Kimyo International University in Tashkent va Tech for Uzbekistan o‘rtasida rasmiy hamkorlik memorandumi imzolandi.
Kimyo International University in Tashkent va Tech for Uzbekistan o‘rtasida rasmiy hamkorlik memorandumi imzolandi. Kelishuv qishloq hududlaridagi yoshlar bilan ishlash, ularning aniq fanlarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va ta’limda teng imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan.
Hamkorlik doirasida fizika va matematika fanlaridan amaliy darslar tashkil etish, STEM yo‘nalishlari orqali yoshlarning mantiqiy va tahliliy fikrlashini rivojlantirish hamda inklyuziv ta’lim yondashuvlarini joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu tashabbus universitet talabalari bilimini real ijtimoiy ehtiyojlar bilan bog‘lab, chekka hududlardagi yoshlar uchun yangi istiqbollar ochishga xizmat qiladi.