None

Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim metodikasi


Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim metodikasi” kafedrasi tomonidan 3-dekabr - Imkoniyati cheklangan insonlarni himoya qilish kuniga bagʻishlangan “Bizning imkoniyatlarimiz cheksiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda 52-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab, 77-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchilari hamda “Maxsus pedagogika” yoʻnalishi talabalari oʻzlarining taʼsirli va mazmunli chiqishlari bilan barcha tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarga hayajonli onlarni taqdim etishdi. Maktab oʻquvchilari imkoniyatlari cheksiz ekanligini yana bir bor oʻzining chiqishlari bilan namoyish qilishdi. Talabalarda esa oʻz kasblariga nisbatan mehrlari yanada oshdi.