Creative youth is the future of the country

Ijodkor yoshlar — yurt kelajagi


Inson qo‘li gul. Uning nozik did ila yaratgan san’at namunalari o‘zining jozibadorligi bilan ko‘ngillarga huzur bag‘ishlaydi. San’atga oshufta dillardan esa hech qachon yomonlik chiqmaydi. Biror asar yaratishga shaylangan insonning ichki iqtidoriga ayni gullagan tabiat g‘oyibona kuch beradi. 

Hozirda Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Rangtasvir” yoʻnalishi talabalarining ijodiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.
Anʼanaviy shaklda tashkil qilinadigan ushbu koʻrgazmadan asosiy maqsad - jamiyatda rassomlik kasbining mavqeyini oshirish, oʻquvchilarni ijodiy faoliyatga va ijodiy kasbni egallashga ragʻbatlantirishdan iborat.
Koʻrgazmada 1-2 kurs talabalarining 50 ga yaqin eng yaxshi ishlari namoyish etilmoqda.
Ushbu koʻrgazma ilk bor oʻz ijodiy ishlarini omma eʼtiboriga havola etayotgan fakultet talabalari uchun debyut hisoblanadi. Yosh boʻlishiga qaramay, koʻplab yangi ijodkorlar allaqachon rang tasvir yoʻnalishida oʻz uslublarini shakllantirganlar, ularning asarlari badiiy uslublar orqali atrofdagi dunyoga individual qarashlarini aks ettiradi.
Koʻrgazmada tasviriy sanʼatning turli janrlari: portret, manzara, natyurmort, tematik kompozitsiyalar boʻyicha asarlar namoyish etilmoqda.