• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

TIBBIY BIOLOGIK FАNLАR KАFEDRАSI 

Bugungi kunda jamiyat taraqqiyotida ilm-fan kashfiyotlari, shu jumladan tibbiy-biologik fanlarda yangi biotibbiy texnologiyalar va tadqiqotlarda erishilgan yutuqlar tibbiyotning fan va faoliyat shakli sifatidagi qiyofasini tubdan oʼzgarmoqda. 

Tibbiy bilimlar va tibbiy faoliyatning maqsadi - inson hayotini saqlab qolish hamda sogʼlom boʼlishga koʼmaklashishdir. Shifokor mahorati uning kasallik etiologiyasi va patogenezini nechogʼli yaxshi oʼzlashtirgani, tashxis qoʼyish va davolash metodlarining samaradorligi bilangina emas, bemor bilan muloqotga kirisha olish, unga maslahat berish, bemorning shifo topishiga boʼlgan umidini soʼndirmaslik, unga yangi umid bera olish mahorati bilan ham oʼlchanadi. Inson toʼgʼrisidagi fan tibbiy-biologik fan yoʼnalishlari bilangina cheklanib qolmasdan, ijtimoiy-gumanitar bilimlar hamda maʼnaviy yuksaklikni ham nazarda tutadi, shuning uchun shifokorning axloqi bilan bogʼliq masala tibbiy faoliyatning ajralmas qismidir. 

Insoniyat taraqqiyotida salomatlik masalasining globalizatsiyasi, boshqa tomondan biotibbiy tadqiqotlardagi muvaffaqiyatlar bugungi kunda tibbiyotning fan va faoliyat shakli sifatidagi qiyofasini tubdan oʼzgartirdi, uning tarkibidagi qadriyatlar tizimiga yanada koʼproq urgʼu berila boshlandi. Bugungi kun shifokori bola tugʼilishi, inson hayoti va oʼlimi, inson xulq-atvoriga taʼsir koʼrsata oladigan vositalarga ega shaxsdir. Shifokorning xatti-harakatlari demografiya, iqtisod, huquq va maʼnaviyatga taʼsir eta oladi. Zamonaviy meditsinaning axloqiy talablari kundan kun koʼproq ahamiyat kasb etib bormoqda. Tibbiyot xodimining professional kompetentligini shakllantirish oʼz ichiga tibbiy bilimlarni oshirishga hamda maxsus bilim va koʼnikmalarni egallashga jadal harakat qilish (tibbiy xizmat sifati olingan taʼlim va bilimdan ortiq boʼla olmaydi) nazarda tutadi. 

Kafedraning maqsadi – “General medicine” va “Dentistry” yoʼnalishlarida tahsil olayotgan talabalarga tibbiyotning poydevori hisoblangan fundamental fanlar boʼyicha zamonaviy va innovatsion yondoshuvlarni qoʼllagan holda taʼlim jarayonini tashkil etish. Shu bilan birga, kafedra professor oʼqituvchilari tomonidan oʼtkaziladigan har bir maʼruza va amaliy mashgʼulotlarni talab darajasida va ilgʼor pedagogik texnologiyalarni qoʼllash orqali yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash. 

Kafedraning vazifalari: 

  • Oʼquv rejalarida belgilangan maʼruza, amaliy mashgʼulot, laboratoriya va boshqa turdagi mashgʼulotlarni nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada oʼtkazish; 
  • Talabalarning malakaviy amaliyoti, loyihalar, ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish, talabalar bilimini baholashning reyting nazoratini joriy etish va mustaqil ishlarni tashkil etish; 
  • Kafedra fanlari boʼyicha sillabuslarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda oʼquv jarayoniga joriy qilish.
  • Taʼlim jarayoni sifatini oshirish maqsadida darslik, oʼquv qoʼllanma, uslubiy va metodik koʼrmatmalarni tayyorlash;
  • Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va iqtidorli talabalarni jalb etish, hamda olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishini faollashtirish; 
  • Professor-oʼqituvchilarning Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini taʼminlash; 
  • Taʼlim, davolash va ilmiy faoliyat boʼyicha Respublika muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish.
Raxmatova Muqaddas Xoltaevna
Raxmatova Muqaddas Xoltaevna
Kafedra Mudiri

