• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
    • Ilmiy maqolalar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

«Xalqaro iqtisodiyot» kafedrasi

“Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining asosiy o‘quv va ilmiy tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, u  yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga hissa qo‘shishga mo‘ljallangan.
Kafedraning missiyasi- innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida yuqori sifatli va uzluksiz ta’limni ta’minlash, xalqaro iqtisodiy aloqalar sohasidagi mutaxassislarning o‘quv jarayonlari, ta’lim, ilmiy va ijtimoiy faoliyatini integratsiyalashuvidan iborat. Yuqoridagilarga muvofiq kafedrada o‘qitiladigan fanlar xalqaro iqtisodiyot muammolarini o‘rganishning ham nazariy, ham amaliy jihatlarini o‘z ichiga oladi.

Kafedraning asosiy vazifasi ta’lim standartlariga muvofiq chuqur nazariy va amaliy bilim va malakalarga ega bo‘lgan yuqori professional mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlarni sifatli tashkil etish va amalga oshirish; kafedra profili bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish.

Kafedrada barcha ta’lim yo’nalishlari: “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, “Biznes menejmenti”, “Xalqaro marketing”, “Bank ishi”, “Buxgalteriya hisobi”, “Moliya”  bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash o’quv rejalari asosida  bir qator  fanlarni barch ta’lim shakllari bo’yicha amalga oshiradi. Kafedra global va raqamli iqtisodiyotning yangi muammolarini hisobga olgan holda umumiy ta’lim va kasbiy fanlarni doimiy ravishda takomillashtirishga o‘z sa’y-harakatlarini yo‘naltiradi.
 
“Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi katta ilmiy salohiyatga ega, xalqaro iqtisodiyot sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlashda dolzarb muammolarni hal etishga qodir bo‘lgan tajribali va yosh o‘qituvchilar, tadqiqotchilardan iborat innovatsion va ijodiy jamoadir.

 

Kafedraning ichki raqami: ( 120 )

Rahmonov Azizjon
Rahmonov Azizjon
Kafedra Mudiri

Ilmiy qiziqishlari: Fiskal siyosat, soliqqa tortish, iqtisodiy o‘sish, yashirin iqtisodiyot, makroiqtisodiyot Ilmiy yo‘nalish: Moliya, pul muomalasi va kredit (08.00.07) Biografiya 2019 yilda Janubiy Koreya Respublikasi Koryo universitetining “International Development & Cooperation” magistratura mutaxassisligini tamomlagan. 2020 yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent Kimyo xalqaro universitetida dastlab “Moliya” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida, 2024 yildan buyon “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 2024 yilda “Yashirin iqtisodiyot ko‘lamini jilovlashda zamonaviy fiskal instrumentlar rolini oshirish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borib 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari falsafa doktori ilmiy darajasini olgan.

Vaxabov Abdurahim Vasikovich
Vaxabov Abdurahim Vasikovich
Professor

Ilmiy qiziqishlari: Makroiqtisodiyot, ijtimoiy siyosat, iqtisodiy nazariya, jahon iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, geoiqtisodiyot, moliya, pul muomalasi va kredit, yashil iqtisodiyot, xorijiy investitsiyalar, xalqaro savdo. Ilmiy yo‘nalishlari: Iqtisodiy nazariya (08.00.01), Makroiqtisodiyot (08.00.02), Moliya, pul muomalasi va kredit (08.00.07) Biografiya 1975 yilda Toshkent davlat universitetini (ToshDU) «Iqtisodiyot nazariyasi» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1975–1992 yillarda ToshDUda o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, tabiiy fakultetlar huzuridagi «Iqtisodiy nazariya» kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1992–2004 yillarda universitetning iqtisodiyot fakulteti dekani bo‘lib ishlagan, o‘rindoshlik asosida «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» kafedrasi mudiri lavozimida ham faoliyat olib borgan. 2005–2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2006–2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori lavozimida faoliyat yuritgan. 2012 yildan hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Milliy universitetining «Makroiqtisodiyot» kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. 2020 yil 2 sentyabrdan «Xalqaro iqtisodiyot» kafedrasi professori lavozimida o‘rindoshlik asosida ishlab kelmoqda.

