At the end of the official visit to South Korea, our representatives visited Daegu University.

Janubiy Koreyaga rasmiy tashrif yakunida vakillarimiz Degu universitetida boʻldilar.


Janubiy Koreyaga rasmiy tashrif yakunida vakillarimiz Degu universitetida boʻldilar. Degu universiteti QS Top Universities Ranking – xalqaro universitetlar roʻyxatida 801 – oʻrinda turadi va hozirgi kunda oʻn besh mingdan ziyod talabalarga ega nufuzli universitetdir. Tashrif davomida vakillarimiz universitetning xalqaro kampusida boʻlib, u yerda yaratilgan sharoitlar, xalqaro talabalar va professor xodimlar uchun ajratilgan grantlar haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishdi. Uchrashuv jarayonida ikki universitet oʻrtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, talabalar almashinuvi, 2+2 va 3+1 taʼlim dasturlarini rivojlantirishga kelishib olindi. Jumladan 2023 yil mart oyidan boshlab Degu universiteti tomonidan Oʻzbekistonga yuqori malakali professor oʻqituvchilarni yuborish uchun ish rejasi tuzib olindi. Hozirgi kunda Toshkent Kimyo xalqaro universitetining 27 nafar talabasi biznesni boshqarish, moliya, turizm, xalqaro iqtisodiy aloqalar, arxitektura va shahar dizayni, xalqaro marketing, buxgalteriya hisobi, bank ishi va koreys filologiyasi yoʻnalishlarida Degu universitetida 2+2 taʼlim dasturi boʻyicha tahsil olishmoqda.