None

Polsha Respublikasining Poznan shahridagi WSB-Merito universiteti


Polsha Respublikasining Poznan shahridagi WSB-Merito universiteti prorektori, professor Piotr Olaf Żylicz Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga tashrifi chiroy estetikasi yoʻnalishi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va talabalarga bilim berish maqsadida amalga oshirilgan muhim qadam hisoblanadi. Ushbu tashrif quyidagi asosiy maqsadlarni koʻzda tutadi: 

Chiroy estetikasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun ikki universitet oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 

Talabalar va oʻqituvchilar uchun kasbiy rivojlanish imkoniyatlari yaratish. 

Chiroy estetikasi sohasida xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar, seminarlar va master-klasslar, qoʻshma dasturlar ishtirokchilarning kasbiy koʻnikmalarini oshirish.

Professor Piotr Olaf Żyliczning Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga tashrifi ikki universitet oʻrtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga, shuningdek, chiroy estetikasi sohasida xalqaro miqyosda aloqalarni kuchaytirishga xizmat qiladi.