On behalf of the university, our representative takes part in the international "Eurasian Summit on Higher Education", which takes place in Istanbul on March 1-3 this year

Joriy yilning 1-3 mart kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtayotgan xalqaro “Yevrosiyo oliy taʼlim sammiti”da vakilimiz universitet nomidan ishtirok etmoqda


Yevrosiyodagi eng yirik xalqaro taʼlim tadbirida “Bitiruvchilar bilan ishlash va marketing” boʻlimi rahbari Aziz Aripov ishtirok etmoqda.
EURIE — 2016 yildan beri anʼanaviy tarzda tashkil etiladigan xalqaro oliy taʼlim konferensiyasi va koʻrgazmasi hisoblanadi. EURIE qisqa vaqt ichida Yevrosiyo mintaqasidagi dinamik oliy taʼlim sektorini dunyo bilan bogʻlovchi eng yirik xalqaro taʼlim tadbiriga aylandi.
EURIE ning konferensiya dasturida taniqli maʼruzachilar va sektor rahbarlari ishtiroki etadi. Unda ekspertlar tomonidan oliy taʼlimni globallashuvidagi dolzarb muammolar va oliy taʼlimni boshqarishdagi asosiy mavzular koʻrib chiqiladi.
EURIE koʻrgazmasi butun dunyodan kelgan oliy taʼlim muassasalari va xalqaro taʼlim sektoridagi boshqa manfaatdor tomonlar uchun katta tarmoq, akademik hamkorlik va biznesni rivojlantirish imkoniyatlarini taklif etadi.