Our students took an honorable 2nd place in the interuniversity regional stage of the competition "Student Theater Studios" among universities

OTMlar oʻrtasida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining universitetlararo hududiy bosqichida talabalarimiz faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritishdi


24 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalari “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining universitetlararo hududiy bosqichida ishtirok etayotgan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talaba-yoshlari tomonidan namoyish etilgan Uygʻun qalamiga mansub “Parvona” spektakli faxrli 2-oʻringa munosib koʻrildi. Shuningdek, mazkur tanlovda P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” (Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi), M.Abdullayevaning “Dadajon demasman” (Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti), A.Ismaylovning “Tebranmas yuraklar” (Toshkent kimyo - texnologiya instituti tomonidan) kabi asar va pyesalari ham namoyish etildi.