Vaxabov Alisher Vasikovich
Vaxabov Alisher Vasikovich
Professor

Ilmiy qiziqishlari: Iqtisodiy o‘sish, Byudjet-soliq siyosati, Pul-kredit siyosati, Investitsiyalar, Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Ilmiy yo‘nalish: 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi” Biografiya Alisher Vosiqovich 1991 yilda “Mahalliy hududlar ijtimoiy muammolarini hal qilishda nomoddiy jamg‘armalarning roli” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2001 yilda esa “Bozor sharoiti munosabatida ko‘p tarmoqli iqtisodiyot” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, iqtisod fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan. 2005–2012 yillarda Toshkent moliya instituti rektori lavozimida faoliyat yuritgan. 2012–2014 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori sifatida faoliyat olib borgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan 14 aprel 2014 yil Vahobov Alisher Vosiqovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri vazifasiga tayinlandi.. 2018 yilda Alisher Vosiqovich Toshkent Kimyo Xalqaro universitetiga asos solgan. Universitet tashkil etilgan kundan boshlab uning rivojlanishi va strategik boshqaruvi bilan bir qatorda, Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi professori sifatida ham faoliyat yuritib, ta’lim berish va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadi.

Makushina Alla Yuryevna
Makushina Alla Yuryevna
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, jahon iqtisodiyoti, yashil iqtisodiyot, iqtisodiy nazariyalar tarixi. Ilmiy yo‘nalish: Iqtisodiy nazariya (08.00.07) Biografiya 2002 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet magistraturasini tugatib, «Davlat va mahalliy boshqaruv» mutaxassisligiga ega bo‘ldim. 2002 yil sentyabrdan 2003 yil avgustgacha «Sovershenstvo znaniy» xususiy o‘quv markazida o‘qituvchi bo‘lib ishladim. 2014 yil sentyabrdan 2018 yilgacha Toshkent shahridagi Rossiya iqtisod universiteti G.V. Plexanov nomidagi filialida «Iqtisodiy nazariya» kafedrasi katta o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritdim. 2018 yildan 2021 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti «Iqtisodiy nazariya» kafedrasida katta o‘qituvchi bo‘lib ishladim. 2021 yildan buyon Toshkent xalqaro kimyo universitetining «Xalqaro iqtisodiyot» kafedrasida faoliyat olib bormoqdaman.2024 yil 1 oktabrdan buyon Toshkent xalqaro kimyo universitetining «Xalqaro iqtisodiyot» kafedrasida i.v. dotsent vazifasini bajarmoqdaman.

Gimranova Olga Borisovna
Gimranova Olga Borisovna
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Makroiqtisodiyot, xalqaro pul o‘tkazmalari, mikroiqtisodiyot, jahon iqtisodiyoti, iqtisodiy doktrinalar tarixi, Ilmiy yo‘nalishi: “Moliya, pul muomalasi va kredit” (08.00.07) Biografiya 1987 yilda V.V nomidagi Belarus davlat xalq xo'jaligi institutini tamomlagan. Kuybishev, Minskda moliya va kredit bo'yicha ixtisoslashgan. 2020 yildan hozirgi kunga qadar Toshkent xalqaro Kim universitetida: dastlab Turizm kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2022 yildan esa Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimlarida ishlab kelmoqda. Hozirda 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” yo‘nalishi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Xalqaro pul o‘tkazmalarining milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni (O‘zbekiston misolida)” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqdaman.

Olimov Anvar Atamirzaevich
Olimov Anvar Atamirzaevich
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Mikro-makroiqtisodiyot, iqtisodiy o'sish, xalqaro iqtisodiyot, xalqaro muzokaralar, yashil iqtisodiyot va ekologiya, marketing. Ilmiy yo‘nalish: “Sanoat iqtisodiyoti” (08.00.03) Biografiya Mutaxassisligi - muhandis-iqtisodchi. 2002–2005-yillarda AQSh va O‘zbekiston qo‘shma akademiyasini tamomlagan. Akademiyada makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, menejment, marketing, buxgalteriya hisobi, strategik menejment, tashkiliy xulq-atvor va boshqa fanlar bo‘yicha ta’lim olgan. 2005–2008-yillarda “TEMPUS+” xalqaro loyihasida ishtirok etgan. 2013–2015-yillarda “Erasmus+” dasturi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlarida oliy ta’limni rivojlantirishga qaratilgan loyihada qatnashgan. 2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasida v.b. dotsent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kunda 08.00.03 - “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha “Raqamli iqtisodiyot sharoitida to‘qimachilik sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish amaliyotini takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

Xojibakiev Shuhrat Xuzhamkulovich
Xojibakiev Shuhrat Xuzhamkulovich
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: jahon iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, yashil iqtisodiyot Ilmiy yo‘nalish: Iqtisodiyot nazariyasi (08.00.01) Biografiya 1992-1997 yillarda Toshkent Davlat universiteti iqtisod fakultetida ta’lim olgan, 1997-2015 yillarda O’zMU “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, “Makroiqtisodiyot” kafedralarida o’qituvchi, katta o’qituvchi lavozimlarida ishlagan, 2025 yildan buyon O’zMU iqtisod fakultetida katta o’qituvchi lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.

Ashurov Abdulaziz Rustamovich
Ashurov Abdulaziz Rustamovich
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Xalqaro savdo, mikroiqtisodiyot, logistika, quruqlik porti Ilmiy yo‘nalish: “Xizmatlar sohasi iqtisodiyoti” (08.00.05) Biografiya 1989 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 2011 yilda O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetining Ingliz filologiyasi bakalavriat yo‘nalishini tamomlagan. 2009–2010 yillarda Koreya Respublikasining Pusan Chet tillari universitetida almashinuv dasturi bo‘yicha koreys va ingliz tillarini o‘rgangan. 2012–2014 yillarda Koreya Dengiz va Okean Universitetida “Xalqaro savdo” mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini, 2014–2018 yillarda esa shu universitetda PhD darajasini olgan. Mehnat faoliyati: Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Marketing” kafedrasi katta o‘qituvchisi (2020–2021), Farg‘onadagi Koreya xalqaro universitetida “Menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi (2021–2023), “Hwashin Korea Academy” MChJda “Xalqaro savdo” kafedrasi mudiri (2023). 2024 yildan buyon Toshkent shahridagi Kimyo Xalqaro Universiteti “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti v.b. sifatida faoliyat yuritmoqda.

Abdusalamov Jahongir Uktam o‘g‘li
Abdusalamov Jahongir Uktam o‘g‘li
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Iqtisodiyot ta’limotlar tarixi, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, jahon iqtisodiyoti Ilmiy yo‘nalish: Moliya, pul muomalasi va kredit (08.00.07) Biografiya 2015 yilda Rossiya Federatsiyasining Tomsk davlat universitetining “Moliya va kredit” bakalavr mutaxassisligini tamomlagan. 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-molia boshqaruv akademiyasining “Davlat moliyaviy nazorati va audit” magistratura mutaxassisligini tamomlagan. 2023 yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 2024 yildan 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun “Tijorat banklarida jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlar sifatini takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

Jo’rayeva Gulzira Ilhomjonovna
Jo’rayeva Gulzira Ilhomjonovna
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, elektron tijorat, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot Ilmiy yo‘nalish: Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya (08.00.16) Biografiya 2020-yilda u Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida «Iqtisodiyot» mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini tamomlagan. 2023–2024-yillarda Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv va Texnologiyalar Universitetining «Iqtisodiy boshqaruv» kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2026-yildan buyon Toshkent Kimyo xalqaro universitetining «Xalqaro iqtisodiyot» kafedrasida dotsent lavozimida ishlamoqda. 2025-yilda “Elektron tijoratni rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borib, 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya ixtisosligi bo‘yicha Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan

Isaqova Zebo Murodovna
Isaqova Zebo Murodovna
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Yashil iqtisodiyot, milliy iqtisodiyot, iqtisodiy o‘sish, mehnat bozori, loyihalarni boshqarish Ilmiy yo‘nalish: Menejment (08.00.13) Biografiya Zebo M. Isakova 2025-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida 08.00.13 – «Menejment» mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan. Shuningdek, u Davlat boshqaruvi magistri (MPA) hamda PhD ilmiy darajalariga ega bo‘lib, davlat boshqaruvi, menejment va iqtisodiyot sohalarida chuqur akademik tayyorgarlikdan o‘tgan. U oliy ta’lim, davlat boshqaruvi va xalqaro rivojlanish sohalarida katta professional tajribaga ega. 2023-yildan buyon Toshkentdagi Webster universitetida adjunct professor sifatida faoliyat yuritib kelmoqda, avval esa Davlat boshqaruvi akademiyasida dotsent lavozimida ishlagan. Uning kasbiy faoliyatida ilmiy-tadqiqot va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida rahbarlik lavozimlari, shuningdek davlat tashkilotlari va xalqaro nodavlat tashkilotlardagi faoliyati muhim o‘rin tutadi. Zebo Isakova loyiha boshqaruvi, davlat sektori islohotlari, monitoring, baholash va o‘rganish (MEL) sohalarida ekspert bo‘lib, BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP), Jahon banki, GGGI, AFD hamda Yevropa Ta’lim Jamg‘armasi kabi yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan milliy maslahatchi va loyiha menejeri sifatida hamkorlik qilgan. Uning ilmiy qiziqishlari xalqaro iqtisodiyot, davlat boshqaruvi, raqamli boshqaruv, barqaror rivojlanish, iqlimga moslashuvchan iqtisodiy siyosat hamda inson kapitalini rivojlantirish masalalarini qamrab oladi. U milliy va xalqaro taqrizdan o‘tgan ilmiy jurnallar hamda konferensiya to‘plamlarida chop etilgan ko‘plab ilmiy ishlar muallifidir.

Click to link to download - include a link to the PDF!

  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram