Dear WOMEN! Dear MOMS! Dear SISTERS!

Muhtarama AYOLLAR! Munis Onaxonlar! Hurmatli OPA-SINGILLAR!


Tabiat nozik qalbingizga koʻplab masʼuliyatni yuklagan. Siz avvalo Ayolsiz, Onasiz, Hamkasbsiz... Hayotimizning hamma jabhalari sizlar bilan toʻkis...

Qaynoq mehringiz, iliq tabassumingiz, gʻamxoʻrligingiz bilan biz erkaklarga kuch-gʻayrat, maqsadlarimiz sari harakatlarimizga ishonch, turtki berasiz.

Baxtimizga doimo sogʻ boʻlinglar.

Sizlarga cheksiz goʻzallik, bahoriy koʻtarinkilik, baxt, farzandlaringiz kamolini koʻrishingizni tilayman.

Barchangizni Ayollar kuni bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Rektor J. Kudaybergenov