the scientific council PhD.03/29.12.2022.I.133.02 began its work at Kimyo International University in Tashkent

PhD.03/29.12.2022.I.133.02 raqamli Ilmiy kengash oʻz ish faoliyatini boshlagan


Maʼlumki, joriy yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti huzurida 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” hamda 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosliklari boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.133.02 raqamli Ilmiy kengash oʻz ish faoliyatini boshlagan.
Kecha, 22 fevral kuni, universitetning oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimiga yuqoridagi ixtisosliklar boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun talabgor sifatida qabul qilingan tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” hamda 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosliklari boʻyicha malakaviy imtihon topshirdilar.
Malakaviy imtihonlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016 yil 28 yanvardagi “Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi 220/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomi talablari asosida tashkil etildi va oʻtkazildi.
Malakaviy imtihonlar davomida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilarning nafaqat ixtisoslik boʻyicha bilimlari baholandi, balki dissertatsiya ishlarining joriy holati ham oʻrganildi. Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish komissiyasi tomonidan tadqiqotchilarga jarayonlarni jadallashtirish va samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli taklif-tavsiyalar berildi.