Yevropa Ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “Green Deal for Central Asian Universities (GDCAU)” loyihasi doirasidagi navbatdagi xalqaro yig‘ilish Slovakiya Respublikasida o‘tkazilmoqda. Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlarining yetakchi oliy ta’lim muassasalari, jumladan Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti professor-o‘qituvchilari ham faol qatnashmoqda. Yig‘ilish davomida ishtirokchilar barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyot, energiya samaradorligi hamda “yashil kampus” konsepsiyasini oliy ta’lim tizimiga tatbiq etish masalalarini muhokama qilmoqdalar. Seminar va amaliy mashg‘ulotlar Slovakiyaning ilg‘or ilmiy-tadqiqot markazlari hamda laboratoriyalarida o‘tkazilmoqda. Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti vakillari energiya tejamkor texnologiyalar, chiqindisiz ishlab chiqarish, suv resurslarini boshqarish va ekologik ongni oshirish bo‘yicha ilg‘or tajriba almashmoqda. Mazkur tashrif universitetlar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, barqaror rivojlanish tamoyillarini ta’lim jarayoniga chuqurroq singdirish imkonini beradi.
Salom! Kimnidir, dekanatni yoki biror nizomni qidiryapsizmi? Mendan so‘rang.
Xodimlar, dekanatlar, kafedralar va hujjatlar
Javoblarni shu saytning o‘zidan olaman — bepul va darhol.
Salom! Men KIUT yordamchisiman. Saytdan xodimlar, dekanatlar, kafedralar, bo‘limlar, nizomlar va sahifalarni topib beraman.
Ism yoki savolni yozing yoki quyidagilardan birini tanlang:
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti