We want to share with you, dear ones, great news on the eve of a significant day, which is a harbinger of spring

Assalomu alaykum! Siz, azizlar, bilan bamisoli bahor elchisi boʻlib kelayotgan qutlugʻ ayyom arafasida ajoyib yangilik bilan baham koʻrmoqchimiz


Toshkent xalqaro Kimyo universiteti rus tili kafedrasi mudiri, 2021 yilda “Doʻstlik”ordeni sohibasi, namunali rahbar, mehribon ona, goʻzal ayol Berdiyeva Mukarrama Anvarovnani universitet jamoasi nomidan professor ilmiy unvonini olganliklari bilan chin dildan muborakbod etamiz. 

Mingdan ortiq yoshlarni mehr bilan tarbiyalayotgan, ularni ulugʻvor ishlarga ruhlantirib, kamarbasta boʻlgan fozila va olima ayol Mukarrama Anvarovna bilan faxrlanamiz.

Ustoz, Sizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz. Umringiz uzoq, iqbolingiz ziyoda boʻlsin.  Doimo oilangiz, farzandlaringiz, el-u yurtimiz ardogʻida boʻling.