A memorandum of cooperation was signed between the Enter Engineering group of companies and the Kimyo International University in Tashkent.

Enter Engineering kompaniyalar guruhi va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti oʻrtasidagi hamkorlik memorandumi imzolandi.


Hamkorlikdan koʻzlangan asosiy maqsad - tomonlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli munosabatlarni oʻrnatish, neftgaz va sanoat qurilishi sohasida qoʻshma ilmiy — tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, anjumanlar, seminarlar, akademik mashgʻulotlar va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilishdir. 
Muzokaralar davomida tomonlar sohadagi texnologik yangiliklar, muammolar va ularning innovatsion yechimlarini muhokama qildilar. Ushbu yoʻnalishda taraqqiyotning markaziy omili kadrlar ekanligi va malakali mutaxassislari birgalikda tayyorlash ustivor vazifa ekanligi ta’kidlandi. 
Shuningdek, kompaniya universitet talabalarining amaliyot darslarini oʻz tarkibiy boʻlinmalarida tashkil qilish hamda professor – oʻqituvchilarning malakasini oshirish uchun Enter Engineering laborotoriyalarida turli xil ilmiy – tadqiqot ishlarini oʻtkazishda amaliy yordam beradi.
Uchrashuv yakunida mehmonlarga universitetda tashkil etilgan muhandislik laboratoriyalari va talabalar loyihalari namoyish etildi.