None

Global ilmiy hamkorlikka qadam -universitetimiz delegatsiyasining Bolgariyadagi Erasmus+ dasturida Ishtiroki


Global ilmiy hamkorlikka qadam -universitetimiz delegatsiyasining Bolgariyadagi Erasmus+ dasturida Ishtiroki

Toshkent Kimyo xalqaro universitetining professor-ustozlari joriy yil 31 martdan 9 aprelgacha Bolgariya Respublikasining Varna Menejment universitetida rasmiy tashrif bilan boʻlib turishibdi. Ularning asosiy maqsadi — Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida ikki diplomli bakalavr dasturlarini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, professor-oʻqituvchilar va talabalar uchun xalqaro mobillik imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

Bu xalqaro safar, nafaqat universitetimiz, balki mamlakatimiz taʼlim tizimining xalqaro maydondagi mavqeyini mustahkamlash yoʻlidagi muhim qadamdir. Delegatsiyamiz uchun Varna va Dobrich shaharlarida boʻlib, oʻsha yerdagi taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish, ularning taʼlim metodikasi va metodologiyasi bilan tanishish imkoniyatini tugʻildi. Bu kabi tajribalar oʻzbek taʼlim tizimiga zamonaviy gʻoya va yondashuvlarni olib kirishda muhim ahamiyatga ega.

Ayniqsa, ikki diplomli bakalavr dasturlarini yoʻlga qoʻyish rejasi, talabalarimizga nafaqat mahalliy, balki xalqaro darajada taʼlim olish imkoniyatini beradi. Ushbu imkoniyat ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatida katta ustunlik boʻlib xizmat qilishi mumkin.

Xalqaro mobillik dasturlari orqali talabalar va oʻqituvchilar turli madaniyatlar va taʼlim tizimlari bilan tanishish, oʻzaro tajriba almashishi mumkin boʻladi. Bu esa nafaqat shaxsiy va kasbiy rivojlanishga, balki ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Universitetimiz va Varna menejment universiteti oʻrtasidagi hamkorlik, shuningdek, talabalar almashinuvi dasturlari biznes va turizm yoʻnalishlarini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan strategik hamkorlikning boshlanishidir.