At the “7th International Student Symposium” held in Samarkand city, along with students from Romania, Oman, the United Arab Emirates and Qatar, students from the evening department of our university presented their innovative ideas.

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan “7-xalqaro talabalar simpoziumi”da Ruminiya, Ummon, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatar mamlakatlaridan ishtirok etgan talabalar qatorida universitetimizning kechki taʼlim yoʻnalishi talabalari ham innovatsion gʻoyalari b


SAG Group hamda Alba Iuliya 1 Decembrie 1918 universiteti (Ruminiya), Qatar universiteti, AʼSharqiyah universiteti (Ummon) va Birlashgan Arab Amirligi universiteti (BAA) bilan hamkorlikda 2022 yil 2 dekabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida har yili boʻlib oʻtadigan “7-xalqaro talabalar simpoziumi” oʻtkazildi. Simpoziumda kechki taʼlimning “English education” yoʻnalishi talablari Anvarova Turgʻunoy Ixtiyorjon qizi, Taʼlatova Madinabonu Gayrat qizi, Mansurova Muniraxon Xolmurod qizi faol ishtirok etib qaytishdi. 

Simpozium Shiori: “Tadqiqotchilik va kreativ saʼy-harakatlarni qoʻllaymiz”. Tadbir har yili turli sohalarda oʻqiydigan talabalar tomonidan olib borilgan tadqiqot loyihalarini namoyish etadi.

Simpozium talabalarga oʻz ishlarini xalqaro anjumanda maʼlum bir fanga oid ilmiy anjumanlarga teng professional muhitda taqdim etish imkoniyatini beradi. Shuningdek, bu ularga omma oldida nutq soʻzlash va oʻz bilimlarini keng jamoatchilikka yetkazib berish tajribasiga ega boʻlishlariga yordam beradi.