Ilmiy qiziqishlari: Ҳазм тизими иммун-эндокрин тизими ривожланишининг морфологик асослари. Суяк тўқимасининг постравтик регенерацияси ва унинг коррекцияси. Ilmiy yo‘nalish: Морфология (14.00.02) Biografiya 2022 йилдан Тошкент Кимё халқаро университети “Тиббий биологик фанлар” кафедраси мудири. 1988-2004 йй. II-Тошкент давлат тиббиёт институти “Гистология ва тиббий биология” кафедраси ассистенти, 2004-2005 йй. катта ўқитувчиси. 2005-2014йй. - Тошкент тиббиёт академияси “Гистология ва тиббий биология” кафедраси доценти, 2014-2022йй. - Тошкент давлат стоматология институти “Гистология ва тиббий биология” кафедраси мудири лавозимларида ишлаб келган. 1999 йилда тиббиёт фанлари 14.00.02 -Морфология мутахассислиги бўйича кандидатлик диссертациясини, 2019 йилда докторлик диссертацияларини ёқлаган. Иш фаолияти давомида 3 та дарслик, 2 та ўқув қўлланма, 200 дан ортиқ тезис ва мақолалар чоп этган. 2 та докторлик диссертацияларига ва 2 та кандидатлик диссертацияларига илмий маслахатчи ва илмий рахбар бўлган.

Madjidov Аlisher Shavkatovich
Madjidov Аlisher Shavkatovich
Katta o'qituvchi

1992 – 1998 yy. Toshkent Davlat texnika universitetida sistemotexnika muhandisligi mutaxassis darajasi.

Bekchanova Maxfuza Rustamovna
Bekchanova Maxfuza Rustamovna
O'qituvchi

Mutaxassisligi – gematologiya va transfuziologiya. Tibbiyot boʼyicha asosiy yoʼnalishi – terapiya. Ilmiy ishlari: 10 ta maqola va tezislar muallifi.

Bobomuratova Dilfuza Panjievna
Bobomuratova Dilfuza Panjievna
O'qituvchi

Mutaxassisligi – Lingvistika( ingliz va frantsuz tillari). Ilmiy faoliyati: tibbiy terminologiya va uning ingliz va lotin tillaridagi tibbiy tekstlarda ishlatilishi. Ilmiy ishlari: 1 ta oʼquv qoʼllanma va 12 dan ortiq maqola va tezislar muallifi.

Raxmatova Sevara Аzamat qizi
Raxmatova Sevara Аzamat qizi
O'qituvchi

Mutaxassisligi - stomatologiya. Tibbiyot boʼyicha asosiy yoʼnalishlari – bolalar stomatologiyasi. Ilmiy ishlari: 6 ta maqola va tezislar muallifi.

Safarova Mavluda Jamolovna
Safarova Mavluda Jamolovna
O'qituvchi

Mutaxassisligi – stomatolog. Tibbiyot boʼyicha asosiy yoʼnalishlari – ortopedik stomatologiya. Ilmiy ishlari: 4 ta maqola va tezislar muallifi.

Nazarova Maftuna Mirsaidovna
Nazarova Maftuna Mirsaidovna
O'qituvchi

Mutaxassisligi – davolash ishi. Tibbiyot boʼyicha asosiy yoʼnalishlari - sud tibbiyot eksperti. Ilmiy ishlari: Ilmiy ishlari: 8 ta maqola va tezislar muallifi.

Ahatova Guljahon Hakimovna
Ahatova Guljahon Hakimovna
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Insult bilan kasallangan bemorlarda ichak, teri mikroflorasi, immun tizimining holati va ularni korriksiyalash usullari. Ilmiy yo‘nalish: Mikrobiologiya (03.00.04) Biografiya: 2021 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. 2022 TSDI mustaqil izlanuvchi (PhD).TSID

Ahmedova Feruza Nabiyevna
Ahmedova Feruza Nabiyevna
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Ilmiy yo‘nalish: Biografiya: 2023 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan.

