2026-yil 20-yanvar kuni Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori, prof. Akmal Allakuliyev boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — "University of Greenwich"ga rasmiy tashrif buyurdi.

2024-yildan buyon yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar malaka oshirish dasturlari muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda. Joriy tashrif esa ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.
Uchrashuvlar davomida bakalavriat va magistratura bosqichlarida 2+2 hamda 1+1 formatidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, shuningdek, qo‘shma ilmiy-ta’lim loyihalari va akademik almashinuvni kengaytirish masalalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Bundan tashqari, KIUT huzuridagi ilmiy kengashlar faoliyatini xalqaro darajada mustahkamlash maqsadida, xususan, lingvistika yo‘nalishidagi ilmiy kengash ishiga University of Greenwich professor-o‘qituvchilarini kengash a’zolari sifatida jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.