“Turizm” kafedrasining asosiy maqsadi - bugungi kunda talab yuqori bo`lgan Turizm va mehmondo`stlik sohasida yuqori saviyaga ega bo`lgan, xalqaro standartlar bo`yicha chuqur bilim, ko`nikma va malakalarni egallagan bakalavr mutaxassislarini tayyorlashdir.
Shuningdek, kafedramiz turizm va mehmondo`stlik sohasidagi yangi tendensiyalar bo`yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, sohadagi yangiliklar, xususan, mehmonxonalar va boshqa servis sohalarida talab va taklif, marketing, menejment, barqaror rivojlanish sohalarini o`rganish va o`rgatish bilan shug`ullanadi.
“Turizm” yo`nalishi ta`lim dasturi O`zbekistonda talab yuqori bo`lgan sohalardan hisoblanadi va buni har yili o`qish maqsadida hujjat topshiradigan abiturientlar sonidan ham bilish mumkin.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-son Farmoni (Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish to‘g‘risida) ham bu sohaga hali ko`plab kadrlar kerakligini anglatadi.
Xalqaro talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlash maqsadida ta`lim 3 ta tilda – o`zbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiriladi.
“Turizm” yo`nalishi bitiruvchilari kasbiy faoliyatining asosiy obyekti – turizm va mehmondo`stlik sanoatidagi proyektlarni boshqarish, menejment va marketing hisoblanadi.
“Turizm” yo`nalishi bitiruvchilari kasbiy faoliyatining predmeti – sohadagi servis tashkilotlarining rivojlanishini ta`minlash va boshqarishdir.
Kafedraning ichki raqami: ( 152 )
Ilmiy qiziqishlari: moliyaviy nazorat, menejment, turizm. Ilmiy yo‘nalish: 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit. Biografiya 2024 yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Turizm” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc). U quyidagi yo‘nalishlarda ixtisoslashgan: “Moliya”, “Moliyaviy nazorat”, “Menejment”. 2012-2015-yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Korporativ boshqaruv” kafedrasida ilmiy xodim-izlanuvchi, 2015-2016-yillarda assistent, 2016-2018-yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Xalqaro aloqalar” bo‘limi boshlig‘i, 2018-2022-yillarda “Korporativ boshqaruv” kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida ishlagan. 2022-2024-yillarda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Menejment va marketing” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritgan. Bir qancha monografiyalar, oʻquv qoʻllanmalar va ilmiy maqolalar muallifi.
Ilmiy qiziqishlari: Xizmatlarni boshqarish, mijozlarga xizmat ko'rsatish, ijtimoiy psixologiya, turizm psixologiyasi, inson resurslarini boshqarish, biznes bilan aloqa Ilmiy yo‘nalish: Servis (08.00.05) Biografiya Isakdjanova Munojat Turizm kafedrasida 2019-yildan boshlab faoliyat uritib kelmoqda. “Image Making”, “Leadership and Organizational behavior in tourism and hospitality”, “Human Resource Management in Hotel”, “Сase Study in tourism and hospitality” kabi talabalarning g’oyaviy ko’nikmalari va emotsional intellektini rivojlantirishga qaratilgan fanlardan dars berib kelmoqda. O’qituvchi magistatura ta’limini 2017-2019-yillar Janubiy Koreada Keimyung Universitetida Business Administration yo’nalishida olgan. Dars jarayonida o‘quv jarayonini interaktiv usullarda olib boorish, talabalar bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun innovatsion pedagogik yondashuvlar qo‘llash maqsadida Markaziy Yevropaning Ukraina-Polsha oliy ta’lim instituti hamkorligidagi Online Amaliy Psixologiya Institutida 2022-2023-yillarda Malaka oshirgan. Bugungi kunda xizmat ko’rsatish sohasida mustaqil ravishda ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda.
Ilmiy qiziqishlari: Mehmonxonalarni boshqarish, xonalarni taqsimlashni boshqarish, mehmonxonalarni narxlash strategiyalari, mijozlarga xizmat ko'rsatish Ilmiy yo‘nalish: Moliya, pul muomalasi va kredit (08.00.07) Biografiya 2021 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Turizm kafedrasi katta o‘qituvchisi, 30 yillik ilmiy-pedagogik stajga ega. Ossama Moustafa O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi va mahalliy byudjetlarning daromad qismiga oid ko‘plab maqolalar muallifi. Maqolalar THE INTERNATIONAL JOURNAL OF BUSINESS & MANAGEMENT (O'zbekiston Respublikasida islohotlarni amalga oshirishning hozirgi bosqichida mahalliy byudjetlar daromad manbalarini kengaytirish mexanizmlari), SCOPUS va boshqa ko'plab jurnal va nashrlarda chop etilgan. RSCI (rus va ingliz tillarida), Google Scholar (o‘zbek tillarida), Web of Science (ingliz tilida) xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalarida konferensiya materiallari, ilmiy maqolalar va tezislarni indekslash.
Ilmiy qiziqishlari: mijozlarga xizmat ko’rsatish, Turizmda marketing Ilmiy yo‘nalish: Biografiya: Djumayeva Muxlisa Aziz qizi, turizm kafedrasida 2020-yildan beri ishlab kelmoqda. “PUBLIC SPEAKING AND PRESENTATION TECHNIQUES”, “TOURISM MARKETING”, “CUSTOMER SERVICE” kabi fanlardan dars beradi. 2012-yilda TDIU ni TIF marketing yo’nalishini bitirgan va 2014-yilda magistr darajasini olgan.