Nafisa Alimova
Nafisa Alimova
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Mikrobiologiya, Immunologiya, Propedevtika, Terapiya, Lotin tili, Essensial fosfolipidlarning jigar parenximasiga ta'siri Ilmiy yo‘nalish: Farmakologiya Biografiya 2024-yildan boshlab Toshkentdagi Xalqaro Kimyo Universitetida ishlay boshladi. 2023-yilda Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti (TDSI) Mikrobiologiya va Farmakologiya kafedrasida katta o‘qituvchi unvonini oldi. Xalqaro platformalarda chop etilgan bir nechta ilmiy maqolalar va o‘quv qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi.

Abdullayeva Sevara Ergash qizi
Abdullayeva Sevara Ergash qizi
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Noorganik va analitik kimyo, Dorivor o’simliklarni tahlil qilishning fizik-kimyoviy usullari, Pass (on-line) dasturi tahlili, biologik faol moddalarni YuQX, YuSSX, IQ-spektroskopiya, YAMR, Mass-xromatografiya tahlillari asosida analiz qilish. Ilmiy yo‘nalish: 5A140501– Kimyo (noorganik va analitik kimyo) Biografiya 2024 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida «Tibbiy biologik fanlar» kafedrasida «Tibbiy kimyo» fani o’qituvchisi. O’zbekiston Milliy universiteti kimyo fakulteti kimyo yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasi, O’zbekiston Milliy universiteti kimyo fakulteti noorganik va analitik kimyo yo’nalishi bo’yicha magistr darajasini tamomlagan. Bir qancha maqola va tezislar muallifi.

Nodira Abidova
Nodira Abidova
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Xususiy gistologiya Ilmiy yo‘nalish: Hazm tizimi a’zolarini gistologik tuzilishi. Biografiya 2024 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida «Tibbiy biologik fanlar» kafedrasida «Gistologiya, sitologiya va embriologiya» fani katta o’qituvchisi. Toshkent shahridagi 2-Tibbiyot oliygohini davolash ishi bo’limini bitirgan. Bir qancha ilmiy maqolalar va o’quv uslubiy qo’llanma muallifi.

Dilfuza Bobomurotova
Dilfuza Bobomurotova
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: tibbiy terminologiya va uning tilshunoslikda qo‘llanilishi Biografiya 2022-yildan Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Toshkent shahridagi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olgan. Bir qancha ilmiy maqola va tezislar muallifi.

G‘ayrat Djanayev
G‘ayrat Djanayev
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Me’da shilliq qavati jarohatlanishlarida lesboxolning samaradorligi, yangi zamonaviy mahalliy gastroprotektor preparat yaratish Ilmiy yo‘nalish: Farmakologiya va klinik farmakologiya (14.00.17) Biografiya 2021 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Tibbiyot fanlari bo‘yicha PhD, Toshkent tibbiyot akademiyasida vrach umumuy gigienist, epidemiolog bo‘yicha bakalavr va Toshkent tibbiyot akademiyasida vrach farmakolog mutaxassisi bo‘yicha magistr darajasi. Bir qancha DGU, BGU, monografiya, o‘quv qo‘llanma va ilmiy maqolalar muallifi, magistrlar uchun ilmiy maslahatchidir. U 2020 yilda Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgani uchun “Shuhrat” medali davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Ibragimova Lola Abdunabiyevna
Ibragimova Lola Abdunabiyevna
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Turli tashqi muhit modifikatsion omillar ta’sirida odam organizmini to’qima darajasidagi o’zgarishlarni o’rganish. Ilmiy yo‘nalish: Gigiyena (14.00.07); Morfologiya (14.00.02) Biografiya 2023 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universiteti tibbiy biologik fanlar kafedrasida ish boshlagan. 2001-2007 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi bakalavr, 2008-2010 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Morfologiya yo’nalishi magistri sifatida tahsil olgan. 2010-2014 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, “gistologiya va tibbiyot biologiyasi” kafedrasida assistent o’qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2020-2022 yillar mobaynida Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti PhD doktoranti, 2017-2020 yillarda mazkur ilmiy tadqiqot institutida ilmiy hodim lavozimida faoliyat yuritgan. Bir qancha Respublika va horijiy ilmiy konferensiyalar, hamda Davlat miqyosidagi grant loyihalari, shuning bilan birga JSSB loyihalari ishtirokchisi.

