Agar hayotimizda muhandislar bo‘lmaganda nima bo‘lar edi?
Jahon iqtisodiy forumi (WEF) va boshqa xalqaro tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yashil energetika, avtomatlashtirish, sun’iy intellekt va infratuzilma rivojlanishi sababli muhandislik sohasiga bo‘lgan ehtiyoj yildan-yilga ortib bormoqda.
Aslida, inson har kuni yuzlab muhandislik yechimlaridan foydalanadi. Elektr energiyasi, internet, ko‘priklar, liftlar, yo‘llar, suv ta’minoti, transport tizimlari va hatto smartfonlar ortida ham muhandislar mehnati yotadi. Agar muhandislar bo‘lmaganda, bugungi zamonaviy hayotni tasavvur qilish qiyin bo‘lardi.
Bugungi ilmiy izlanishlar ham dunyoning “yashil” iqtisodiyotga o‘tayotganini ko‘rsatmoqda. Xalqaro energetika agentligi (IEA) ma’lumotlariga ko‘ra, qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari, elektrotexnika, avtomatlashtirish va aqlli infratuzilmalar kelajakdagi eng talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar qatoriga kiradi.
Shu sababli ta’lim tizimida ham yangi yondashuvlar joriy etilmoqda. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Muhandislik maktabida 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab 10 ta yo‘nalish bo‘yicha 3 yillik kunduzgi ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yildi. Amaliyotga yo‘naltirilgan ushbu dastur talabalarga bakalavr diplomini standart muddatdan bir yil oldin olish imkonini beradi.
Qurilish, muqobil energiya, lift muhandisligi, elektrotexnika, mexatronika, mashinasozlik texnologiyasi, muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji, axborot tizimlari muhandisligi, yo‘l harakatini boshqarish hamda interyer dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlanayotgan mutaxassislar kelajak texnologiyalarini yaratishda muhim o‘rin egallaydi.
Chunki ertangi dunyoni aynan muhandislar quradi.