• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

“Yo’l harakati muhandisligi va boshqaruvi” kafedrasi

Yo'l harakatini boshqarish - bu statsionar va harakatlanuvchi transport vositalari, shu jumladan piyodalar, velosipedchilar va barcha turdagi transport vositalarining harakatini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishdan iborat. Uning maqsadi odamlar va yuklarning xavfsiz, tartibli va samarali harakatlanishini ta'minlash, ularni imkon qadar himoya qilish, yo'llar va uning atrofidagi mahalliy atrof-muhit sifatini yaxshilashdir.

Yo'l harakatini boshqarish sxemalarining konkret maqsadlari  quyidagilardan iborat:

  • transport oqimi sharoitini yaxshilash, tirbandlikni kamaytirish (ko'pincha transport oqimi samaradorligini oshirish maqsadlari ustuvor bo'lgan yo’llar ya’ni arterial yo’llar va avtomagistrallar uchun muhimdir)
  • marshrut yoki hudud xavfsizligini oshirish (halokat tahlili yoki yoki jamiyatning muayyan mulohazalari asosida)
  • bolalar, piyodalar va velosipedchilarning harakatlanish xavfsizligini, mobilligini va yo’llardan foydalanish imkoniyatini oshirish
  • aholi turar joylarini obodonlashtirish
  • tijorat, chakana savdo va ko'ngilochar tadbirlar o’tkaziladigan joylarga kirish imkoniyatini yaxshilash
  • avtomobilda yuk tashish unumdorligi va harakat xavfsizligini oshirish (ayniqsa, umumiy maqsadi iqtisodiy masalalarni hal qilishga qaratilgan transport vazifasi uchun muhimdir)
  • jamoat transporti va yo'llarining ekspluatatsion sharoitlarini yaxshilash (Odamlarning jamoa transportida harakatlanishi, shahsiy avtomobilda harakatlanganga qaraganda  samarali ekanligini aks ettirish )
  • Avtoturargoh muammolarini hal qilish maqsadida real vaqtda harakatlanuvchilar haqidagi ma'lumotlar kabi axborotlarni, yo'l foydalanuvchilari uchun yetkazish.

Yo’l harakatini boshqarish sohasida yuqori malakali mutaxassislarga talab nafaqat O’zbekiston, balki butun dunyoda oshib borayotganligini inobatga olgan holda, 2022 yil Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetida “Traffic Management” bakalavr ta’lim yo’nalishi, hamda “Yo’l harakati muhandisligi va boshqaruvi” kafedrasi tashkil qilindi. “Yo’l harakati muhandisligi va boshqaruvi” kafedrasi “Traffic Management” bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mutaxassislik kaferdasi hisoblanadi. 

Kafedra professor-o’qituvchilari avtomobil yo’llari muhandisligi, harakat havfsizligi, intelektual transport tizimlari kabi sohalar mutaxassislari hisoblanishadi va «Traffic Management» bakalavr ta’lim yo’nalishlari talabalariga mutaxassislik fanlaridan dars berishadi. 

Yunusov Abduvohid
Yunusov Abduvohid
Kafedra Mudiri

Ilmiy qiziqishlari: Avtomobil va yo’l qoplamasi orasidagi bog’liqlikni tadqiq etish, Yo’l muhandisligi, Yo’l harakati muhandisligi va Yo’l aktivlarini boshqarish tizimlari Ilmiy yo‘nalish: 05.09.02 – “Geotexnika” (Yoʻllar, yoʻllarni raqamlashtirish va yoʻl harakati xavfsizligi. Yoʻl telematikasi) Biografiya PhD, dotsent. 2022 yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti “Yo’l harakati muhandisligi va boshqaruvi” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda. 2021-2022-yillarda Toshkent davlat transport universitetining “Shahar yo‘llari va ko‘chalari” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan 2020-2021-yillarda Toshkent davlat transport universiteti “Qurilish” fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 2014-2020-yillarda Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish institutining “Avtomobil yo’llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan 2010-2014-yillarda Toshkent avtomobil va yo‘llari institutining “Avtomobil yo‘llari va aerodromlar” kafedrasi assistenti lavozimida ishlagan 2020 yil fevral-avgust oylarida Slovakiya Respublikasi Ta’lim, fan, taraqqiyot va yoshlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan milliy grantini (NSP) yutib, Slovakiyaning Zilina universitetida tadqiqotchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2017 yil oktabr– dekabr oylarida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi “JICA” dasturi doirasida “Yo‘llarni ta’mirlash va boshqarish” bo‘yicha Yaponiyaning Sapporo shahridagi JICA markazi va Xokkaydo universitetida malaka oshirgan. 2016 yil yanvar – fevral oylarida TEMPUS-HIGHVEC loyihasi doirasida “Yoʻl aktivlarini boshqarish” va “Yoʻl qoplamalarini loyihalash” bo’yicha Buyuk Britaniyaning Birmingem universitetida malaka oshirgan.