Shoira Ibragimova
Shoira Ibragimova
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Lotin tili va tibbiy terminologiya Ilmiy yo‘nalish: Aniqlovchilarni anatomik terminlarda qo’llanilishi.. Biografiya 2024 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida «Tibbiy biologik fanlar» kafedrasida «Lotin tili va tibbiy terminologiya» fani katta o’qituvchisi. 1997 yilda Toshkent Pediatriya tibbiyot institutini bitirgan. Bir qancha ilmiy maqolalar va o’quv uslubiy qo’llanma muallifi.

Nodira Kadirova
Nodira Kadirova
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Biotexnologiya Ilmiy yo‘nalish: Neft va gaz sanoati uchun biologik faol moddalar ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish. 2024 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida «Tibbiy biologik fanlar» kafedrasida «Tibbiy kimyo» fani katta o’qituvchisi. Toshkent Kimyo Texnologiya institutini Oziq ovqat mahsulotlari texnologiyasi va kasbiy pedagogika fakultetini tamomlagan. Bir qancha ilmiy maqolalar va o’quv uslubiy qo’llanma muallifi..

Nilufar Mirsavurova
Nilufar Mirsavurova
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Xususiy gistologiya Ilmiy yo‘nalish: Ogiz bo’shlig’i gistologiyasi. Hazm tizimi a’zolarini gistologik tuzilishi. Biografiya 2022 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida «Tibbiy biologik fanlar» kafedrasida «Gistologiya, sitologiya va embriologiya» fani katta o’qituvchisi. Toshkent shahridagi 2-Tibbiyot oliygohini davolash ishi bo’limini bitirgan. Bir qancha ilmiy maqolalar va o’quv uslubiy qo’llanma muallifi.

Maxsuma Mirxalikova
Maxsuma Mirxalikova
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Organik sintez va amaliy kimyo, Dorivor o’simliklarni tahlil qilishning fizik-kimyoviy usullari, Pass (on-line) dasturi tahlili, biologik faol moddalarni YuQX, YuSSX, IQ-spektroskopiya, YAMR, Mass-xromatografiya tahlillari asosida analiz qilish. Ilmiy yo‘nalish: 5A140501– Kimyo (Organik va bioorganik kimyo) Biografiya 2023 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida «Tibbiy biologik fanlar» kafedrasida «Tibbiy kimyo» fani o’qituvchisi. O’zbekiston Milliy universiteti kimyo fakulteti kimyo yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasi, O’zbekiston Milliy universiteti kimyo fakulteti oganik va bioorganik kimyo yo’nalishi bo’yicha magistr darajasini tamomlagan. Bir qancha maqola va tezislar muallifi.

Nargiza Eshbayeva
Nargiza Eshbayeva
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Lotin tilini o'qitish metodikasi. Lotin lug'atini yodlash usullari. Ushbu til bo'yicha darslarda interfaol usullar. Tibbiy terminologiyada polisemiya. Lotin va yunon tibbiy atamalarining ma'nolarini rus tiliga o'tkazish xususiyatlari. Ilmiy yo‘nalish: Qiyosiy adabiyotshunoslik, qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik (10.00.06) Biografiya 2023 yildan Toshkentdagi Kime xalqaro universitetida ish boshladi. "Tilshunoslik"yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasiga ega. 2010 yilda O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida "lingvistika"yo'nalishi bo'yicha magistraturani tamomlagan. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik bo'yicha ilmiy maqolalar muallifi.

Galina Froyanchenko
Galina Froyanchenko
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Xususiy gistologiya Ilmiy yo‘nalish: Ogiz bo’shlig’i gistologiyasi. Hazm tizimi a’zolarini gistologik tuzilishi. Biografiya 2022-yilda Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti biotibbiyot fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi. Toshkent davlat tibbiyot institutining sanitariya-gigiyena fakultetini va shu institutning tibbiy biologiya va genetika kafedrasi aspiranturasini tamomlagan. Ilmiy maqolalar va oʻquv-ilmiy qoʻllanmalar muallifi.

Hasanov Oxun
Hasanov Oxun
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Polimerlar kimyosi, Fizikaviy kimyo va Koloid kimyo Ilmiy yo‘nalish: Коллоидная и мембранная химия (02.00.11) Biografiya 2022 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. 2023-yilda Kolloid va membrana kimyosi ixtisosligi bo`yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bo`ldi. 2023-yildan Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetida dotsent v.b lavozimida faoliyat olib borib kelmoqda. O`zbekiston milliy universiteti Kimyo yo`nalishi bo`cha bakalavr va magistr darajasi. Ilmiy tadqiqotlarni bajarish davomida ilmiy loyihalarda ishtirok etgan.

Hoshimov Abrorjon
Hoshimov Abrorjon
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Noorganik va analitik kimyosi, noorganik moddalarni olishda analitik kimyo bilan birgalikda turli xil usullarni o`rganish, ChemOffice, Avagadro va boshqa dasturlar asosida fizik-kimyoviy tasvirlar va kompyuter modellashtirish, YAMR, YuQX, YuSSX, IQ-spektroskopiya, Mass-xromatografiya tahlillari asosida analiz qilish. Ilmiy yo‘nalish: 5А140501 Kimyo (Noorganik, analitik va nodir metallar kimyosi) Biografiya: 2022 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida «Tibbiy biologik fanlar» kafedrasida «Tibbiy kimyo» fani o’qituvchisi. O’zbekiston Milliy universiteti kimyo fakulteti kimyo yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasi, O’zbekiston Milliy universiteti kimyo fakulteti Noorganik, analitik va nodir metallar kimyosi bo’yicha magistr darajasini tamomlagan. Bir qancha tezislar muallifi.

Dildora Hoshimova
Dildora Hoshimova
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: tireoid disfunksiyasi bilan bog’liq bepusht ayollarda gormonal statusini baxolash. Ilmiy yo‘nalish: Akusherlik va ginekologiya Biografiya 2023 -yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. 2024 -yilda Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetida asosiy ishchi bo’lib, biokimyo fanidan dars bera boshladi. Toshkent Tibbiyot Akademiyasida bakalavr va Toshkent Tibbiyot Akademiyasida akusherlik va ginekologiya yo’nalishi bo’yicha magistraturasini tamomlagan. Hozirda mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy faoliyat bilan shug’ullanmoqda.

Ergasheva Hilola
Ergasheva Hilola
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda ichak mikrobiotsenozi, teri va immunitet tizimining holati va ularni tuzatish usullari. 03.00.07-Mikrobiologiya Biografiya 1996-1999 йй. – I ТошМи микробиология, иммунология ва вирусология кафедраси кошидаги бактерологик лабороторияда врач лаборант, кафедра асистенти 1999-2007йй- I ТошМи микробиология иммунология ва вирусология кафедраси кошидаги бактерологик лабороторияда кафедра ассистенти, кичик илмий ходим 2004-йй Номзодлик диссертация химояси 2007-2011йй- МДС сервис ХФ да врач лаборант 2010-2012йй- Тошкент Тиббиёт Педиатрия институти вирусология, микробиология, иммунология кафедраси ассистенти 2012- -2024 йй «RAD dis ticсaret» МЧЖ да врач лаборант 2023- Тошкент вакцина ва иммун зардоблар илмий текшириш институтида етакчи илмий ходим 2023 - сентябрдан KIUT 0,5 ставка ташки уриндош 2024- сентябрдан KIUT 1- ставка доцент в.б.

Click to link to download - include a link to the PDF!

  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram