Ravshan Saifiddinovich Irmatov

Ravshan Sayfiddinovich Irmatov


Kuni kecha Toshkent Kimyo xalqaro universitetida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo futbol konfederatsiyasining hakamlar qoʻmitasi raisi Ravshan Sayfiddinovich Irmatov bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Ravshan Irmatov bosh hakam sifatida 11 ta oʻyin oʻtkazib, jahon chempionati oʻyinlarida hakamlik qilish soni boʻyicha rekord oʻrnatgan. 10 marotaba Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbol hakami, 5 marotaba Osiyoda yilning eng yaxshi futbol hakami sifatida eʼtirof etilgan. 2015 yilda dunyo boʻyicha yilning eng yaxshi hakami nominatsiyasida “Global Soccer Awards” mukofoti sohibiga aylangan. 2011 yilda worldreferee.com portali Ravshan Irmatovni eng yaxshi hakam sifatida tan olgan.
Tadbir davomida Ravshan Sayfiddinovich Irmatov oʻz faoliyati haqida gapirib berdi va uchrashuv talabalarning savollari bilan yanada qiziqarli oʻtdi. Tadbir yakunida Ravshan Irmatovga universitet talabalari tomonidan yaratilgan portreti, rasmi aks etgan futbol koptogi hamda maxsus sovgʻalar toʻplami taqdim etildi.