Qutlimuratov Qudrat
Qutlimuratov Qudrat
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Yo‘l harakati muhandisligi va boshqaruvi, Transport tadqiqoti, Transportni rejalashtirish va atrof-muhit muhandisligi, Transport siyosati va baholash, Barqaror rivojlanish va yashil transport tizimlari. Ilmiy yo‘nalish: 05.08.06 – Gʻildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish Biografiya U 2018-yilda Yaponiyaning Xirosima universitetida transport muhandisligi bo‘yicha magistr darajasini olganidan song O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport ilmiy-tadqiqot markazida yetakchi, bosh mutaxassis va boshqarma boshlig'i lavozimlarida ishlagan. 2023-yilda Toshkent davlat transport universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2023-yildan hozirda KIUT “Yo‘l harakati muhandisligi va boshqaruvi” kafedrasi dotsenti. Uning tadqiqot sohalari transport siyosatini baholash, shahar transportini rejalashtirish, faoliyatga asoslangan yo‘l harakati talabini modellashtirish, barqaror shahar rivojlanishi va yashil transport tizimlari kabi transport muhandisligi va rejalashtirish hamda transport bilan bog‘liq tadqiqot sohalarini qamrab oladi. U MATLAB/Simulink, PTV trafik to‘plami va boshqalar kabi dasturiy ta'minot paketlari bilan trafikni modellashtirish va simulyatsiya qilish bo‘yicha tadqiqotchi mutaxassis. U EI Tempus va Erasmus+ loyihalarida yaxshi tajribaga ega. U ta'lim loyihalari bo‘yicha kurs o‘qituvchisi va o‘quv dasturlar ishlab chiquvchisi bo‘lib, unda talabalar va tadqiqotchilar uchun bir qator joylarda o‘quv kurslaridan darslar beradi. U nufuzli xalqaro va milliy jurnallarda tegishli sohalarda 30 dan ortiq maqolalar chop etgan.

Jumaniyazov Xamdam Jumyozovich
Jumaniyazov Xamdam Jumyozovich
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini ishlab chiqish va tahlil qilish. Mashina dinamikasini matematik modellashtirish va simulyatsiya qilish. Transport harakatini boshqarish tizimlarini optimallashtirish. CAD/CAE/CAM. Ilmiy yo‘nalish: 05.02.03 - Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari). Biografiya 2023 yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti “Yo’l harakati muhandisligi va boshqaruvi” kafedrasi katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritmoqda. 2020-2023-yillarda Toshkent davlat transport universitetining “Avtomobilsozlik va ishlab chiqarish muhandisligi” kafedrasi katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2011-2020-yillarda Toshkent avtomobil va yo‘llari institutining “Muhandislik grafikasi va axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti lavozimida ishlagan. U bir qancha Tempus va Erasmus loyihalarida faol ishtirok etgan va bir qancha Yevropa universitetlarida malaka oshirgan, xususan: 2024 yil noyabr oyida Ispaniyaning Madrid politexnika universitetida; 2024 yil sentabr oyida Gretsiyaning Krit texnik universitetida; 2017 yil yanvar oyida Ispaniyaning Korlos III nomidagi Madrid universitetda; 2016 yilda iyun oyida Portugaliyaning Branko Kastello politexnika universitetda; 2013 yil mart oyida Angliyaning Lids universitetida.

