None

Barqaror transport tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tashkil etish


O‘zbekistonning 4 ta oliy ta’lim muassasasi bilan Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida yangi “Barqaror transport tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tashkil etish” (“SPHERE” ) loyihasi 2024-yil 1-mart kuni o‘z faoliyatini boshladi.
12–13-mart kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “SPHERE” loyihasining rasmiy ishga tushirish anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjuman ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov nutq so‘zlab, O‘zbekistonda universitetlarning moliyaviy barqarorligini yanada ta’minlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida ushbu loyihaning ahamiyatiga to‘xtaldi.
“umumiy qiymati 800 ming Yevro bo‘lgan, yangi “SPHERE” loyihasini boshlanishi ham mamlakatimizda yashil transport sohasini rivojlantirishga o‘zini samarali hissasini qo‘shadi. Loyiha doirasida O‘zbekistondan ishtirok etayotgan oliy ta’lim muassasalarida “Barqaror transport tizimlari” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tashkil etish rejalashtirilgan”
ligini alohida ta’kidladi vazir.
Tadbir davomida yig‘ilganlarga loyiha doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Loyiha 2024–2027-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu davrda ishtirokchi universitetlar zarur laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanadi, dasturiy ta’minot va adabiyotlar xarid qilinadi, 72 nafar professor-o‘qituvchi Yevropa universitetlarida malaka oshiradi. Kamida 70 ta yangi o‘quv kurslar to‘plamidan iborat bakalavriat va magistratura fan dasturlari ishlab chiqiladi.
Shu bilan birga, transport sohasida kamida 10 ta turli manfaatdor soha korxona mutaxassislar uchun treninglar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida tashkil etilgan Bakalavriat dasturining 2-va 3-bosqich talabalaridan 12 nafari Yevropa universitetlarida almashinuv dasturida ishtirok etishi belgilangan.
Loyihadan foydalanish milliy standartlar va Boloniya deklaratsiyasiga muvofiq 5 ta oʻquv dasturini (4 ta bakalavriat va 1 ta magistratura) xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish va bakalavr darajasidagi 1 ta oʻquv dasturini modernizatsiya qilish orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston tomonidan loyiha ishtirokchilari: Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, O‘zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali, “Transport ilmiy-tadqiqot markazi” MCHJ.

Yevropadan loyiha ishtirokchilari: Mariboru universiteti (Sloveniya), Krit politexnika universiteti (Gretsiya), Madrid politexnika universiteti (Ispaniya), Turin politexnika universiteti (Italiya) hisoblanadi.