomatologiya (14.00.21) Biografiya 2022-yil 14-maydan Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritmoqda. 2019-yilda Buxoro Davlat Tibbiyot Institutini stomatologiya yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 2019–2021-yillarda Toshkent Davlat Stomatologiya Institutida Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi bo‘yicha klinik ordinaturada tahsil olgan. Shu davrda klinika shifokori va kafedra xonamudiri bo‘lib ishlagan. 2020-yildan institut klinikasida bolalar yuz-jag‘ jarrohligi bo‘yicha navbatchi shifokor sifatida faoliyat olib bormoqda.

Rahmatova Sevara Azamat qizi
Rahmatova Sevara Azamat qizi
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Bolalar stomatologiyasi, terapevtik stomatologiya, klinik stomatologiya Ilmiy yo‘nalish: Stomatologiya (14.00.21) Biografiya 2022-yil 5-sentabrdan Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Tibbiy biologik fanlar kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritadi. 2015–2020-yillarda Toshkent Davlat Stomatologiya Institutida tahsil olgan, 2022-yilda Bolalar terapevtik stomatologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tugatgan. 2021–2022-yillarda “Viva Dental Group” va 2022–2023-yillarda “You Dent” xususiy klinikalarida bolalar stomatologi sifatida ishlagan.

KHATAMOV ULUGBEK ALTIBAYEVICH
KHATAMOV ULUGBEK ALTIBAYEVICH
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Bolalar stomatologiyasi, terapevtik stomatologiya, klinik stomatologiya Ilmiy yo‘nalish: Stomatologiya (14.00.21) Biografiya 2024 yildan Хatamov Ulug‘bеk Altibayevich Korea International University in Tashkent (KIUT) univеrsitеtida o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqda. 2011 yilda O‘zbеkiston davlat jahon tillari univеrsitеtini (ingliz filologiyasi), 2017 yilda Buхoro davlat tibbiyot institutini (stomatologiya yo‘nalishi), 2019 yilda Toshkеnt davlat stomatologiya instituti klinik ordinaturasini (bolalar yuz-jagʻ jarrohligi iхtisosligi) tamomlagan. 2023 yilda PhD ilmiy darajasini himoya qilgan. Mеhnat faoliyati davomida хususiy stomatologiya klinikalarida hamda TDSI kafеdralarida ishlagan. Bolalar stomatologiyasi va yuz-jagʻ jarrohligi sohasidagi ilmiy ishlar muallifi. Rus va ingliz tillarini yaхshi biladi.

Safarova Mavluda Jamolovna
Safarova Mavluda Jamolovna
O'qituvchi

Mutaxassisligi – stomatolog. Tibbiyot boʼyicha asosiy yoʼnalishlari – ortopedik stomatologiya. Ilmiy ishlari: 4 ta maqola va tezislar muallifi.

Click to link to download - include a link to the PDF!

  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram