2025-yil oktyabr oyida Erasmus+ dasturi doirasida Germaniyaning Constructor University Bremen oliygohidan loyiha koordinatori Zachary Reyna Kimyo xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u universitetda faoliyat yuritayotgan Green Deal for Central Asian Universities (GDCAU) loyihasi markazi – Green Deal Center faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Zachary Reyna Green Deal markazi ish faoliyati, universitetdagi ekologik tashabbuslar va yashil siyosatga doir amaliy yondashuvlar bilan tanishar ekan, loyiha bo‘yicha mas’ullar — Farkhad Niyazov va Kamaliddin Abdivakhidov bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar loyihaning keyingi bosqichlari, barqaror rivojlanish siyosatini mustahkamlash hamda universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar. “Constructor University Bremen vakili Zachary Reyna Kimyo xalqaro universitetidagi Green Deal markazi faoliyati bilan tanishmoqda (Toshkent, 2025-yil oktyabr).”
Salom! Kimnidir, dekanatni yoki biror nizomni qidiryapsizmi? Mendan so‘rang.
Xodimlar, dekanatlar, kafedralar va hujjatlar
Javoblarni shu saytning o‘zidan olaman — bepul va darhol.
Salom! Men KIUT yordamchisiman. Saytdan xodimlar, dekanatlar, kafedralar, bo‘limlar, nizomlar va sahifalarni topib beraman.
Ism yoki savolni yozing yoki quyidagilardan birini tanlang:
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti