Dear students of our university!!

Hurmatli universitetimiz talabalari!


Universitetimiz hamkori Koreya Respublikasi Degu universitetining 2+2 taʼlim dasturining granti ochilganini sizlarga maʼlum qilamiz.
Dastur imkoniyatlari:
1. Talabada TOPIK-2 va undan baland daraja boʻlishi lozim.
2. 2+2 taʼlim dasturining 1-semestri BEPUL.
3. Semestr davomida 6-oy talaba 500.000 KRW (389.49 AQSH dollari) miqdorida stipendiya oladi.
4. Bepul aviachipta (Talaba oʻziga qulay boʻlgan reysga aviachipta olib uchib borsa, Degu universiteti tomonidan chipta narxi qoplab beriladi)
5. Bepul sugʻurta va 1 oylik bank maʼlumotnoma kerak emasligi.
6. Talaba 1-semestr davomida yaxshi oʻqishi va aʼlo hulqi bilan oʻzini koʻrsatsa keyingi semestr uchun grant dasturiga daʼvoganlik qilish mumkin.
Dastur shartlari:
1. Universitetning A-binosi 101-xonaga kelib hujjatlarini topshirish
2. Apostil va tarjima xarajatlari – 1.000.000 soʻm toʻlov.
3. Universitet talabalari yotoqxonasi uchun 4-6 oy uchun (taʼlim yoʻnalishiga qarab) oldindan 1,450.000 KRW bank invoysiga asosan toʻlov.
4. Koreya Respublikasi elchixonasi uchun viza toʻlovi – 100 AQSH dollari
5. Talabaning vizasi elchixonadan chiqqandan soʻng – 1000 AQSH dollari viza taklifnomasi, hujjatlarni rasmiylashtirish va pochta xarajatlari uchun toʻlov.