None

Necmettin Erbakan Universiteti


Kuni kecha, Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Rektori Janpolat Kudaybergenov taklifiga binoan Turkiya Respublikasining Necmettin Erbakan universitetidan bir guruh professor-oʻqituvchilari va yoʻnalish rahbarlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya aʼzolarini Iqtisodiyot fanlari doktori, taʼlim sifati va xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor, prof. Karimjon Axmedjanov kutib oldi. Delegatsiyaga rahbarlik qilayotgan Prof. Dr. Muzaffer Ercan Yılmaz: “Tashrifimizdan asosiy maqsad - avvalroq imzolangan hamkorlik shartnomasida belgilangan ish rejasini bosqichma-bosqich amalga oshirish va ikki universitet oʻrtasidagi professor-ustozlar hamda talablar mobilligini yoʻlga qoʻyishdir”, — deya taʼkidladi. Tashrif davomida delegatsiya aʼzolariga Toshkent Kimyo xalqaro universitetining moddiy-texnik bazasi, ilmiy salohiyati, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, professor-oʻqituvchilar tomonidan talabalarga mahorat darslari tashkil qilindi.

Mehmonlar universitetning “Taʼlim maktabi” talabalari tomonidan ijro etilgan milliy musiqa namunalari bilan ham tanishib, iliq fikrlar bildirdilar. Maʼlumot oʻrnida: Necmettin Erbakan universitetidan kelgan delegatsiya aʼzolari.

Muzaffer Ercan Yilmaz — Siyosiy fanlar fakulteti dekani
Prof. Dr. Fatma Arslan — Turizm fakulteti dekani
Prof. Dr.Mürsel Bicher — Taʼlim fakulteti dekani
Doktor Hakan Yasin Gönder — Stomatologiya fakulteti dekan muovini
Prof. Birol Mercan.