Ilmiy qiziqishlari: Turizm industriyasi mutaxassislarini tayyorlash sohasida muammoli ta’lim texnologiyasi asosida talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish. Ilmiy yo‘nalish: pedagogika (13.00.05) Biografiya Xasanova Nargiza Аtxamovna Turizm kafedrasida 2022 yildan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. “HOSPITALITY EVENT MANAGEMEN”, “ TOURISM GEOGRAPHY AND ECOSYSTEM”, “ TOURISM LAW AND SECURITY ”, “INTRODUCTION TO HOSPITALITY INDUSTRY ” fanlaridan dars berib kelmoqda. 2006 yil TDIU Turizm yo’nalishini, 2022 yil TDIU Turizm menejmenti yo’nalishini tamomlab, 2023 yil professional talimni rivojlantirish institutida mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanish olib bormoqda. O’nlab maqolalar muallifi.
Ilmiy qiziqishlari: Turizm iqtisodiyoti, Inson resurslarini boshqarish, Xizmatlar, Mijozlarga xizmat ko‘rsatish, Mehmonxona boshqaruvi, Biznes kommunikatsiyalari, Turizmning barqaror rivojlanishi, Turizm huquqi va xavfsizlik Ilmiy yo‘nalish: Servis (08.00.05) Biografiya Mana biografiyaning o‘zbek (rasmiy-akademik uslubdagi) aniq tarjimasi: 2019-yildan buyon u Kimyo International University in Tashkent da “Turizm” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. U 15 yillik ilmiy-pedagogik ish tajribasiga ega. Lola Babadjanova O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi hamda mahalliy byudjetlar daromad qismini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. U “Mahalliy byudjetlar daromad manbalarini kengaytirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida PhD ilmiy darajasiga talabgor. Tadqiqot mavzusi 08.00.07 ixtisoslik shifriga tegishli. Uning maqolalari The International Journal of Business & Management jurnalida (jumladan, “Mechanisms for the Expansion of Sources of Revenues of Local Budgets at the Current Stage of Implementation of Reforms in the Republic of Uzbekistan” nomli maqola), shuningdek Scopus bazasida indekslanuvchi va boshqa nufuzli ilmiy jurnallarda chop etilgan. Konferensiya materiallari, ilmiy maqolalar va tezislar xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalarida indekslanadi, jumladan, Russian Science Citation Index (rus va ingliz tillarida), Google Scholar (o‘zbek tilida) hamda Web of Science (ingliz tilida).
Ilmiy qiziqishlari: Baxtiyorlik iqtisodiyoti, Xulq-atvor iqtisodiyoti, Gender va Mehnat migratsiyasi Ilmiy yo‘nalish: Mehnat iqtisodiyoti. Demografiya (08.00.10) Biografiya Shoiraxon Nurdinova Toshkentdagi Kimyo Xalqaro Universitetida 2025-yildan boshlab faoliyat uritib kelmoqda. U Turkiyaning Anadolu Universitetidan iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Dr. Nurdinova Latviya Universiteti, Erasmus Rotterdam Universiteti, Indiana Universiteti va Pittsburg Universiteti kabi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritgan. O‘zbekistonda baxtiyorlik iqtisodiyoti va xulq-atvor iqtisodiyoti bo‘yicha ilk ilmiy maqola va birinchi o‘zbek tilidagi darslik muallifidir. Ilmiy maqolalari SSCI bazasiga kiritilgan Central Asian Survey, International Journal of Happiness and Development hamda Region: Regional Studies of Russia, Eastern Europe, and Central Asia kabi nufuzli xalqaro jurnallarda chop etilgan. Akademik faoliyati bilan bir qatorda, Dr. Nurdinova Aga Khan jamg‘armasi, USAID, BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Yevropa Ta’lim Jamg‘armasi kabi yetakchi xalqaro tashkilotlarda maslahatchi sifatida tajriba orttirgan.
Ilmiy qiziqishlari: Xizmatlarni boshqarish, Mijozlarga xizmat ko'rsatish, Mexmonxona boshqaruvi, Turizm iqtisodiyoti, Mexmondustlik sanoati boshqaruvi, Biznes bilan aloqa Ilmiy yo‘nalish: Servis (08.00.05) Biografiya Yuldashov Abdumalik Turizm kafedrasida 2021-yildan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. “Hotel management”, “Hospitality Management”, “Understanding Hospitality Business”, “Case Study in tourism and hospitality” kabi fanlardan talabalarning g’oyaviy ko’nikmalari va emotsional intellektini rivojlantirishga qaratilgan darslarni berib kelmoqda. O’qituvchi magistatura ta’limini 2014-2021-yillar Janubiy Koreada Joongbu Universitetida Tourism Management yo’nalishida olgan. Dars jarayonida o‘quv jarayonini interaktiv usullarda olib borish, talabalar bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun innovatsion pedagogik yondashuvlar foydalanib kelmoqda. Bugun u turizm iqtisodiyoti sohasida mustaqil ilmiy tadqiqot ishlarini boshlashi kutilmoqda.