“Lift muhandisligi” yoʻnalishi talabalari Hyundai Elevator ning Oʻzbekistondagi kompaniyasida amaliyot oʻtash imkoniyatiga ega boʻlishlari mumkin.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti hamda Hyundai Elevator oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida universitet bazasida lift muhandisligi laboratoriyasini tashkil qilish, Muhandislik maktabi tarkibida tahsil olayotgan talabalarning amaliyot darslarini Oʻzbekiston va Janubiy Koreya Respublikalarida tashkil qilish, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash va ilmiy loyihalarda ishtirok etish kabi bir qator masalalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Hyundai Elevator CO., LTD Hyundai Group ning shoʻba korxonasi hisoblanadi. 1984 yilda tashkil etilganidan buyon kompaniya materiallarni tashish uskunalarini ishlab chiqarish va etkazib berish boʻyicha dunyoning yetakchi oʻntaligiga kiradi.
Dunyodagi eng baland sinov minorasi Hyundai Asan Tower ochilishi bilan Hyundai Elevator birinchi darajali lift tizimini rivojlantirishda yangi zamin yaratgan edi. Jahon texnologiyalari choʻqqisida joylashgan sinov minorasi sekundiga 18 metr (daqiqasiga 1080 metr) tezlikka ega ultra tezyurar liftni namoyish etgan