On February 24, 2023, Kimyo International University in Tashkent will host a final show of clothing collections of students of the Fashion Design faculty

2023 yilning 24 fevral sanasida Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Liboslar dizayni” taʼlim yoʻnalishi “Fashion Runway” liboslar toʻplami namoyishini oʻtkazadi


“Liboslar dizayni” – Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Sanʼat maktabi tarkibidagi badiiy yoʻnalishlardan biri. Taʼlim dasturiga asosan yoʻnalish boʻyicha talabalar olgan bilim va koʻnikmalar liboslar namoyishida keng ommaga havola qilinadi.
“Liboslar dizayni” yoʻnalishi tomonidan tashkil qilinayotgan navbatdagi modalar namoyishi 2-bosqich talabalarining “Loyihalash”, “Modellashtirish”, “Tikuv buyumlarining texnologiyasi” fanlari doirasida olgan nazariy va amaliy bilimlarining natijasidir. Ushbu modalar namoyishi turli uslublar, badiy jarayonlar, tendensiyalarni qamrab olgan 50 dan ortiq liboslar toʻplamidan tashkil topgan. Talabalar oʻz toʻplamlarida “Ijod manbalari” mavzusidagi izlanishlari va “Arxitektura”, “Musiqa”, “Rangtasvir”, “Kino”, “Tabiat” kabi ijod manbalari asosida yaratilgan liboslarini taqdim qiladilar. Eʼtiborli jihati shundaki, talabalarning turli tajribalari, ijodiy izlanishlari erkin fikrlash, maʼlumotni toʻgʻri tahlil qilish va masalaga ijodiy yondashish kabi muhim koʻnikmalarini rivojlantiradi. Liboslarni defile tarzida namoyish qilish professional mahoratni oshirish bilan birga talabalarning oʻz ishlariga baho berish, yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish imkonini beradi.