The results of the Erasmus + 2023 project proposals competition have been announced

2023 yilgi Erasmus+ tanlovi natijalari eʼlon qilindi


Oliy taʼlimda salohiyatni oshirish maqsadida Oʻzbekistondagi universitetlar ishtirokidagi 7 ta yangi loyiha  moliyalashtiriladi.Ular orasida 2 ta milliy loyiha (DEBSEUZ va EMPOWER), Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokidagi 4 ta mintaqaviy loyiha (LESLIE, OFINU, TEX4FUTURE, CircuIEC) va 1 ta mintaqalararo loyiha (SPHERE). Mamlakatning 8 viloyatidan 22 ta universitet va 7 ta noakademik tashkilot ishtirok etgan  loyihalar quyidagilar boʻldi: yerdan barqaror foydalanish, toʻqimachilik ishlab chiqarish, barqaror transport, quyosh energiyasi, aylanma iqtisodiyot va barqaror rivojlanish boʻyicha innovatsion oʻquv dasturlari va modullarini rivojlantirishga yordam berish kabilar. Shuningdek, xotin-qizlar oʻrtasida tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish va oziq-ovqat innovatsiyalari va texnologiyalari sohasida oliy taʼlimni modernizatsiya qilish boʻldi.  Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ikkita loyihada ishtirok etadi – Oʻzbekiston ayollari oʻrtasida tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish va ularning teng huquqlar asosida imkoniyatlarga ega boʻlish motivatsiyasini oshirishga qaratilgan EMPOWER loyihasi. Hamda, SPHERE – bakalavriat va magistratura yoʻnalishlari boʻyicha mavjud oʻquv dasturlarini takomillashtirish va ishlab chiqish. Bolonya oʻquv dasturi talablari va milliy akkreditatsiya standartlariga muvofiq transportni barqaror rivojlantirish sohasida yangi akademik fanlarni joriy etishga qaratilgan loyiha.