Xudayberdiyev Ziyadilla Ibadillayevich
Xudayberdiyev Ziyadilla Ibadillayevich
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Yo’l harakati xavfsizligi, Yo’l harakati xavfsizligi Auditi, Yo’llarda xavfsiz harakatlanisni tashkil etish va boshqarish, Yo’l va ko’chalardagi ekologik xavfsizlik, Yo’l va ko’chalarda avtotransport shovqinini kamaytirish. Ilmiy yo‘nalish: «Geotexnika» (Yo‘llar, yo‘llarni raqamlashtirish va yo‘l harakati xavfsizligi. Yo‘l telematikasi yo‘nalishlari bo‘yicha) Biografiya 1981 yildan TAYI da ish faoliyatini boshlagan. 1989 - 1991 yillarda TAYI da aspiranturada o’qib muvoffaqiyatli tugatgan. 1989 yildan 1995 yilgacha RF Moskva shahridagi MAYI da stajirovkada bo’lgan. 1995 yilda MAYI da nomzodlik dissertastiyasini yoqlagan va texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1995 – 1998 yillarda «Uzavtoyo’l» AJ da ishlagan. 1998 - 2017 yillarda O’zbekiston Respublikasi IIV YHXBB da rahbar lavozimlarida xizmat qilgan. 2017 yilda zaxiraga bo’shab, nafaqaga chiqqan. 2018 – 2019 yillarda MCHJ «Bog’dod Karvon» qurilish kompaniyasida mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi bo’limi boshlig’ lavozimida ishlagan. 2019-2021 yillarda MCHJ «Uzkabel» da mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi bo’limi boshlig’ lavozimida va parallel ravishda «Osiyo taraqqiyot banki»ning harakat xavfsizligi bo’yicha mahalliy konsultanti bo’lib ishlagan. 2021-2023 yillarda O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xuzuridagi Avtomobil yo’llari qo’mitasida avtomobil yo’llarini monitoring qilish ilmiy markazi boshlig’ining o’rinbosari lavozimida faoliyat olib brogan. 2023 yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida dostent v.b. lavozimida ishlab kelmoqd. U Erasmus+SPHERE xalqaro loyihasida faol ishtirok etmoqda.

Ro’zimov Sanjarbek Komilovich
Ro’zimov Sanjarbek Komilovich
Professor

Ilmiy qiziqishlari: Gibrid va elektr yuritmali transport vositalari, Avtomobil mexatronikasi, Qishloq xo’jaligi texnikalari mexatronikasi, Barqaror shahar transportini rivojlantirish va yashil transport tizimlar Ilmiy yo‘nalish: Mashinasozlik (05.08.06) Biografiya 2023-yildan Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti “Yo‘l harakati muhandisligi va boshqaruvi” kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi. Asosiy tadqiqot yo'nalishlari – Gibrid va elektr yuritmali transport vositalari, Avtomobil mexatronikasi, Qishloq xo’jaligi texnikalari mexatronikasi, Barqaror shahar transportini rivojlantirish va yashil transport tizimlar

Islamov Elyor Bozorboy o'g'li
Islamov Elyor Bozorboy o'g'li
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Barqaror shahar transportini rejalashtirish, arakat xavfsizligini tashkil etish, Intellektual transport tizimlari, yo‘l harakati muhandisligi Ilmiy yo‘nalish: “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” (05.08.06) Biografiya 2024 yildan Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti “Yo‘l harakati muhandisligi va boshqaruvi” kafedrasida assistant lavozimida faoliyat yuritadi. Ilmiy faoliyati – 2021 yil Toshkent davlat transport universitetida “Toshkent shahar jamoat transporti xizmatini oshirish” mavzusida magistrlik disertatsiyasini yoqlagan. 2022 yil Erasmus+ ICM dasturi doirasida Germaniyaning Dresden texnika universitetida “Shaharlarda velotransport harakat xavfsizligini oshirish” mavzusida tadqiqot qilgan va hozirda ushbu mavzuda PhD dissertatsiyasi ustida ilmiy faoliyatini davom ettirmoqda.

Turayev Azamat Alisher o'g'li
Turayev Azamat Alisher o'g'li
Professor

Ilmiy qiziqishlari: Barqaror shahar transport tizimini rivojlantirish, Harakat xavfsizligini tashkil etish, Intellektual transport tizimlari, jamoat transporti tizimini rivojlantirish. Ilmiy yo‘nalish: 05.08.06 – Gʻildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish Biografiya 2024 yildan Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti “Yo‘l harakati muhandisligi va boshqaruvi” kafedrasida assistant lavozimida faoliyat yuritadi. Ilmiy faoliyati – 2021 yil Toshkent davlat transport universitetida “Yo‘nalishli avtobuslar marshrutining murakkabligini aniqlash uslubini ishlab chiqarish” mavzusida magistrlik disertatsiyasini yoqlagan.

Abulqosimov Shohzod Hamidulla o'g'li
Abulqosimov Shohzod Hamidulla o'g'li
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Yo‘l harakati xavfsizligi auditi, Yo‘l aktivlarini boshqarish, Avtomobil yo‘llari muhandisligi, Avtomobil yo‘llarining transport ekspluatatsion sifatlari. Ilmiy yo‘nalish: Biografiya 2024 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida “Yo‘l harakati muhandisligi va boshqaruvi” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritadi. Ilmiy faoliyati - Shahar ko‘chalarining tirband bo‘laklarida transport oqimini tadqiq qilish yo‘nalishida Toshkent davlat transport universitetida magistrlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Click to link to download - include a link to the PDF!

  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram