2026-yil 27-aprel kuni
2026-yil 27-aprel kuni SPHERE loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida barqaror transport yo‘nalishi mutaxassislari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Seminar “Yashil transport vositalari texnologiyalari”, “Barqaror transport siyosatlari” hamda “Transport harakatini modellashtirish va simulyatsiya qilish” mavzulariga bag‘ishlandi.
Tadbir davomida sud avtotexnika ekspertizasi doirasida yo‘l harakatini modellashtirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalari va ularning sabab-oqibat bog‘liqligini tahlil qilish, zamonaviy dasturlar yordamida simulyatsiya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, transport vositalarining texnik holati, barqaror transportda energiya samaradorligi hamda muqobil energiya manbalaridan foydalanish masalalari keng yoritildi.